Temir yo'l transportidagi telemexanik boshqaruv va nazorat tizimlari


Ma'ruza 10. Seleksiya (tanlov) usullari



Download 1,74 Mb.
bet16/21
Sana23.06.2022
Hajmi1,74 Mb.
#696668
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   21
Bog'liq
1. Ma\'ruza 6-sem UMUMIY

Ma'ruza 10. Seleksiya (tanlov) usullari

Ko‘p taktli telemexanika signali – bu unga axborot kiritilgan tashuvchidir. Strelka va signallarni teleboshqarish qurilmalarida axborot deganda komandalar (buyruqlar) tushuniladi. Birgina ko‘p taktli telemexanika signalida bir yoki bir qancha komandalar saqlanishi mumkin. Agar ko‘p taktli telemexanik boshqaruv signalini (TB) oddiy so‘z (gap) bilan ifodalasak, u holda TB masalan, shunday eshitilishi mumkin: “Ayritam” stansiyasidagi juft bo‘g‘izida, ikkinchi strelka musbat holatga o‘tkazilsin, to‘rtinchi strelka manfiy holatga o‘tkazilsin, toq svetofor ochilsin». Keltirilgan jumladan ko‘rinib turibdiki, ko‘p taktli signalni ko‘rishda bir necha boshqaruv obyektlaridan aniq keraklarini tanlash va ularning har biriga o‘z komandasini uzatish imkonini beruvchi maxsus usullar qo‘llash zarur. Yuqorida keltirilgan jumlada Samarqand – Qarshi uchastkasida joylashgan stansiyalardagi strelkalarning umumiy sonidan, Ayritam stansiyasida ikkinchi strelkani tanlash va unga musbat holatga o‘tish komandasini berish, shuningdek to‘rtinchi strelkani ham tanlash va uni manfiy holatga o‘tkazish komandasini berish zarur. Ko‘p obyektlardan aniq obyektlarni tanlash imkonini beruvchi ko‘p taktli Telemexanika signalilarini qurish usullari (qoidalari) seleksiya usullari deb ataladi. Shunday qilib, seleksiya usullari signallarga tanlash xususiyatlarini berish usullaridir. Bunday usullarning bir nechtasi mavjud. Asosiy usullari taqsimlovchi va kombinatsion bo‘lib, so‘nggisini ko‘pincha kodli deb atashadi.


Seleksiya usullarini mazmunini aniqlashtirish uchun ko‘p taktli signalning barcha elementar impulslarini (signallarini) natural sonlar bilan belgilab chiqamiz, ya’ni 1,2,3….
Taqsimlovchi seleksiya usuli (TSU) shunday tavsiflanadi, bunda aniq bir obyekt va unga uzatilayotgan komanda bitta yoki yonma-yon joylashgan bir necha (lekin hammasi emas) elementar signallarning tartib raqamlari bilan aniqlanadi.

Simvollar

1

0

1

Takt №

1

2

3

Obyekt №

1

2

3

Buyruqlar

Yoqish

O‘chirish

Yoqish

Seleksiyaning taqsimlovchi usulini (TSU) 2ta sxema yordamida ko‘rib chiqish mumkin. Birinchi sxema sifatida 9.1,a,9.2,9.3-rasmlarda keltirilgan bironta sxemadan foydalanish mumkin, agar K1 kaliti №1 obyektning komandalar manbayi, K2 kaliti esa №2 obyektning komandalar manbayi va hokazo deb faraz qilsak,. Ikkinchi sxema sifatida 9.1, b-rasm sxemani ko‘rib chiqish lozim. Agar har ikkala sxemani tahlil etsak, ko‘rishimiz mumkinki, obyekt uch elementli signaldagi elementar impulsning tartib raqami orqali tanlanadi, komanda mazmuni (operatsiyalar) esa ikki pozitsiyali obyektlarda (“yoqish”–“o‘chirish”) bo‘lib, elementar signalning impulsli belgisi orqali aniqlanadi. TSU da uch elementli signal ko‘rinishi 10.1-rasmda keltirilgan.


Ko‘p taktli signallarni xalaqitlardan himoyalash hamda ko‘p pozitsiyali diskret obyektlarni boshqarish maqsadida, TSU da obyekt tanlovi va aniq komanda bir necha (lekin hammasi emas) simvollar (takt, elementar impuls) yordamida bajarilishi mumkin.


Simvollar

1

0

1

Takt №

1

2

3

Obyekt №

1

2

3

Buyruqlar

Yoqish

O‘chirish

Yoqish

10.1-rasm. TSU da signalning ko‘rinishi


Ikki pozitsiyali obyektlarni boshqaruvchi himoyalangan signalning ko‘rinishi 10.2-rasmda keltirilgan.-rasmdan ko‘rinib turibdiki, har bir obyekt tanlovi ikkita simvoldan iborat guruh tomonidan bajariladi: obyekt 1 simvollar 1 va 2 bilan tanlanadi; obyekt 2 – simvollar 3 va 4 bilan tanlanadi; obyekt 3 – simvollar 5 va6 bilan tanlanadi.








Simvollar

1

0

0

1

1

0

Takt №

1

2

3

4

5

6

Obyekt №

1

2

3

Buyruqlar

Yoqish

O‘chirish

Yoqish

10.2-rasm. TSU da himoyalangan signalning ko‘rinishi


Ikki va ko‘p pozitsiyali obyektlar uchun komanda mazmuni va guruhdagi simvollarning qiymatlari 1-jadvalda ko‘rsatilgan.


1-jadval

Guruh simvollari

Obyekt uchun buyruqlar mazmuni

2-pozitsiyali

4-pozitsiyali

1

0

Yoqish

1-pozitsiyaga o‘rnatish

0

1

O‘chirish

2-pozitsiyaga o‘rnatish

0

0

Xato

3-pozitsiyaga o‘rnatish

1

1

Xato

4-pozitsiyaga o‘rnatish

10.1 va 10.2-rasmlarni solishtirishdan ko‘rinib turibdiki, birinchi rasmda operatsiya mazmuni ikki pazitsion obyekt bilan («yoqish”–“o‘chirish”) impuls belgisi qiymati bilan aniqlanadi, ya’ni plyus yoki minus bilan. Ikkinchi rasmda esa operatsiya mazmuni ikkita impulsdan iborat bo‘lgan kod orqali aniqlanadi (kod uzunligi ikkiga teng), bu esa ko‘p taktli signalning umumiy uzunligini (impulslar sonini) oshiradi. Umumiy holatda TSU uchun:



,

(32)

Bunda: NTSU – sig‘im (komandalarning umumiy soni );
k – impulsli belgilar soni; n – signal uzunligi.
Ko‘p taktli signalni uzatish vaqti ( ) quyidagi ifoda bilan aniqlanadi:



,

(33)

bu yerda: – elementar signal davomiyligi.
9.1, 9.1.b, 9.2, 9.3-rasmlarni ko‘rib chiqishdan shu ma’lum bo‘ldiki, bunda komandalar manbayi K1,K2,K3 (shifrator zanjirlari)ni ulash sxemasi va komandalarni obyektga uzatish sxemasi (deshifrator zanjirlari – 9.1,b-rasm ) juda oddiyligi bilan ajralib turibdi va bu TSU ning o‘ziga xos ijobiy xususiyati hisoblanadi. TSU ning yana bir yaxshi jihati bu sirkulyarlikdir, ya’ni bitta ko‘p taktli signalni uzatish vaqtiga teng bo‘lgan vaqtda har bir obyektga o‘z komandasini uzatish imkoniyati mavjud.

Download 1,74 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   21




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish