Ushbu bo'lim bo'yicha tushuntirish xatida o'zgartgich
yuklamalarini (3-jadval), shuningdek, u akkumulyator batareyasidan iste'mol qiladigan tokning hisobini keltirish zarur. Bundan tashqari, hisoblanayotgan PPV-I o'zgartgichni sozlash talab qilinadigan nominal quvvatning qiymatini ko'rsatish ham kerak bo'ladi.
2.4. 24 V li akkumulyator batareyasini hisoblash
Batareyani hisoblash uning sig'imini aniqlash va indeks bo'yicha SK akkumulyatorlarining turini tanlashdan iborat. Akkumulyatorlarning sig'imini aniqlashda asosiy va qo'shimcha zaxiraviy rejimlarda batareyadan foydalanish shart-sharoitlaridan kelib chiqish kerak [5].
Zaxiralashning asosiy rejimi, halokatli sharoitlarda, ya'ni o'zgaruvchan tok manbalari, jumladan, DGA ham o'chib qolganda, batareyadan EM ning barcha kafolatli yuklamalarini 2 soat mobaynida elektr energiya bilan manbalashga mos tushadi.
Bu holatda batareyalardan kafolatli manbalangan iste'molchilar quyidagilardir:
EM ning releli apparaturasi (bitta strelkaga sarflanadigan 0,262 A li tok Ia, hisobidan [5]):
2) Manbalovchi jihozlarning asboblari - relelar, bloklar. Zaminlashning signallashtirgichlari va boshqalar (jihozlar iste'mol qiladigan Ipn toki strelkalar soniga bog'liq bo'lmaydi va umumiy holda EM posti uchun 0,432 A ni tashkil qiladi [5]);
3) Tablo va manbalash panellaridagi nazoratli chiroqchalar - fiderlar, o'zgartgich ishlashini va boshqalarning nazorati (chiroqchalar iste'mol qiladigan Ipn toki bitta EM posti hisobidan 0,175 A ga tengdir [5]):
4) Tablodagi kirish svetoforlari gaytargichlarining nazoratli chiroqchalari (iste'mol qilinayotgan In, toki bitta yaqinlashish hisobidan 0,090 A ga teng deb qabul qilinishi mumkin);
5) O'zgaruvchan tok zanjirlarini kafolatli manbalovchi PPV-1 turidagi o'zgartgich (batareyadan o'zgartgich iste'mol qilayotgan tok IH, ushbu uslubiy ko'rsatmaning 2.3. bo'limiga mos ravishda hisoblash orqali aniqlanadi).
Asosiy zaxiralash rejimida batareyaning zaryadsizlanish toki (A),
(11)
bunda, EM dagi strelkalar soni, -stansiyaga yaqinlashishlar soni.
Asosiy zaxiralashning hisobiy vaqti tok (2 s) DGA da mumkin bo'lgan nosozliklarni bartaraf qilishga ketgan vaqt hisobga olingan holda tanlangan.
Agar ikki soat mobaynida DGA nosozligi bartaraf culmasa, batareya asosiy zaxiralash rejimidan qo'shimcha rejimga o'tadi. Bu EM ning rele qurilmalarini batareyadan uzish orqali amalga oshiriladi (stativlardan saqlagichlarni olib qo'yish orqali).
Zaxiralashning qo'shimeha rejimida batareyaning zaryadsizlanish toki,
(12)
Kirish svetoforlarining qizil chiroqlarini mahalliy akkumulyatorlardan zaxiralashning o'rnatilgan davomiyligi 12 s bo'lganda [7], 24 V li nazorat batareyasidan qo'shimcha rejimning davomiyligi esa ton 10s ga teng deb qabul qilingan [5]
Akkumulyator batareyasining ko'rib chiqilayotgan ish rejimlari sharoitlarida zaryadsizlanish sig'imining haqiqiy qiymati (A·s) quyidagini tashkil etadi
(13)
Akkumulyatorlarning ishlab chiqaruvchi korxona tomonidan kafolatlangan sig'imi, uning nominal qiymati (2, bilan xarakterlanadi. Ammo zaryadsizlanish jadalligining ortishi va elektrolit haroratining kamayishi bilan akkumulyatorning sig'imi kamayadi. Shuning uchun akkumulyatorlardan talab qilinadigan haqiqiy sig'im nominal shart- sharoitlarda qayta hisoblanadi. Bunday qayta hisoblash (A·s) quyidagi ifoda bo'yicha olib boriladi
(14)
bunda,Qp - batareyaning hisobiy nominal sig'imi; - akkumulyatorlarning eskirishi hisobiga sig'imining kamayish koeffitsiyenti (SMB qurilmalari uchun 0,85 ga teng deb qabul qilingan [2]); p – zaryadsizlanishning jadallashuv koeflitsiyenti (sig'imni olish koeffitsiyenti); - sig'imning harorat (SK akkumulyatorlari uchun 0,008 ni tashkil etadi [1]); (" zaryadsizlanish vaqtidagi elektrolit harorati (akkumulyator xonasining haroratiga teng deb qabul qilinadi, u EM postlarida + 15°C ga teng bo'ladi [2]).
Hisobiy zaryadsizlanishning jadallashuy koeffitsiyenti p ning qiymati, batareya uchun eng yomon (160 Isa) holat bo'lgandagi loo tok orqali zaryadsizlanish rejimi bo'yicha aniqlanadi.
Bu holatda asosiy rejim toki bilan ko batareya zaryadsizlanish hisobiy davomiyligi tpp quyidagini tashkil etadi,
(15)
Zaryadsizlanish hisoblash rejimida olingan tpp qiymat bo'yicha akkumulyatorlarning zaryadsizlanish jadallashuv koeffitsiyenti p ni [1, 22 bet] dagi ma'lumoflar yoki [2, IV.41] dagi grafik bo'yicha aniqlanadi.
Nominal hisobiy sig'im Qp, bo'yicha SK akkumulyatorlarning turi, ya'ni ularning indeks raqami va pasportidagi nominal sig im aniqlanadi (1, 2.2 - jadval, IV.26 jadwal].
Akkumulyatorlarning indeksini quyidagi ifoda bo'yicha aniqlash mumkin:
(16)
bunda, Q1 - 1 indeksga ega bo'lgan SK turidagi akkumulyatoming nominal sig'imi (36 A·s ga teng).
Akkumulyatoming turini tanlashda quyidagilaami hisobga olish kerak: EM postlaridagi akkumulyator idishlarining turli-tumanligini kamaytirish maqsadida quyidagi SK4, SK6, SK8, SK10 va SK12 [2] turlaridagi akkumulyatorlardan foydalanish tavsiya etiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |