Uchinchi to‘ldirish esa transport signalizatsiyaga tegishlidir, bunga DVB-N formatida uzatiladigan xizmatlar oqimida mavjud indetsirlovchi 2 ta bit qo‘shilgan, shuningdek IP deytagrammalar (ma’lumotlar paketlari) bazasida realizatsiya qilinadigan qo‘shimcha ximoya kodlarining mavjudligidir.
5 MGs polosasidan bir shart bilan, ya’ni u eshittirilmagan diapazonda belgilanmagan xolda foydalanish imkoniyati to‘rtinchi to‘ldirish bo‘ldi. U DVB-T da foydalanishga qo‘yilgan 6.7 va 8 MGs li polosalarga qo‘shilgan. Uni AQSH dagi L-diapazonida DVB-N tarmoqlari razvertkasida qo‘llash rejalashtirilmoqda.
SHuni ta’kidlab o‘tish kerakki, elektroenergiyani sarfini tejash uchun mobil terminalda vaqtli zichlashtirish prinsipi qo‘llaniladi, bunda foydali axborot kichik vaqt davomida katta tezlik bilan, (masalan, 10Mbit/s), biroq kutish vaqtiga nisbatan juda kichik oraliq vaqtda qabul qilinadi/uzatiladi. DVB-N TV xizmatining sifatli tasvirlanishi uchun raqamli axborotning 250 kbit/s tezligi etarlidir. SHunday qilib qabul qilgichning ish vaqti va o‘chish vaqti munosabati 40 ni ya’ni energiya tejamkorligining 90% ga teng miqdorni tashkil etadi. DVB-N tizimining yutuqlaridan biri TV-eshittirishlar uchun kamquvvatli uzatgichlardan foydalanishdir. Bunda keng masshtabli signallari qabul qilish uchun samarali echim bo‘lib, bir chastotali tarmoq varianti xisoblanadi (6.16 rasm). Bunday tarmoqda bir necha uzatgichlar baland tayanch antenna va o‘ta quvvatli uzatgichlardan zaruratsiz foydalanmasdan etarlicha katta tumanlarda eshittirishni qamrab olgan bitta chastotada ishlaydi. Bir chastotali tarmoqlarning barcha uzatgichlari bir xil signallarni uzatadi va GPS sun’iy yo‘ldoshlar orqali olinadigan aniq vaqt signallari yordamida osongina qattiq sinxronizatsiyalangan bo‘ladi. Qamrab olish zonasini kengaytirish va murakkab sharoitlarda qabul sifatini oshirish uchun qo‘shimcha retranslyatorlar ishlatilishi mumkin. Bunday tipni ba’zida yuqori zichlikka ega bir chastotali tarmoq deb nomlaydilar.
6.16-rasm. DVB-N bir chastotali tarmoq varianti.
Agar DVB-N signallar uchun to‘liq multipleksirlangan oqim zaxiralangan bo‘lsa, tarmoqlarni rejalashtirishda egiluvchanlik birdaniga olib ketadi. Bunday tarmoq bir chastotali tarmoqning bir necha soxasidan tashkil topadi, ularning xar birida shaxsiy chastotali belgilashlar qo‘llaniladi. Bitta SFN sohasining maksimal o‘lchami kodlash tezligi, tarmoqning ximoya intervali va geografik axamiyatlariga bog‘liq, biroq qoida sifatida o‘nlab kilometrlar tartibiga erishadi. Agar SFN sxasi qabul qilish murakkab yoki mumkin bo‘lmagan joyda joylashgan bo‘lsa, unda u erda GPS yordamida sinxronlashgan bir necha uzatgichlar joylashgan bo‘lishi mumkin. DVB-N tarmoqdagi maydonning talab etilayotgan kuchlanishi etarlicha katta. Barcha xalaqit beruvchi chastotalardan shovqinlarning mumkin bo‘lgan quvvati koordinatlangan belgilashlar rejasi parametrlari bilan cheklangan bo‘lsa, sinxronlashgan asosiy uzatgichlarning miqdori ko‘p bo‘lishi, uzatgichlar quvvati va osilma antennalarning balandligi an’anaviy DVB-T er usti raqamli televizion eshittirish tarmoqlarinikiga nisbatan kam bo‘lishi kerak. Bunday tarmoq yuqori zichlik bir chastotali tarmog‘i deb nomlanishi mumkin. Bunday tarmoqning narxi, an’anaviy DVB-T er usti raqamli televizion eshittirishi narxidan qimmat bo‘ladi, biroq 1 ta multipleksirlangan oqimda taklif etilayotgan xizmatlar miqdori xam 10 barobar katta bo‘ladi.
DVB-N tizimi DVB-T bilan bitta chastota spektiridagi xamkorlikdagi ishni tashkil etish imkonini beradi (6.17-rasm).
6.17-rasm DVB-N bilan DVB-T tarmoqlarining birgalikda qo‘llanilishi.
DVB-T uzatgichlarining tarmog‘i DVB-N va DVB-T terminallariga xizmat ko‘rsatadi. Biroq bunda mavjud DVB-T tarmog‘i shunday loyixalashtirilgan bo‘lishi kerakki, toki binolar ichidagi portli qabul qilgichlarga qabul ta’minlansin, ya’ni, u xizmat ko‘rsatish maqsadida binolarning ichida joylashtirilgan portli qabul qilgichlar tomonidan signal qabul qilishga etarli kuchlanish maydonini xosil qilishi kerak. DVB-T uzatgichlari uchun yagona modulyasiya TRS (Transmission Protocol Specific-foydalanayotgan uzatish protokoli uchun maxsus axborot) axborotga DVB-N signallari xizmat bitlari va sota identifikatsiyasi bitlarining qo‘shilganligidir.
Real birgalikdagi foydalanish multipleksirlangan oqim darajasida amalga oshiriladi. DVB-N tizimi DVB-N xizmati axborotlarini uzatishga mo‘ljallanganb multipleksorlangan oqimini talab etilgan qimslarini tanlashda xech qanday cheklashlar qo‘ymaydi. MPE-FEC xatolarining to‘g‘irlash, vaqtni kvantlash va IP ma’lumotlar (MRE) ni kodlash amalga oshiriladigan IP ma’lumotlar (protokollar kelishuvchisi) inkapsulyatori DVB-N ning tarmoqdagi kalit komponenti xisoblanadi.
DVB-T ning ierarxik modulyasiyasini qo‘llash tarmoqdagi birgalikdagi qo‘llashni ta’minlashning boshqa imkoniyati xisoblanadi. Bu xolda DVB-N IP va MREG-2 signallarini uzatish xizmati transport oqimiga mustaqil xolda DVB-T uzatgichlari ajratilgan kirishlariga kiritiladi. DVB-N signallarini uzatish uchun raqamli televideniya dasturlarining oddiy statsionar uzatishlariga mo‘ljallanadigan kichik prioritetli kirish signaliga nisbatan bardoshliligini oshiradigan yuqori prioritetli qism qo‘llaniladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |