Темир йул транспортида бошкаришнинг


“Palma” – harakatlanuvchi tarkibni avtomat tarzda identifikatsiya qilish tizimi



Download 1,95 Mb.
bet33/41
Sana24.02.2022
Hajmi1,95 Mb.
#217028
1   ...   29   30   31   32   33   34   35   36   ...   41
Bog'liq
Rasulov M.X. TYTBAT. Oquv qollanma. 2-qism 5

4.3. “Palma” – harakatlanuvchi tarkibni avtomat tarzda identifikatsiya qilish tizimi

Umumiy ma’lumotlar. Temir yo‘llar zamonaviy qog‘ozsiz axborot-boshqaruv texnologiyalarini keng qo‘llab, ularni rivojlantirib bormoqdalar; bunda korporativ tarmoqqa birlashtirilgan ko‘p sonli AIJli hisoblash tarmoqlari qeng qo‘llanmoqda. Natijada vagonlar, jo‘natmalar, konteynerlar, tortuv harakatlanuvchi birliklarga doir birlamchi axborotni qo‘lda yig‘ish va kiritish tobora ko‘proq istisno etiladi.


Harakatlanuvchi tarkibni avtomat tarzda identifikatsiya qilish tizimi (HTATIQT) mamlakat temir yo‘llarida harakatlanuvchi tarkib birliklarining harakatlanishi to‘g‘risidagi axborotning qo‘lda yig‘ilishi va kiritilishini istisno qilishga qaratilgan chora-tadbirlarning eng muhim tarkibiy qismlaridan biri bo‘lib hisoblanadi. U ISO standarti asosida ishlab chiqilgan bo‘lib, dunyoning barcha temir yo‘llari uchun universal tizimdir. HTATIQT ishi asosidan yuqori chastotalar texnikasi o‘rin olgan.
“Palma” ishining asosiy g‘oyasi quyidagilardan iborat. Harakatlanuvchi tarkibda lokomotiv (vagon) raqami to‘g‘risidagi axborot kodlashtirilgan passiv kodli bort datchiklari (KBD) o‘rnatiladi. Axborotni o‘qib olish punkti (AO‘P) o‘tib ketayotgan harakatlanuvchi tarkibni yuqori chastotali radioto‘lqinlari bilan nurlantiradi. Datchiklardan qaytgan signallar shifrdan chiqarilib, o‘qib olish qurilmasiga hisoblash tarmog‘iga o‘tib ketgan harakatlanuvchi tarkib ro‘yxatiga oid axborotni shakllantirish va uzatish imkonini beradi. Bundan tashqari, qayd etilgan hodisa vaqti, uning ro‘y bergan joyi, hamda harakat yo‘nalishi haqidagi axborot ham uzatiladi. AO‘P shu bilan birga o‘tib ketgan lokomotivlar (vagonlar) tarkibidagi tartib raqamlari qayd etilishini ham bajarib boradi. Bu, o‘z navbatida, ishdan chiqqan KBDlari bo‘lgan harakatlanuvchi tarkibni hisobga olish imkonini yaratadi. Butun harakatlanuvchi tarkibni avtomatlashgan tarzda identifikatsiya qilish ushbu tizim bilan jihozlangan barcha temir yo‘llar poligonida real vaqt rejimida amalga oshiriladi.
Yuqori chastotalar texnikasi har bira harakatlanuvchi birlik joyini avtomat tarzda qayd etadigan va uni identifikatsiya qiladigan axborotning etarlicha yuqori ishonchlilik ko‘rsatkichlarini ham ta’minlab beradi (datchiklarni aniqlash (bilish) ehtimoli – 0,86). Bu tashish jarayonining sifatini oshirish imkonini beradi.
HTATIQTning asosiy elementlari quyidagilardan iborat:
- o‘qib olish punkti (AO‘P);
- kodli bort datchigi (KBD);
- konsentrator.
Quyida HTATIQTning ana shu elementlarini ko‘rib chiqamiz.
Axborotni o‘qib olish punkti tavsiflari. AO‘P tarkibiga quyidagilar kiradi:
- ishlov berish va o‘qib olish apparaturasi bilan er usti o‘qib olish qurilmasi shkafi;
- harakatlanuvchi tarkib g‘ildiraklari o‘tishini qayd etish datchiklariva antenna uskunalari.
AO‘P, datchiklardan axborotni o‘qib olib, poezd tarkibidagi harakatlanuvchi birliklar sonini nazorat qiladi, hamda lokomotiv yoki vagon tartib raqamini aniqlab, marshrut yo‘nalishi bo‘yicha joylashgan avvalgi AO‘P tomonidan shakllantirilgan 266 xabar bo‘yicha vagonlari raqamlarini solishtiradi. SHundan so‘ng yangi 266 xabar shakllantiriladi. Xabarlar o‘zaro muvofiq kelmaganida HTATIQT AO‘P konsentratori orqali xizmat ko‘rsatuvchi ishchi-xizmatchilarni xabardor qiladi.
Odatda, AO‘P stansiyada yo‘l o‘qidan 3 m masofada birinchi izolyasiyalangan yoki strelkali uchastka hududida, stansiyaga kirib kelayotgan barcha harakatlanuvchi tarkib nazorat zonasidan o‘tish sharti bilan, joylashadi. AO‘Pni o‘rnatilish joyi mahalliy xususiyatlardan kelib chiqib tanlanadi. Bunda quyidagi shartga rioya qilinishi talab etiladi: kontakt tarmog‘i va tayanchlari oraliqlarida, biroq tayanch va tutib turuvchi konstruksiyalar, svetofor va strelkali yuritmalardan 5 m dan yaqin bo‘lmagan joyda o‘rnatilish. AO‘Plarni ko‘priklar ostida yoki ustida, shuningdek mashinalar o‘tish joyidan 5 m yaqinroq joylashtirish ham tavsiya etilmaydi.
G‘ildiraklar o‘tishini qayd etuvchi datchiklar sifatida 200 km/s gacha bo‘lgan tezliklar bilan ishlashga mo‘ljallangan PE-1 elektron pedali qo‘llanadi. Bu holda uning relsga o‘rnatishga oid talablarga rioya qilinishi shart, ya’ni: uning yuqori yuzasi relsdan ko‘pi bilan 45 mm masofada joylashishi shart. Pedal yig‘ma ulanmadan 1 m dan uzoq bo‘lmagan masofada, qor va yomg‘irdan pana joyda o‘rnatiladi. Ulash ekranlashtirilmagan kabel bilan amalga oshiriladi. Klemmalardagi kuchlanish 12-18 V ni tashkil qiladi. Kabel SMB va aloqa kabellari bilan bir transheyaga va bitta qutiga yotqizilishi kerak. Favqulodda holatlarda, faqat avtonom torutv holatlarida, kabel maxsus tayanchlarga ilib qo‘yilishiga yo‘l qo‘yiladi. Doimiy tok yordamida elektr tortuvida izolyasiya qarshiligini qo‘shimcha oshirish maqsadida polimer trubalar qo‘llanishi lozim.
AO‘P apparaturasi ishonchli ishlashi uchun birinchi toifa bo‘yicha, ikkita mustaqil manbadan energiya ta’minoti olinishi ta’minlanishi shart. Masalan: SMB va aloqa qurilmalarini energiya bilan ta’minlash manbaidan maxsus izolyasiyalovchi transformator orqali; yuqori voltli elektr ta’minot liniyalari va aloqa uylari va boshqa xizmat-texnika binolarining rezerv elektr ta’minot tizimlaridan. AO‘P larni strelkalar va shu kabi boshqa xo‘jalik iste’molchilarini elektr yordamida isitish maqsadidagi elektr ta’minotiga ulash taqiqlanadi. Energiya ta’minotidagi tanaffus 1,3 s dan oshmasligi shart. AO‘P iste’mol quvvati – ko‘pi bilan 500 VA (isitishsiz).
Erlashtirishga alohida e’tibor qaratiladi. Bu quyidagilardan himoya qilish uchun zarur:
- o‘qib olishdagi uzilishlardan (xatoliklardan) (uning ishlashi yuqori chastotali to‘lqinlardan foydalanishga asoslangan);
- xizmat ko‘rsatuchi ishchi-xizmatchilarni tok urishidan;
- temir yo‘l bo‘ylab tayanchlarda osib qo‘yilgan kontakt simi qulashidan;
- relslarda yuzaga keladigan ortiqcha kuchlanishlardan.
Erlashtirish uzunligi 2,5 m li va diametri 18 mm dan kichik bo‘lmagan, chekka relsdan 5 m dan yaqin bo‘lmagan masofada urib kiritiladigan metall chiviqlar yordamida amalga oshiriladi.Qarshilik 10-30 Om dan katta bo‘lmasligi kerak.
AO‘Plariga texnik xizmat ko‘rsatish bo‘yicha asosiy ishlar barcha qurilmalar majmuini vaqti-vaqti bilan tekshirish, ko‘zdan kechirish, rostlash va tozalashdan iborat. Bunda bort datchiklari va antennalar ishlash chegarasida elektr magnit maydonlarining ta’siri ham hisobga olinishi kerak. Antenna yaqinida eng uzoq vaqt bo‘lish vaqti 4.1-jadvalda berilgan.
4.1-jadval

Antennagacha bo‘lgan masofa, m

Quvvat oqimi zichligi qiymati, mkVt/sm2

Chegaraviy vaqt, soat

0,5

640

0,3

1,0

160

1,2

2,0

40

5,0

4,0

10

20

Ushbu me’yorlar uzatgich (peredatchik) quvvati va antennaning kuchaytirish koeffitsienti ko‘paytmasi yo‘naltirilganlik diagrammasining asosiy gulbargi chegarasida 40 Vt dan oshmasligi kerak degan shartdan kelib chiqib hisoblangan.


Kodli bort datchigi tavsiflari. KBD muayyan chastotalarga sozlangan passiv rezontorlar yig‘indisidan iborat. KBDga keng radiodiapazondagi yuqori chastotali ketma-ketlik yordamida ta’sir ko‘rsatilganida bir xil chastotalar so‘nib, boshqalari ajralib chiqadi (KDB ichidagi rezonatorlar chastotasiga bog‘liq ravishda). SHu tufayli kodlashtirish amalga oshadi.
KDB 12 raqamli raqam-identifikatoriga ega (ulardan biri: 2 ta belgi – mamlakat, 2 ta belgi – almashinuv rejimi kodi, 8 ta belgi – individual etti sonli raqam) yana bitta raqam – nazorat uchun.
Ekspluatatsiya qilishning barcha bosqichlarida ham vagonlarning texnik holatini nazorat qilish jarayonida vagon ko‘rikchilari VU-23, VU-14 va shu kabi shakldagi hujjatlarni rasmiylashtirishda alohida bandda datchiklar mavjudligi, bir yoki ikki datchik shikastlanganligi yoki yo‘qligini ko‘rsatib o‘tadilar.
KBD ish qobiliyatini tekshirish uchun qo‘lda ishlatiladigan o‘qib olish qurilmasi (RSU-0,9) qo‘llanadi.
Agar datchiklar o‘rnatilgan kuzov elementlari ta’mirlansa, u holda datchiklar ko‘chirib olinib, uning old tarafiga o‘zi echib olingan vagonning sakkiz sonli raqvami qo‘yiladi. Vagon bo‘yalganida datchiklar echib olinishi shart emas, biroq ularni bo‘yash taqiqlanadi. Datchiklarni o‘rnatish va echib olinish fakti vagonlarning qabul qiluvchisi tomonidan VU-36M shaklli xabardor etish varag‘ida va VU-312 shaklli kitobda tasdiqlanishi shart.
Vagonlarni ulanma punktlar bo‘ylab yoki umumiy bo‘lmagan yo‘lga uzatishda ular texnologik jarayonlarga muvofiq ko‘zdan kechiriladi. Bitta datchik bo‘lmagan yoki shikastlangan hollarda kitobga tegishli qayd kiritiladi – “Bir KBD-2 yo‘q (shikastlangan)”. Har ikkala jatchik bo‘lmagan hollarda, bunday qayd qilinmaydi.
HTATIQT konsentratori tavsiflari. HTATIQT konsentratori HTATIQTning TTBAT va vagonlar parkini avtomatlashtirilgan boshqarish tizimi bilan birga ishlashni tashkillashtirish uchun mo‘ljallangan, ya’ni fizik va logik ulanishlarni amalga oshiradi. U 201, 200, 202 kabi xabarlar turlarini shakllantiradi.
201 xabar (etib kelish operatsiyasi) so‘nggi izolyasiyalangan seksiya bo‘shatilganligi sharti bilan qabul qilish-jo‘natish yo‘lining rels zanjiri band qilinganlik faktini qayd etadi. Uzun tarkibli poezdlar uchun qabul qilish-jo‘natish yo‘lining band etilish momenti etib kelish deb hisoblanadi.
200 xabar (jo‘nab ketish operatsiyasi) chiqish signalining qoplanish va stansiya chiqish bo‘g‘izi birinchi izolyasiyalangan seksiyasining band qilinganlik faktini qayd etadi.
202 xabar (o‘tib ketish operatsiyasi) ochiq chiqish svetoforida qabul qilish-jo‘natish yo‘lining band qilinganlik faktini qayd etadi. O‘tib ketish vaqtini kirish bo‘g‘izi birinchi izolyasiyalangan strelkali seksiyasining band qilinganlik momentiga ko‘ra belgilaydilar.
Qo‘shimcha tarzda konsentrator 2031 (41 ta belgi) va 2032 (47 ta belgi) xabarlarini ham shakllantiradi.
2031 xabarida quyidagilar hisobga olinadi: stansiya (operatsiya amalga oshiriladigan), lokomotiv raqami, operatsiya kodi (1 – etib kelish, 0 - jo‘nash), poezd tarkibidagi harakatlanuvchi birliklar soni, yo‘nalish (etib kelish yoki jo‘nashni belgilaydigan eng yaqindagi stansiya kodi), peregon yo‘li, operatsiyaning sodir etilish sanasi va vaqti.
2032 xabarida qo‘shimcha ravishda yo‘nalish ustunida etib kelish amalga oshirilgan stansiya kodi, hamda poezd yo‘l olayotgan stansiya kodi ko‘rsatiladi. Bundan tashqari, park va yo‘l raqami qayd etiladi.
Xabarlardagi ma’lumotlar birlamchi 266 xabar asosida shakllantiriladi. Ma’lumotlarni qo‘llash zarurati SSB va aloqa hamda HTATIQT qurilmalarini o‘zaro muvofiqlashtirish sababli kelib chiqqan.
HTATIQT samaradorligini baholash. HTATIQTdan foydalanish yo‘llar tarmog‘idagi aylanish (oborot) davrida vagonga ishlov berishlar sonini ikki barobar qisqartirish hamda uning shakllantirilish stansiyasida turib qolishlarini amalda kamaytirish imkonini beradi. Hisob-kitoblar bu holda vagon aylanmasining tezlashish rezervi 60 soatni tashkil etishidan dalolat beradi. Bundan tashqari, lokomotivlar aylanmasi tezlashib, mehnat unumdorligi ortadi, lokomotiv brigadalari ishlash sharoitlari yaxshilashadi.
HTATIQTni joriy qilish. Temir yo‘l tarmog‘igaa HTATIQTning joriy qilinishi maxsus tarmoq dasturi asosida amalga oshirilib, buning uchun ajratilgan stansiyalarda o‘qib olish punktlarini o‘rnatish bilan birga kodlashtirish, lokomotiv va vagonlarga bort datchiklari o‘rnatilishini ham ko‘zda tutadi. Hozirda Rossiya Federatsiyasi temir yo‘llari tarmog‘idagi butun lokomotiv parki – deyarli barcha magistral lokomotivlari parki hamda aksariyat vagonlar HTATIQT bilan jihozlangan.



Download 1,95 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   29   30   31   32   33   34   35   36   ...   41




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish