Kirishdagi panel PV-ETSK - asosiy ko'rinishdagi yuklamalar bo'yicha: signallashtirish-markazlashtirish-blokirovkalash (SMB), aloqa, manevr postlari, kafolatlangan va kafolatlanmagan yoritish va kuchli tokli yuklama qurilmalari bo'yicha 380/220 V li manbalashni kiritish, nazorat qilish va dastlabki taqsimlash uchun mo'ljallangan. Har bir fiderdagi o'zgaruvchan tok kuchlanishi 1F va 2F fiderli relelar orqali nazorat qilinadi (1-rasmga qarang). Asosiy fider fazasidagi kuchlanish 183 V gacha pasayganda, 1F rele yuklamani zaxiraviy yuklamaga ulaydi. Yuklamalarni ulash 1AV avtomatik o'chirgich orqali amalga oshiriladi. DGA qurilmasining quvvati yetarli bo'lmaganda, uning ishlash vaqti davomida kafolatlanmagan yoritish va kuchli tokli yuklamalarni ON kontaktori yordamida uzish imkoniyati ko'zda tutilgan.
Do'stlaringiz bilan baham: |