10.7-rasm. Qutblangan kontakt sxemasi va qutblangan rele
ishining vaqt diagrammalari
Agar rele ustivorlik rejimda ishlasa (10.7,b-rasm), unda rele g‘altagi uzilib ajratilib (4 nuqta) qandaydir vaqtdan so‘ng (4-5 kesim), yakor dastlabki holatiga qaytadi, QK ajraladi (5 nuqta) va NK tutashadi (6 nuqta).
Qurama releni vaqt diagrammasini qurish uchun (10.8-rasm), neytral va qutblangan yakorlarning diagrammalarini ayrim-ayrim qurish kerak (10.9-rasm)
U bo‘yicha EL1 va EL2 chiroqlarining yonib turish vaqtini aiqlash mumkin:
t1 = ts1 – ttrA – ttrS + tajA + tajS; t2 = ts2 – ttrV – ttrS + tajV + tajS,
bundagi ts1(ts2) – S1(S2) tugmacha bosib turilgan vaqt
10.8-rasm. Qurama relening kontaktli sxemalari
10.9-rasm. Qurama releli sxema ishlashining vaqt diagrammasi
Xulosa
Rele avtomatik sistemalarda boshqarish, himoya, nazorat signalizasiya, rostlash va boshqa diskret operasiyalarni bajarish uchun juda ko’p qo’llaniladigan apparatdir. Relega kiruvchi signal uzluksiz ravishda o’zgarib, ma’lum qiymatga ega bo’lgandagina unda o’zgarib, ma’lum qiymatga ega bo’lgandagina unda sakrashsimon xarakteristikali chiqish signali hosil bo’ladi. Shundan so’ng kiruvchi signal qiymatini o’zgarish oshishi javomida chiquvchi signal o’zgarmaydi. Kiruvchi signal kamayib ma’lum miqdorga etganda esa, chiqish signali sakrashsimon xarakterga uziladi va oldingi holatga qaytadi.
Temir yoʻl avtomatikasi va telemexanikasi - avtomatik va telemexanik boshqarish usullari va vositalari yordamida poyezdlar harakatini boshkarish va harakat xavfsizligini taʼminlash bilan shugʻullanadigan texnika va fan sohasi. Asosiy texnik vositalari signalizatsiya, markazlash va blokirovka kurilmalaridan iborat. Bunda yoʻl blokirovkasi, elektrojezl tizimi, strelka va signallarni markazlashtirish, saralash tepaligi avtomatikasi va telemexanikasi, poyezdlar harakatini avtomatik boshqarish, markazlashgan dispetcherlik asbobuskunalari, t.yildan oʻtish joylaridagi jihozlarni boshkarish tizimlaridan foydalaniladi. Bu majmua tarkibiga kiradigan apparatkurilmalar, asbobuskunalarni yaratish, tekshirish, maqsadli yoʻlda ishlashini taʼminlash, rivojlantirish yoʻlida izlanishlar olib borish, bashorat kilish va boshqa omillar soha fani vazifalaridir.
Poyezdlar harakatini avtomatik boshqarish inshootlariga avtodispetcher (avtomashinist) va lozim boʻlganda poyezdlar harakat tezligini avtomatik ravishda sekinlashtiruvchi xavfsizlik avtomatikasi kiradi.
Markazlashgan dispetcherlikda t. y. uchastkasining alohida punktlaridagi strelka va signallarni dispetcherlik xonasidan, poyezdlarning styalar orasidagi harakati esa avtoblokirovka qurilmalari yordamida avtomatik tarzda boshqariladi. Poyezdlarning turgan joyi, yoʻl va svetofor holatlari dispetcherlik postidagi tabloda aks ettiriladi.
Elektronika va elektron vositalar taraqqiyoti tufayli, Transport yoʻlida. va temir yo’lda keyingi 10—15 yil ichida jiddiy oʻzgarishlar yuz berdi. Yoʻlda ishlatilgan kontaktam elektr apparatlar, kontaksiz apparatlar, datchiklar elektron tizimlar bilan almashtirildi.
Foydalanilgan adabiyotlar
Реле. wikipedia.org
История реле.
Museumrza.ru Сороко В.И. Реле железнодорожной автоматики и телемеханики. М.: НПФ «Планета», 2002.
Аппаратура железнодорожной автоматики и телемеханики. В.И. Сороко, Е.Н. Розенберг, 3-е издание, том
Реле модернизированное электрокоммутационное типа Н: ntc-infotech.ru
Швалов, Д.ВПриборы автоматики и рельсовые цепи: Учебник для техникумов и колледжей железнодорожного транспорта / Д.В. Швалов - Москва: ГОУ «УМЦ ЖДТ», 2010.
Do'stlaringiz bilan baham: |