Boshqaruvning funksional sohalari. OSI tarmoq boshqaruvining bosqichli arxitekturasi. OSI boshqaruvining asosiy modeli: tizimli boshqaruvi, N-bosqich boshqaruvi va N-bosqich operatsiyalarini o’z ichiga oladi. Boshqaruvda paydo bo’lishi mumkin bo’lgan turlicha holatlarni nazarda tutib, shu uch sohaga bo’lingan.
Tizimlar boshqaruvi boshqariluvchi obyektlar bilan amaliy bosqichni hisobga olgan holda OSIni boshqarishda yetti bosqich ish olib boradi. U boshqaruvchi axborotlarni bog’lanishlarni o’rnatish bilan yakuniy tizimlar orasida ishonchli uzatishga asoslangan. Shuni takidlash kerakki, OSI boshqaruv modeli bog’lanishni o’rnatmasdan xizmatlardan foydalanishga ruxsat etmaydi.
N-bosqich boshqaruvi boshqariluvchi obyektlari yetti bosqichli modelining qaysidir ma’lum bosqichida cheklangan. Boshqaruv protokoli bunda kommunikatsion protokolning quyi bosqichlaridan foydalanadi. N-bosqich boshqaruvi OSIning barcha yetti N-bosqichini ishlatishga sharoit yo’qligida foydalanadi. Bu holatda, ushbu bosqich uchun qat’iy mo’ljallangan boshqaruv protokoli N-bosqichidan foydalanishga ruxsat etiladi. Boshqaruv bosqichli protoktoliga misollar tariqasida 1,2 bosqichlar bilan cheklangan, IEEE (FDDIning SMT texnologiyalari) institutida ishlab chiqilgan lokal tarmoqlar uchun boshqaruv protokollarini ko’rsatish mumkin.
Nihoyat, N-bosqich operatsiyalari faqat ushbu bosqich kommunikatsion protokollarida saqlayotgan boshqaruvchi axborotlar asosida monitoring va boshqaruv jamlanadi. Masalan SDH texnologiyalari STM-n kadrda saqlanuvchi tarmoq monitoring ma’lumotlari, ayni jismoniy bosqichli N-bosqich operatsiyalariga taalluqlidir. N-bosqich boshqaruv standartlari va N-bosqich operatsiyalari OSI boshqaruv standartlari yig’masiga kirmaydi. OSI standartlari faqat tizimlar boshqaruvini yetti bosqichli chiziq yordamida ko’riladi.
Tizimlar boshqaruvi asosiy modeli bir xil darajali tizimlar orasida boshqaruv operatsiyalari va xabar qog’ozlarini uzatishni bajarilishi tushuniladi, bu boshqaruvchi va boshqariluvchi tizimlarda rollarning qat’iy bo’linishi majburiy emasligini anglatadi.
Bu model boshqaruvning taqsimlash aspektlarini amalga oshirishni yengillashtiradi. Boshqa tomondan boshqaruvchi va boshqariluvchi bir xil darajali tizimlarni amalga oshirishga ruxsat beradi.
Boshqaruv axborot (information) modeli.
Boshqariluvchi obyekt – bu boshqarish maqsadidagi resurs haqida OSI tasavvuri. Resurs xuddi boshqariluvchi obyekt deb ta’riflanishi mumkin. Bu boshqariluvchi aniq obyekt- ba’zi boshqariluvchi obyektlar sinfining (instance) nusxasidir.OSI boshqaruv modeli obyekt yo’nalishiga yondashishidan keng foydalanadi. Boshqariluvchi obyektlar sinfi bu-majburiy yoki shartli bo’lgan xususiyatlar yig’masidir. Boshqariluvchi obyektlarning bir sinfini ta’riflash (masalan kommutatorlar) yordamida VLAN texnikasini qo’llovchi, kommutatorlar xususiyatiga ega bo’lgan boshqariluvchi obyektlarning boshqa sinfini (masalan kommutatorlar) yana yangi atributlarni qo’shib turib yaratish mumkin.
Resurslarni (manbaalarni) boshqarish uchun menedjer va agent bu resurslar qismlari to’g’risida ma’lumotga ega bo’lishlari kerak.
Boshqaruv funksiya (detallari) bajarilishi talab qilingan boshqariluvchi obyektlar tasavvuri detalizatsiyasi bizga ma’lum Management information Base (MIB)repozitoriyida saqlanadi. OSI MIB bazalari nafaqat boshqariluvchi obyektlar sinflari ta’riflari, balki tarmoq xarakteristikasi va uning elementlarini saqlaydi. MIB bazalari boshqariluvchi qurilma va resurslarning har bir qismi xarakteristikasini o’z ichiga oladi. Shuningdek MIB to’plangan ma’lumotlar asosida yoki tashqi komanda bilan chaqiriladigan harakatlar tavsifini o’z ichiga oladi.
MIB bazalari tashqi tizimlarga so’rash, o’zgartirish, yaratish va o’chirishga imkon beradi (bunda tarmoq resurslari albatta ishlashni davom ettiraveradi). Boshqaruvning CMIP protokoli va lokal interfeyslar bu imkoniyatga kirishni ta’minlaydi.
MIB – bu konseptual model va resursda ma’lumotlarni jismoniy yoki logik saqlash usuli bilan hech qanday aloqasi yo’q. Standartlar aslida ma’lumotlar saqlash aspektini aniqlamaydi.
OSI protokollari MIBda saqlanuvchi axborotlar sintaksisi va ma’lumot almashish ma’nosini (semantikasini) belgilaydilar.
Boshqaruvchi bilimlar va bilimlar daraxti.
Yirik boshqaruv tizimi odatda ko’p sonli agent va menedjerlardan tashkil topgan bo’ladi. Menedjer va agentlar orasidagi hamkorlikni avtomatlashtirishni tashkil qilish uchun qandaydir yo’l bilan agent va menedjerlar xarakteristikasiga oid ma’lumotlarni bilish kerak. Menedjer boshqaruv tizimida qaysi agentlar ishlaydi, ularning ismlari, tarmoq adreslari, ular tomonidan qo’llanilayotgan boshqariluvchi obyektlar sinflari va h.k. bilishi kerak. Agentga ham menedjer to’g’risida shunga o’xshash axborotlar kerak, chunki u o’z tashabbusi bilan xabar xatlari yuboradi va menedjer so’rovlariga javob beradi.
OSI modelida bu ma’lumotlar menedjer va agent orasida boshqaruvchi bilimlar taqsimoti deb ataladi (shared management knowledge). SNMP tizimida ushbu ma’lumotlar tashkili standartlanmagan va har bir aniq boshqaruv tizimida bu ma’lumotlar individual shaklda saqlanadi. Taqsimlanuvchi boshqaruv bilimlari agent va menedjer orasida assotsiasiyalar o’rnatilishiga qadar ma’lum bo’lishi kerak. Odatda ular qaysidir fayl yoki taqsimlangan ma’lumot bazasida saqlanadi va har gal assotsiasiya o’rnatilishida so’raladi. Assotsiasiya o’rnatilishi paytida taqsimlanuvchi boshqaruv bilimlari almashuvi bo’lib o’tadi.
OSIda boshqaruvchi bilimlarni turli aspektini tashkil qilish va ularga ruxsat standartlanadi. Obyekt –yo’nalish yo’liga rioya qilish ushbu bilimlarni maxsus tizim obyektlari uchun foydalanishi shartlangan.
10164-16.2 ISO standarti bunday obyektlarni obyektlar boshqaruvchi bilim modeli va sinfini belgilaydi. Bundan tashqari boshqaruvchi bilimlar bilan ishlash funksiyalari aniqlangan.
Ushbu bilimlarni ta’riflovchi boshqaruvchi bilimlar uch turi va shunga yarasha uch obyekt turi mavjud:
Repertuar bilimlari (Repertoire Knowledge) boshqariluvchi obyektlar sinfini, nomlanishi va boshqaruv funksiyalarini qo’yuvchi sinflar ro’yxatini o’z ichiga olgan boshqariluvchi tizimlar imkoniyatini ta’riflaydi. Repertuar bilimlarimenedjerga boshqariluvchi tizimlar imkoniyatini ularning ijozatisiz tenglashtirishga yordam beradi.
Ta’riflash bilimlari (Definition Knowledge) boshqariluvchi tizim tushunadigan boshqariluvchi obyektlar sinfini rasmiy ta’rifi, testlar toifasi, o’zaro aloqasidagi sinflar va boshqaruvchi axborotlar tushunchasini o’z ichiga oladi.
Nusxa (ekzemplyar) to’g’risida bilimlar (Instance Knowledge) boshqariluvchi tizimda joylashgan boshqariluvchi obyektlar aniq nusxalar to’g’risida axborot bilan ta’minlaydi.