45
MUSIQA VA SURAT
Intershovqin hosil qiladigan ishonchlilik va hayotiylik
bilan kontrastda musiqa – televizion dasturning unsurlaridan
biridir. Teledastur esa, qanchalik g‘alati tuyulmasin, ko‘pincha
musiqasiz, xuddi intershovqin bilan bo‘lganidek, ma’nosiz,
jonsiz va notabiiy bo‘lib chiqadi! Asosan,
kino va televideniye
bizni videoqatorni musiqiy jo‘rlikda ko‘rishga o‘rgatib
qo‘ygani uchun ham musiqaning mavjudligi bizga tabiiy
bo‘lib ko‘rinadi. Musiqadan foydalanish teletomoshabinlar
juda ko‘p vaqtdan buyon ko‘nikib qolgan shartlilikdir. Quvlash
sahnasini, masalan, hozir jo‘shqin musiqiy jo‘rliksiz
tasavvur
qilib ham bo‘lmaydi.
Musiqadan asosan,
misol uchun, tilga olingan quvlash
sahnasida kayfiyatni yaratish yoki ta’kidlash uchun
foydalaniladi. Musiqa harakatning joyi yoki vaqtini
belgilaydigan muhim axborotni ma’lum qilishga ham qodir.
Musiqiy jo‘rliksiz cho‘l shunchaki cho‘ldir. Lekin tegishli
musiqiy fon yordamida uni Amerikaning olis g‘arbidagi
sahroga, qadimgi Osiyo ko‘chmanchilari
sahrosiga, Oydagi
dashtga yoki koinotning ilmiy-fantastik manzarasiga aylantirish
mumkin.
Invershovqin singari musiqaning
muhim xislati shundan
iboratki, u dasturning audiovizual tuzilmasiga yana bir
o‘lchovni qo‘shadi. Bunday o‘lchovlar qancha ko‘p bo‘lsa,
dasturni ko‘rishga qiziqish shuncha oshadi. M
asalan, musiqa
yordamida
cho‘zilgan va ifodasiz bo‘lib ko‘rinadigan sahnaga
g‘ayrat bag‘ishlash mumkin.
Musiqadan teledasturlarda juda ko‘p
hollarda mavzular
bo‘yicha ham foydalaniladi. Dasturni anonslaydigan
musiqiy muqaddimalar ayniqsa esda qoladi va foydalidir.
46
Biz, ehtimol, davlat boshlig‘i bilan intervyuda musiqaviy
fonni ma’qullamasmiz, lekin ana
shu intervyuning bir qismi
bo‘lgan yangiliklar soni boshlanishidagi musiqani mamnunlik
bilan qabul qilamiz. Buning sababi shundaki,
bunda musiqa
mo‘ljalning muhim rolini bajaradi. U bizni boshqa ko‘rsatuv
boshlanayotganidan ogohlantiradi. Shu sababli u vazifasi
tomoshabinlar e’tiborini jalb etish bo‘lgan muqaddimaning
tarkibiy qismi rolini muvaffaqiyat bilan o‘ynaydi.
Shunga o‘xshash tarzda dastur
ichida musiqiy parchalar-
dan foydalanish mumkin. Birdan ovozsiz sahnada yangray
boshlagan musiqa bizga hozir qandaydir yangi narsa yuz
berishini yoki biz tomosha qilayotgan
sahnada biror narsa
jiddiy ravishda o‘zgarganini xabar qiladi. Bundan tashqari,
musiqa ekranda yuz berayotgan voqealarga shunchaki e’tiborni
jalb etishi mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: