II. KURS ISHINI BAJARISH UCHUN USLUBIY KO'RSATMALAR
2.1. Marshrut - releli markazlashtirish elektr ta'minoti tizimini tanlash va tavsiflash
Temir yo'l transportidagi elektr iste'molchilar, elektr energiyasi bilan ta'minlanish ishonchliligiga uch kategoriyaga bo'linadi.
Yirik stansiyalardagi elektr markazlashtirish (EM) qurilmalari (ular 30 da ortiq strelkalarga ega bo'ladi) 1-kategoriyali maxsus iste'molchilar guruhiga tegishlidir. Bu guruhdagi iste'molchilar ikkilangan zaxiraviy elektr manbasi bilan ta'minlanishi kerak, ya'ni ularning elektr ta'minoti uchta mustaqil elektr energiyasi manbalaridan amalga oshirilishi zarur. Bu talabni qoniqtirish imkoniyati, ushbu stansiyadagi tashqi elektr ta'minotining shart-sharoitlariga bog'liq bo'ladi. 30 dan ortiq strelkalarga ega bo'lgan stan siyalarda, odatda, marshrut-releli markazlashtirish (MRM) qurilmalarini, o'zgaruvchan tokning tashqi tarmoqlaridagi ikki mustaqil manbalardan ikkita alohida simlar (liniyalar) bo'yicha elektr ta'minlash imkoniyati mavjud bo'ladi. Bu holatda uchinchi mustaqil ta'minlash manbasi sifatida avtomatlashtirilgan dizel-generator agregat o'rnatish ko'zda tutiladi va MRM quriimalarini elektr manbalash batareyasiz tizim bo'yicha amalga oshiriladi [1].
Agar EM uchun qo'llanilayotgan tashqi elektr ta'minot manbasi, xo'jalik tarmoqlaridagi 1-yoki 2-kategoriya iste'molchilarini ta'minlasa, unda EM postidagi dizel-generator, ikkala tashqi manbalardagi kuchlanish mavjud bo'lmagan holatdagina avtomatik tarzda ishga tushishi kerak. Agar EM ni ikkita tashqi manbalar orqali elektr energiyasi bilan ta'minlash amalga oshirilayotgan bo'lsa hamda bulardan biri (asosiysi) 2- kategoriyadan past bo'lmagan iste'molchilarni, ikkinchisi (zaxiraviy) esa 3-kategoriyali iste'molchilarni manbalasa, unda EM postida o'rnatilgan DGA asosiy manbalash qurilmasini uzilishi bilan darhol ishga tushirilishi va u manbalash tiklanguncha ishlashi kerak bo'ladi.
Batareyasiz manbalash tizimi, markazlashtirishning asosiy obyektlari hisoblangan svetoforlar, rels zanjirlari va strelkalarni bevosita tarmoqdan yoki to'g'rilagich (chastotali o'zgartgich lar orqali fac o'zgaruvchan tok bilan ta'minlanadi. Marshrutlarni o'rnatish va uzib qo'yishdagi bog'liqliklarni amalga oshiruvchi releli sxemalar ham to'g'rilagich orqali manbalanadi. Ammo bu sxemalardagi ba'zi bir relelar manbalashning qisqa vaqtli uzilishlariga sezgirligi sababli, ularning ishlashi uchun 24 V li nazorat batareyasini o'rnatish ham ko'zda tutiladi. Bu batareyaning akkumulyatorlari, shuningdek, to'g'rilangan kuchlanishning pulsatsiyalarini yo'qotish bo'yicha yuqori sifatli silliqlovchi filtr vazifasini ham bajaradi. Hozirda kirish svetoforlarining qizil va taklif etuvchi chiroqlarini zaxiraviy manbalari uchun 24 V li nazorat batareyasidan foydalanilmaydi. Bunday zaxiralash, kirish svetoforlari oldida o'rnatiladigan akkumulyatorli batareyalari orqali amalga oshiriladi.
MRM postining elektr ta'minoti, mahalliy sharoitlardan kelib chiqqan holda, bir qator hollarda, faqat bitta tashqi manbadan tashkil etilishi mumkin. Bunda ikkinchi manba sifatida EM postida o'rnatilgan DGA qurilmasi xizmat qiladi. Uchinchi manba sifatida esa 24 V li akkumulyator batareyasini o'rnatish ko'zda tutiladi, bu batareyaning sig'imi, strelka elektr yuritmalari, strelkalarning nazorat zanjirlari va stansiya svetoforlarining taklif etuvchi chiroqlarini statik tiristorli o'zgartgichlar (elektr manbalashning batareyali tizimi) orqali zaxiraviy ta'minlash uchun hisoblab chihariladi va orttiriladi.
Ushbu bo'lim bo'yicha tushuntirish xatida EM postini tashqi elektr ta'minlash shart-sharoitlarini tahlil qilish va MRM elektr manbalash tizimini tanlashni asoslash hamda postdagi DGA qurilmasini ishga tushirish shartlarini ko'rsatish kerak bo'ladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |