Telekommunikatsiya injiniringi” kafedrasi B. A. Fayzullaev, B. K. Turumbetov, J. D. Xudayberganov



Download 0,57 Mb.
bet11/17
Sana26.02.2022
Hajmi0,57 Mb.
#468505
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   17
Bog'liq
8d4af1c088d87c875a82871fda29d2fd40e83db7

YOKI mantiqiy elementi. 2.3-rasmda x va y kalitlari parallel ulangan hamda P va Q nuqtalarini birlashtiradi.

2.3-rasm. x va y o‘zgaruvchilarining parallel ulanishi.

Kalitlarning holati va PQ ulanish mos ravishda A, B va f Bul o‘zgaruvchilari yordamida ifodalanadi. 2.3-jadvalda bu sxemaning rostlik jadvali ko‘rsatilgan.


2.3-jadval.

A

B

f

0

0

0

0

1

1

1

0

1

1

1

1

Agarda 2ta x va y kalitlari ochiq bo‘lsa, u holda A=0 va B=0 bo‘ladi hamda P va Q nuqtalari orasida ulanish mavjud emas, ya’ni f=0 bo‘ladi. Boshqa tomondan, agarda x kalit yopiq va y kalit ochiq bo‘lsa, unda A=1 va B=0 bo‘ladi. Bunda P va Q nuqtalari orasidagi ulanish x kalit yordamida amalga oshiriladi, ya’ni f=1 bo‘ladi.


2.3-jadvalda keltirilgan jadval YOKI funksiyasining rostlik jadvali hisoblanadi. YOKI funksiyasini ayrim hollarda Bul qo‘shuv funksiyasi deb ataydi. Rostlik jadvalining tahlili shuni ko‘rsatadiki, P va Q nuqtalari orasida, agarda x kalit yopiq yoki y kalit yopiq bo‘lsa yoki 2ta kalit yopiq bo‘lsa, ulanish mavjud bo‘ladi,.
2.4-jadvalda ikkilik va Bul qo‘shuv qoidasi keltirilgan. YA’ni, ushbu funksiyani ULOVCHI, YOKI sifatida deb aytish mumkin. Bu atamani quyidagicha tushuntirish mumkin: A=1 va V=1 holatida f=1 bo‘ladi. Keyinchalik ISTISNO-YOKI funksiyasinida A=1 va V=1 holatda ISTISNO, ya’ni A=1 va V=1 bo‘lsa ISTISNO-YOKI funksiyasining qiymati «0»ga teng bo‘ladi.

2.4-jadval. Bul va ikkilik qo‘shuv qoidalari.



YOKI funksiyasi algebraik ko‘rinishda f=A+B deb yoziladi. Bu erda «+» belgisi YOKI tarzda interpretatsiyalanadi. Mantiqiy qo‘shuv qoidasi 2.5‑rasmda ko‘rsatilgan. Ularni taqqoslashda 2ta farq mavjud. Ikkilik qo‘shuvda 1+1=10 bo‘ladi, bu erda 0-qo‘shuv natijasi, 1-siljish birligi hisoblanadi va u qo‘shuv operatsiyasining keyingi bosqichida qo‘shilishi kerak. Bul qo‘shuvida esa 1+1=1 bo‘ladi.


Raqamli tizimlarda YOKI funksiyasi YOKI elementi deb ataluvchi elektron sxema yordamida amalga oshiriladi. 2.6-rasmda YOKI elementining belgilanishi ko‘rsatilgan. Bu sxemaning chiqishida mantiqiy «1»ga ega bo‘lamiz, agarda A yoki V kirishida yoki A va V kirishlarda bir vaqtda mantiqiy «1» bo‘lsa. Barcha boshqa kirishlar kombinatsiyasida f funksiyasining qiymati mantiqiy «0» bo‘ladi.

2.6-rasm. YOKI elementining belgilanishi.

Quyida YOKI funksiyasiga tegishli ayniyatlar keltirilgan:





  1. A + Ā = 1;

  2. ;

3. A + A = A;
4. A + 0 = A;
5. A + 1 = 1;
6. A + V = V + A;
7. A + (V + S) = (A + V) + S;
8. A +VS = (A + V)(A +S);
9. A(V + S) = AV + AS.

Bu erda ham 1-3 ayniyatlar idempotentlik teoremasi, 4-5 ayniyatlar birlashtirish teoremasi, 6 ayniyat o‘rin almashtirish teoremasi, 7 ayniyat terish yoki guruhlashtirish teoremasi va 8-9 ayniyatlar esa, taqsimlash teoremalari hisoblanadi.





Download 0,57 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   17




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish