Nazorat savollari
Oqimlarni boshqarish pog’onalarini tushuntiring?
Dinamik boshqaruvning funksiya va vazifalari.
Tizim boshqaruvida ma’lumot almashinuvini tushuntiring.
5-Ma’ruza: Administrativ boshqaruv tizimi modellari. Administrativ boshqaruv tizimi, tushunchasi. ITU-T, IETF (Internet), IEEE tashkilotlari tomonidan tavsiya etilgan administrativ boshqaruv tamoyillari. Boshqaruv tizimida axborot almashish tamoyillari.
Reja:
1. Ma’muriy boshqaruv tizimlari (MBT). ITU-T, IETF (Internet), IEEE tavsiya qilgan ma’muriy boshqaruv prinsiplari.
2. Boshqaruv tizimida axborot almashlash prinsiplari.
Ma’muriy boshqaruv tizimlari (MBT). ITU-T, IETF (Internet), IEEE tavsiya qilgan Ma’muriy boshqaruv prinsiplari.
Hozirgi vaqtda MBT qurilishining texnologiya va prinsiplari ko’p hollarda turli xalqaro tashkilotlarning ko’psonli standartlariga asoslanadi. Bunda TTT (texnik ta’minlash tizimlari) MBTning asosiy tarkibiy bo’limi sifatida ko’riladi.
Tarmoqlarning ma’muriy boshqaruv standarti va ko’rinishlarini yaratish ishiga ko’maklashuvchi tashkilotlar:
ISO – Internatsional Organization for Stadardization
(Standartlash xalqaro tashkiloti)
ETSI – Europen Telekommunications Standards Institute
(Yevropa Telekommunikatsiyaviy standartlar instituti)
NIST – National Institute of Standards and Technologi
(Standart va texnlogiyalar milliy instituti)
NMF – Network Management Forum
(asosan ta’minlovchi firmalar tashkil topgan tarmoq boshqaruvi bo’yicha Forum)
OSF – Open Software Foundation
(ochiq dasturlash fondi jamg’armasi).
Hozirgi paytda telekommunikatsiyalarni ma’muriy boshqarish prinsiplari bo’yicha rahbariy materiallarning ikki oilasi mavjud:
a) xalqaro standardlar ISO/ITU-T;
b) xalqaro hamjamiyatda boshqaruv sohasida o’zining soddaligi va ancha ilgari tadbiq etilganligini hisobga olgan SNMP protokoliga asoslangan va de-faktor bo’lgan internet standartlari.
OSI/ISO standartlarida ochiq tizimlar o’zaro bog’liqligining etalon modeli ko’rsatilgan.
Tarmoq boshqaruvi bo’yicha ISO standartlari yuqorida ko’rsatilgan hujjatlarni rivojiga (taraqqiyotiga) sabab bo’ladi.
Hozirgi vaqtda ma’muriy boshqaruv va boshqaruv ta’siri uchun ma’lumotlar tizimi tarkibi, boshqaruvchi obyektlarga informatsion modellarni taqdim etish va ularni ishlab chiqishda rahbarlikdan to muayyan holatlarni monitoring va testlashgacha bo’lgan ko’p masalalarni qamrab oladi.
ISO standartlariga u yoki bu sohada X seriyali xalqaro elektraloqa ittifoqi-elektr aloqa standartlashtirish sektori (MSE-T, ingliz tilidagi adabiyotlarda- ITU-T) muvofiq keladi.
Elektraloqa tarmoqlarini boshqarish turli nuqtai nazarlari M seriyali ITU-Tavsiyanomalarida, shulardan M.ЗОЮ(23) tavsiyanomalari eng muhimi deb qayd etilgan. Unda TMN (Telecommunication Management NETWORK) modeli ta’riflangan. M seriyali tavsiyanomalar o’z asosida elektraloqa sohasidagi obyektlarning o’ziga xos xususiyatlarini aniqlashtiradi va X seriyali tavsiyanomalarga, ya’ni ISOning tarmoq bo’yicha boshqaruviga to’liq asoslanadi. Bu yerda tarmoq boshqaruvining sodda protokoliga asoslangan internet boshqaruv tarkibini (Simple network management protocol, SNMP) qayd etish zarur. SNMP so’rov/javob, talab/javob, mijoz/serverga o’xshash protokollardir. SNMP (REG1157) 80-yillarda TCP/IPtarmoqlarini boshqarish va monitoring qilish uchun tadbiq etilgan. SNMPga asoslangan o’z soddaligi va arzonligi bilan “agentlar” tarmoq boshqaruvi elementlari bo’lgan ta’minlovchi-firmalarining ko’pchiligida tadbiq etildilar. Shuning uchun bu protokol xalqaro standart bo’lmasa ham, internet tarmoqlarini boshqarish bo’yicha de-fakto standarti bo’lib qoldi. Ikki oila o’rtasidagi nisbatni quyidagicha izohlash mumkin:
OSI boshqaruv murakkab, tadbiq etishda qimmat, sifatli boshqaruvni ta’minlaydi.
SNMP protokoli, uning versiyalari sodda, tadbiq etishda arzon, boshqaruv sifati kamroq(amalda faqat monitoring).
Do'stlaringiz bilan baham: |