IEEE LAN/MAN standartlari arxitekturasi. TMN modeli.
IEEE (Institute of Electrical and Electronic Engineers, elektrtexnika va radioelektronika muhandislari Instituti) 1963-yil AQShda tuzilgan tashkiliy, lokal hisoblash tizimlari uchun, shu bilan birga kabel tizimlari, fizik topologiya va ma’lumotlar uzatish muhitiga (davrasiga) ruxsat bo’yicha standart ishlab chiquvchi. 802 standartlar seriyasi eng mashhri bo’ldi, unga javobgar IEEE 802 Komiteti va bevosita uning ishchi guruhlari quyi komitetlar.
Nazorat savollari
IEEE LAN/MAN standartlari arxitekturasini tushuntirib bering.
Internet tarmoq boshqaruvining bosqich arxitekturasi.
TMN arxitekturasini tushuntirib bering.
8-Ma’ruza: Internet tarmog’ini boshqarish tizimlari Internet tarmog’ini boshqarish modeli. SNMP protokoli, asosiy vazifalari va hususiyatlari.
Reja:
Internet tarmog’ini boshqarish tizimlari Internet tarmog’ini boshqarish modeli.
SNMP protokoli.
SNMP protokoli, o’ziga xosliklari.
Internet tarmog’ini boshqarish tizimlari Internet tarmog’ini boshqarish modeli.
Internetni boshqarish algoritmlari asosan, ASN.1 notatsiyasida keltiriladi (Abstract Syntax Notation).
Internetdagi barcha obyektlar 10 guruhga ajratilgan va MIBda ta’riflangan: tizim, interfeyslar, almashishlar, adreslarni uzatish, IP, ICMP, TCP, UDP, EGP, SNMP.
Qurilmaning nomi va versiyasi, operatsion tizim, tarmoqning dasturiy ta’minoti va h.k. “tizim” guruhiga kiradi.
“Interfeyslar” guruhiga boshqariluvchi interfeyslar soni, IP orqali ishlovchi interfeyslar turi (Ethernet, LAPB etc.), deytogramm o’lchami, ma’lumot almashish tezligi, interfeys adresi kiradi.
IP-guruhi o’z ichiga deytogrammalar hayot davri, fragmentatsiya haqida ma’lumot, subtarmoqlar maskasi va h.k.ni oladi.
TCP-guruhiga qayta uzatish algoritmi, qayta uzatishlarning maksimal soni va h.k. kiradi.
SNMP protokoli.
SNMP (Simple Network Management Protocol) oddiy tarmoqni boshqarish protokoli hisoblanadi. Ilovalar darajasi protokoli (UDP) 1988-yilda ishlab chiqilgan, RFC1157 ta’rif berilgan.
Tarmoq qurilmalaridan axborot yig’ish yoki konfiguratsiyalash uchun qo’llaniladi.
Asosiy vazifasi: qurilmani boshqarish.
Boshqariluvchi qurilmalardagi dasturiy “vakil” lar ma’lumotlar omborida saqlanuvchi axborotlarni yig’ishadi
Boshqaruvchi DT SNMP buyruqlaridan foydalanib vakillarga qurilma yoki undan o’tayotgan trafik haqida ma’lumot olish uchun so’rov jo’natadi (“GET” yoki “GET NEXT”ga o’xshash).
Qurilma turiga qarab olish mumkin bo’lgan axborot
- Marshrutizatorlar: interfeysni yuklash, CPUni yuklash, yo’naltirish jadvallari va h.k.
- Kommutatorlar: interfeysni yuklash, portdagi xatolar va h.k.
- Serverlar: CPUni yuklash, jarayonlar, xotira, disk maydoni.
Do'stlaringiz bilan baham: |