Buddaviylik va Xristianlik Xristianlik REJA: - Buddizmni keltirib chiqargan tarixiy sharoit.Buddizmning asosiy aqidalari va ta’limoti.Buddizmning asosiy oqimlari.
- Xristianlikni keltirib chiqargan tarixiy sharoit.
- Xristianlikning asosiy aqidalari va ta’limoti.
- Xristianlikning asosiy oqimlari.
Buddizm – dunyodagi eng yirik dinlar ichida qadimiylaridan biri hisoblanib, mil. av. VI-V asrlarda Hindistonda vujudga kelgan. Bu dinga e’tiqod qiluvchilar, asosan, Janubiy, Janubi-Sharqiy va Sharqiy Osiyo mamlakatlari: Shri Lanka, Hindiston, Nepal, Butan, Xitoy, Singapur, Malayziya, Indoneziya, Mongoliya, Koreya, Vьetnam, Yaponiya, Kombodja, Birma, Tailand, Laosda va qisman Yevropa va Amerika qit’alarida, Rossiya Federatsiyasining Tuva, Buryatiya, Kalmikiya respublikalarida istiqomat qiladilar Hozirgi kunda e’tiqod qiluvchilar soni jihatidan buddizm xristianlik, islom va hinduizmdan so’ng to’rtinchi o’rinni egallaydi. Buddistlarning soni taxminan 700 mln. atrofida bo’lib, ulardan 1 mln. ga yaqini rohiblardir. Buddizm bundan 2500 yildan avvalroq Hindistonda diniy-falsafiy ta’limot sifatida vujudga kelib, unda ko’plab diniy manbalar va diniy yo’nalishlar mavjud. Bizgacha Buddaning bir necha biografiyalari yetib kelgan: «Maxavostu» – milodning II asrida yozilgan, «Lalitavistara» – milodning II-III asrlarida yuzaga kelgan, «Buddxacharita» – buddist faylasuflardan biri Ashvagxosha tomonidan milodning I-II asrlarida yaratilgan, «Nidanakatxa» – milodning I asrida yozilgan va «Abnixishkramansutra». Buddizm ta’limoti. Buddizm qadimiy hind diniy-falsafiy ta’limotlari asosida vujudga kelgan, o’ziga xos nazariyot va amaliyotdan iborat bo’lgan diniy tizimdir. Budda yangi diniy qonun-qoidalar, rasm-rusumlar ishlab chiqmagan, balki har bir inson tug’ilish va o’lim mashaqqatlaridan qutilishi uchun amal qilishi lozim bo’lgan bir necha ko’rsatmalarni ishlab chiqdi, xolos. Uning ta’limoti insonning xayolida, ishlarida va o’zini tutishida samimiy oliyjanoblik g’oyasini ilgari suradi. U vedalardagi gunohsizlik ta’limotini inkor qildi, hayvonlarni vahshiyona qurbon qilishni qoraladi, varna (kasta) tizimini va undagi ruhoniylarning boshqalardan ustunligini inkor qildi. Katolik oqimi Xristianlikning yirik yo’nalishlaridan biri katolik oqimidir. U Yevropa, Osiyo, Afrika va Lotin Amerikasi mamlakatlarida tarqalgan bo’lib, muxlislari taxminan 800 mln. kishini tashkil etadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |