Magnit zanjirining sxemasiga qarab, qutblangan relelarni: ketma-ket, parallel (differensialli) va ko‘priksimon magnit zanjirliklarga ajratishadi.
Ketma-ket sxemada (10.1-rasm) Фq va Фi oqimlar umumiy zanjirdan o‘tishadi. Agar ishchi 2 cho‘lg‘am uzilgan bo‘lsa, unda magnit zanjirda faqat doimiy magnit 1 (10.1,a-rasm) yoki doimiy ulangan qutblovchi cho‘lg‘am 4 (10.1,b-rasm) hosil qiladigan Фq oqim bo‘ladi. Ularning MYuK 3 yakorni tortilishiga etarli bo‘lmaydi. Shu sababli Фq<Фo'r va normal kontakt NK tutashgan turadi. Agar ishchi cho‘lg‘amni ulanish qutbligi ular hosil qiladigan Фq va Фi oqimlarni havo tirqishidagi yo‘nalishi qarama-qarshi bo‘lsa, unda umumiy oqim Фq dan kichik bo‘ladi va yakor oldingi holatida qoladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |