Guruhli chat nima?
|
Guruhli chat — muloqot davomida uch yoki undan ortiq foydalanuvchilar o‘rtasidagi yozishmalar.
|
|
SMM mutaxassisi kim?
|
SMM mutaxassisi — internet tarmog‘ida ijtimoiy media marketingni yurituvchi shaxs.
|
|
CMS ni izohlang.
|
CMS (content management system ) — kontentni boshqaruv tizimidir
|
|
Ijtimoiy media nima?
|
ko‘plab faol foydalanuvchilarga ega internet platforma.
|
|
Brend nima?
|
bir mahsulotning boshqa mahsulotlardan farqlanib turuvchi dizaynga ega belgisi.
|
|
Youtube qanaqa tarmoq?
|
— ko‘plab interfaol foydalanuvchilarga ega videoroliklar platformasi.
|
|
Instagramni izohlang.
|
— foto va videolarni ulashish uchun mo‘ljallangan tarmoq.
|
|
Google deganda nimani tushunasiz?
|
— googol so‘zi lotincha atama bo‘lib, 10 ning 100-darajasi, 100 ta noldan iborat birlik . Brendni ro‘yxatdan o‘tkazish jarayonida xatolik yuzaga kelgan va natijada google nomini olgan.
|
|
Maxfiy chat nima?
|
ikki nafar foydalanuvchining yozishmalari. Muloqot paytida xabarlar maxsus, takomillashtirilgan xavfsizlik protokoli bilan shifrlangan holda faqat ikkita mobil qurilma o‘rtasida aloqa o‘rnatiladi.
|
|
Logotip nima?
|
Logotip — loyiha mavzusiga mos maqsadni ifodalovchi tasvir.
|
|
Xaker kim?
|
Xaker — maxfiy axborotlarni ruxsatsiz olish va ularni virus bilan zararlash maqsadida yopiq axborot tizimlari, ma’lumotlar banki
|
|
Template (shablon) ni izohlang.
|
Template (shablon) — mazmuni (matn, rasm, multimedia va b.) sayt tizimi mexanizmi tomonidan to‘ldiriladigan, o‘ziga xos dizayn va tuzilmaga ega HTML teglar to‘plamidan iborat sahifa.
|
|
CMS platformalar vazifasiga ko‘ra necha turga bo‘linadi?
|
CMS platformalar vazifasiga ko‘ra ikki turga bo‘linadi:
— yuqori ixtisoslashgan. — universal. `
|
BAHOLASH – hakamlar.
4 .DAVOM ETTIR – so’z o’yinini har bir guruh o’z guruhining nomi bilan davom ettiradi. 25 ta so’z-10 minut. BAHOLASH – hakamlar.
RAYXON:
Hazrat Navoiydan boshlangan kuylar,
Mirzo Boburdan ham kechgan har o‘ylar.
Amir Temurdan bu me’ros tuyg‘ular,
Beshta tashabbusda ko‘rinmish bugun.
Barcha ilmlarning sirlarin ochib,
Eng yorug‘ yo‘llarga intilar yoshlar,
Mana Ulug‘beklar, zamonlar oshib,
Beshta tashabbusda ko‘rinmish bugun.
MUNISA:
Beshta tashabbusning beshta ifori,
O‘zbekiston bo‘ylab taralar bugun.
O‘zbek buyuk xalqdir, uning SHavkati,
Shuhrati barchaga rahnamo bugun.
Boqing o‘zbegimning maktablariga,
Boqing har ilmning poydevoriga.
Eng dono, eng oqil farzandlar mana,
Beshta tashabbusdan nur olar bugun.
MUSIQA besh tashabbus haqida!
5.Doskadagi topishmoqlarga javob berish; GUL rasmida;
RAYXON:
Baxtidan mamnundir har bir o‘g‘il qiz,
YOnida tog‘ bo‘lib turar ustozlar.
Ilm daryosiyu, ilm osmonida,
Bu beshta tashabbus yagona bugun.
MUNISA:
Beshta tashabbusga javoblar aytib,
Ma’rifat yo‘lini bo‘ston qilamiz.
Shukronalar qilib buyuk ollohga,
Biz hizmat qilamiz O‘ZBEKISTONGA!
BAHOLASH – hakamlar.
6.Wordda mashq bajarish. СЛАЙД!!!
Yoki 2ta jamoadan 1 ta o’quvchi MS Wordda 2-3 varaqdan iborat matn (taqdimot) tayyorlash Shartlari: A.Navoiy va Z. M. Bobur to`g`risida matn yaratish ,Matn (shirift turi, rangi, o`lchami), rasm, hoshiya.
RAYXON:
Izlan, o‘rgan, dunyoni tani
Barchaning bor go‘zal vatani
Kompyuterni, internetni bil,
Shu el uchun ixtirolar qil!
MUNISA
Kitobni sev, uni asragin,
Do‘st deb bilgin-yodda saqlagin
Kitob nurdir, kitob ziyodir
Qalblar uchun mehrigiyodir!
BAHOLASH – hakamlar.
Musiqa!
Eng hayajonli daqiqalarga yetib keldik. Hozir eng zukko o’quvchilardan iborat jamoani aniqlash uchun so’zni hurmatli hakamlarga bersak. Marhamat!
G’olib jamoani qutlab, Faxriy yorliqlar beriladi.
Shuning bilan informatika fanidan o’tkazilgan tadbirimiz nihoyasiga yetdi .
E’tiboringiz uchun rahmat. Xayr, omon bo’linglar.
Do'stlaringiz bilan baham: |