MUHAMMAD AL-XORAZMIY NOMIDAGI TOSHKENT AXBOROT TEXNOLOGIYALARI UNIVERSITETI FARG’ONA FILLIALI “TELEKOMMUNIKATSIYA TEXNOLOGIYALARI VA KASBIY TA’LIM” FAKULTETI TELEKOMMUNIKATSIYA TEXNOLOGIYALARI YO’NALISHI 631-20 GURUH TALABASI NOSIRJONOV DIYORBEKNING AKADEMIK YOZUV 2 FANIDAN MUSTAQIL ISHI
Og'zaki va yozma muloqotning o‘ziga xos jihatlari va farqlari
REJA
1. Og’zaki nutqning o’ziga xosligi
2.Yozma nutqiy faoliyathaqida
3. Xulosa
Og’zaki nutq ma`lumki, nutq og’zaki va yozma ko’rinishga ega. Og’zaki nutq gapirib turgan vaqt birligidagina mavjud bo’lib, bu jarayon tugashi bilan nutq ham tugaydi. Og’zaki nutq tezkorlik bilan amalga oshadi v tahrir imkoniyatiga ega bo’lmaydi. Og’zaki nutqda fikrni aytganlarini xotirada ushlab turgan holda rivojlantirishga to’g’ri keladi. Og’zaki nutqda odatda, muloqot uchun eng zarur narsalarnigina zikr etiladi. Bu bir tomondan vaqt iqtisodi bilan ikkinchidan nutq kuchini tejash bilan bog’liq Og’zaki nutq so’z boyligi jihatidan yozma nutqqa nisbatan ancha kambag’al bo’ladi.. Unda bir xil so’zlar, bir xil shakllar bir qadar ko’proq takrorlanadi, bu hol til vositalarini tanlash qiyinchiliklari bilan bog’liqdir .Og’zaki so’zlovchining faol nutqiy harakati to’xtam (pauza), ohang, urg’u, turli xil imo - ishoralar asosida tinglovchiga etib boradi .
OG’ZAKI NUTQNING MADANIY JIHATI
Mazmundorligi - Dalillar keltirilishi va muallifning umumlashtir a olish qobiliyati bilan bog’liq. Keltirilayotgan ma’lumot dolzarb va hayotiy ahamiyatga ega bolishi lozim
Tushunarliligi - Bir tomondan lisoniy xususiyatlar va nutqiy munosabatl arga bog’liq Ifodaliligi - Fonetik va leksik vositalardan tog’ri foydalana olish.
Obrazliligi -Og’zaki nutqning obrazliligini maxsus uslubiy vositalar va ko’chimlar ta’minlaydi. Bularga qaytarish, ritorik savol, o’xshatish istiora kabilar kiradi. Ta’sirchanligi -Og’zaki nutqning ta’sirchanligini to’xtam (pauza), ohang, urg’ular belgilaydi.
YOZMA NUTQ OG’ZAKI NUTQDAN QUYIDAGI XUSUSIYATLARI BILAN AJRALIB TURADI
Nutqni yozayotgan muallif vaqt jihatdan bemalol fikrlash imkoniyatiga ega bo’ladi. U o’z nutq qismlarini va butun nutqni qaytaqayta tahlil qilish, fikr uchun eng mos imkoniyatlarni tanlashi, gap tuzilishini ko’paytirishi mumkin. Shuning uchun ham yozma nutq og’zaki nutqdan ravondir.Adabiy tilda uning har ikkala shakli uchun xos bo‘lgan betaraf va uslublararo ifoda vositalari bilan bir qatorda, adabiy tilning faqat bir shakli og‘zaki yoki yozma shakli uchun xos til unsurlari, vositalari ham bo‘ladi. Umumuslubiy va uslublararo shakllarga birinchi navbatda tilning morfologik birliklari kiradi. Til vositalarini morfologik belgilariga qarab ikki guruhga — og‘zaki va yozmaga ajratishda qat’iy chegara yo‘q. Shunga qaramay, bu shakllarning o‘ziga xos ayrim xususiyatlarini ko‘rsatish mumkin. Jumladan, adabiy tilning og‘zaki shaklida ot va sifat turkumlariga xos his-tuyg‘u, ta’sirchanlikni ifodalovchi shakllar (bolakay, qizgina, erkatoy, kichkintoy, kichkina, kattakon); takror, davomiylik, kuchaytirish ma’nolarini ifodalovchi fe’lning tahliliy shakllari (ataylab, oshirib yubormoq, kelib qolmoq, turtkilab qo‘ymoq, o‘qib chiqmoq) hamda yozma adabiy shaklga xos ot va sifat turkumlaridagi tahliliy shakllar (sezgirlik bilan, telefon orqali, tezkorlik asosida, nihoyatda ko‘rkam, g‘oyat baland); -lik, -chilik, -lashtirish kabi affikslar yordamida yasalgan so‘zlar (o‘qituvchilik, dehqonchilik, parrandachilik, radiolashtirish, avtomatlashtirish) va boshqalarni ko‘rsatish mumkin.Adabiy tilda sintaqtik qurilish jihatidan ham ikki shaklga xos xususiyatlarni ko‘rish mumkin. Ko‘pincha sodda gaplarni, ayniqsa to‘liqsiz gaplarning qisman bog‘langan qo‘shma gaplarni ishlatish adabiy tilning og‘zaki shakli uchun xos bo‘ladi. Bu vaqtda ohang, to‘xtam, imo-ishora, nutq vaziyati kabi vositalar muhnm rol o‘ynaydi. Yozma adabiy tilning sintaktik qurilishi esa o‘zining ancha murakkabligi bilan ajralib turadi. Unda ergash gapli qo‘shma gaplar, kirish so‘z va iboralar, murakkab qurilishli sodda gaplar, ajratilgan va uyushiq bo‘laklar, murakkab qo‘shma gaplar ancha keng ishlatiladi.
XULOSA
Adabiy tilning og‘zaki shakli ma’ruza va suhbatlarda, yozma shakli esa fan, texnika va adabiyot asarlarida, rasmiy ish hujjatlari, nashriyot va matbuot sohalarida ishlatiladi. Lekin bular o‘zaro uzviy ravishda bog‘langan bo‘ladi. Ma’ruzalar, har xil chiqishlar o‘z xususiyati bilan yozma adabiy tilga yaqin turadi. Shuningdek, yozma adabiy tilda, ayniqsa, badyiy asarlarda so‘zlashuv nutqiga xos so‘z va iboralar ham qo‘llanadi. Shuni qayd qylish keraki, «og‘zaki», «so‘zlashuv», atamalari adabiy tilning shakllaridan birini (adabiy tilning og‘zaki yoki yozma shakllarini) ifodalash uchun hamda milliy tilning funksional turlaridan birini (adabiy til yoki joyli so‘zlashuv tilini) ifodalashga xizmat qiladi
ADABIYOTLAR RO’YXATI
1.Akademik Yozuv 2 kitobi
2. http://staff.tiiame.uz
Do'stlaringiz bilan baham: |