2.3. PPV-1 turidagi o'zgartgichni hisoblash
MRM ning batareyasiz ta'minot tizimida barcha o'zgaruvchan tok manbalari o'chib qolganda, PVP-ETSK pamelida o'rnatilgan PPV-1 turidagi yarim o'tkazgichli o'zgartgichlardan quyidagi yuklamalar kafolatlangan o'zgaruvchan tok bilan ta'minlanadi:
l) stansiyaga tutashgan blok-uchastkalar kodli avtoblokirovka deshifratorlarining stansiyadagi bloklari;
2) harakat yo'nalisbini o'zgartirish va tutashgan peregonlarni nazorat qilish sxemalari (ikki tomonli harakat tashkil etilganda);
3) tutashgan peregonlarda stansiya bo'yicha navbatchi (DSP) sxemasi;
4) stansiyadagi DSP sxemasi;
5) birikmani to'sish sxemalari.
Bu yuklamalarning nominal (maksimal) quvvati 3-hisobiy jadvalda keltirilgan. Shuningdek, ushbu jadvalda ularning o'rta hisobdagi sutkalik ulanish koeffitsiyenti K ko'rsatilgan, bu koeffitsiyent sutkaning qancha qismida yuklama lilanganligini xarakterlaydi. Doimiy ulangan yuklamalar uchun K=1. Qisqa muddatli xarakterdagi yuklamalar uchun esa ulaming o'rta hisobdagi sutkalik koeffitsiyenti 0 ga teng.
Malumki, PPV-I turidagi o'zgartgichning FIK uni qay darajada yuklanganligiga bog'liq. Shuning uchun FIK ni oshirish maqsadida o'zgartgichni 0,3; 0,6 va 1,0 kVt nominal quvvatlarga sozlash imkoniyati ko'zda tutilgan.
Bunday sozlash yuklamalarning maksimal (cho'qgi) quvvatini (VA) hisoblash natijalari bo'yicha amalga oshiriladi.
(1)
Shuni ta'kidlash joizki, o'zgartgichning yuklanish qobiliyati yuklama quvvat koeffitsiyenti cos ga sezilarli ravishda bog'liq bo'lib, maksimal quvvat uchun quyidagicha aniqlanadi:
(2)
O'zgartgich, quvvat koeffitsiyenti cos 𝜑 = 0,9 ga teng bo'lganda, nominal yuklama (0,3; 0,6; 1,0 kVt) da ishlashga mo'ljallangan. Shuning uchun yuklamaning real quvvat koeffitsiyenti 0,9 dan kichik bo'lsa, unda o'zgartgichdagi yuklama kamavtirilishi kerak. Bunday holatda
joiz yuklama (Vt) quyidagi ifoda bo'yicha aniqlanadi
(3)
cos 𝜑>0,9 bo'lganda, o'zgartgichning joiz quvvati pnominal quvvatdan ko'proq bo'lishi mumkin. Bu quvvatni (Vt), quyidagi bog'liqlik orqali hisoblash mumkin:
(4)
O'zgartgichning o'rtacha quvvatini hisoblash o'zgartgichnin akkumulyator batareyasidan iste'mol qilayotgan tokni aniqlash uchu amalga oshiriladi
O'zgartgichdan talab etilayotgan o'rtacha quvvat yuklam koeffitsiyenti K ni hisobga olgan holda quyidagi ifodalar orqali aniqlanadi:
(5)
(6)
O'zgartgich yuklamalarining o'rtacha quvvat koeffitsiyenti,
(7)
O'zgartgichning yuklanish koeffitsiyenti,
(8)
bunda, PHOM - o'zgartgichning, yuklamaning maksimal quvvatiga sozlashni hisobga olgan holdagi nominal quvvati.
Quvvat nafaqat o'zgartgichning o'matilgan quvvatidan foydalanishga, balki uning FIK ga ham tasir ko'rsatadi. Shuning uchun o'zgartgichning FIK – cos ϕH, va KH, lami hisobga olgan holda aniqlanadi. Buning uchun avvalo gralik (l-ilovaga qarang) bo'yicha cos ϕH, va KH larga bog'liq ravishda FIK larning xususiy qiymatlari ηϕ, ηH aniqlanadi, so'ngra o'zgartgichning umumiy FIK quyidagi ifoda bo'yichisoblab chiqariladi
(9)
Batareyadan o'zgartgich iste'mol qilayotgan (A) tok, P, va 7, kattaliklarni hisobga olgan holda quyidagicha bo'ladi:
(10)
bunda, - akkumulyator batareyasining nominal kuchlanishi, V.
Do'stlaringiz bilan baham: |