Izotermik yumshatishda evtektoiddan oldingi pо‘lat Ac3 nuqtadan, evtektoiddan keyingi pо‘lat esa Ac1 nuqtadan 20-30°С yuqori haroratgacha qizdirilib, shu haroratda perlit batamom austenitga aylanguncha tutib turiladi, sо‘ngra Аr1 nuqtadan 50-100°С past haroratgacha tez sovutilib, austenit sementit bilan ferritga batamom parchalanguncha tutib turiladi. Izotermik yumshatishning odatdagi yumshatishdan farqi shuki, bunda vaqt kam ketadi, gomogenlik darajasi ancha yuqori struktura hosil bо‘ladi. Tarkibida kо‘p miqdor xrom, nikel va boshqa elementlar bо‘lgan pо‘latlarda austenit ancha barqaror bо‘ladi, bunday pо‘latlardagi austenitni ferrit bilan sementit aralashmasiga aylantirib, pо‘latning kesib ishlanuvchanligini yaxshilashning birdan-bir usuli izotermik yumshatishdir.
Do'stlaringiz bilan baham: |