Teleeshittirish standartlari dvb-t, dvb-s, dvb-h o’rganish Masalaning qo‘yilishi


DVB-N raqamli mobil televizion eshittirish standarti



Download 0,93 Mb.
bet8/9
Sana09.03.2022
Hajmi0,93 Mb.
#486792
1   2   3   4   5   6   7   8   9
6.5 DVB-N raqamli mobil televizion eshittirish standarti.

DVB-N (Digital Video Braodcast Handheld, DVB “qo‘l boshqaruvida, portativli”) bu 2004 yilning dekabrida Telekommunikatsion standartlar bo‘yicha Evropa Asotsiatsiyasi tomonidan uyali telefonlar yoki poezdlar, avtomobillarda o‘rnatilgan mobil qabul qiluvchi qurilmaga TV dasturlarni ishonchli qabul qilishni ta’minlash maqsadida tasdiqlangan mobil televidenie standarti.


Mobil tedevidenie tizimini qurishga mobil terminallarga qabul qilishning quyidagi shartlarni inobatga olish zarur:

  • Portativli terminallarning kichik gabaritli antennlarga signallarni faqatgina binodan tashqarida emas, balki betonli devorlar ortida xam qabul qilinishini ta’minlash kerak, bu esa eshittiruvchi signal quvvat oqimining zichligini (QOZ) sezilarli darajada oshirishni talab etadi.

  • Avtomabil yoki boshqa transportda o‘rnatilgan terminallarga signallarni qabul qilish uzatilayotgan impulslarning sezilarli dopler buzilishiga olib keladi;

  • Mobil terminallarining quvvat manbalari energiya zaxiralarining chegaralanganligi.

SHunday qilib DVB-H tizimiga quyidagi talablar qo‘yiladi;

  • Mobil terminallarning akkumulyator batareyasi tokining sarflanishini tejamkorligi. Bu masala mobil eshittirishning konsepsiyasini shakllantirishda aniqlovchi xisoblanadi;

  • Xarakat davomida bardoshli mobil qabul qilish, shu qatorda katta tezlikda xam;

  • Signallarning ko‘pnurli tarqalishida, ayniqsa xona sharoitida qabul qila olish imkoniyati;

  • Allaqachon mavjud bo‘lgan DVB-T tarmoqlariga to‘liq moslik.

  • Mobil qabul qiluvchi terminal imkoniyati bilan kelishuv:-kichiklashtirilgan ajratish qobiliyati (320×420 piksel), chunki katta bo‘lmagan ekranda rasmni yaxshi sifatda ko‘rishdan ma’no yo‘q, shuning uchun DVB-T dagiga nisbatan 10-15 marta ko‘proq teledasturlar uzatish mumkin.

SHuning uchun fizik bosqichda DVB-N tizimi DVB-T ga maksimal yaqinlashgan bo‘ladi. DVB-H qabul qilishning konseptual tuzilishi 6.15 rasmda keltirilgan. Orasidagi farq modulyasiyaning 2k va 8k rjimiga qabul qilgichning bitta sotaning qamrab olish radiusidagi xarakatini maksimal tezligini almashtirish xolatida qo‘shimcha erkinlikni ta’minlaydigan 4k rejimining qo‘shilganligidir. Bunda COFDM modulyasiyada ortogonal tashuvchilarning qancha kam miqdori qatnashsa, qo‘shni tashuvchilar orasidagi chastota intervali shunga katta bo‘ladi, albatta, terminal xarakati tezligi xam yuqori bo‘ladi, bunda chastotalarning Dopler aralashuvi tufayli qabul qilish buziladi. Biroq, boshqa tomondan tashuvchilar qancha nom bo‘lsa, xar bir COFDM simvolini uzatish uchun ajratilgan davr shunga qisqa bo‘ladi, albatta ximoya intervali xam qisqa bo‘ladi. Ximoya intervalining qisqarishiga olib keluvchi ko‘pnurli qabul qilishdan xalaqitbardoshlikni tushishiga olib keladi. Asosan statsionar qabul qilishga mo‘ljallangan DVB-T tarmoqlari uchun, qamrab olish zonasi sezilarli darajada muxim omil bo‘lib xisoblanadi. Bu DVB-N tarmoqlariga xam taalluqli, bunda tezlik asosida qabul qilish imkoniyati katta qiymatga ega bo‘ladi, qamrab olish zonasi esa katta me’yorda tyuner kirishidagi signallar o‘lchami bilan chegaralanadi. SHuning uchun o‘zaro kelishilgan variantni tanlash imkonini yaratish uchun 4k modulyasiya rejimi kiritilgan, translyasiya faqat DVB-N qabul qilgichlar orqali olinishi mumkin.

6.15. DVB-N qabul qilgichning konseptual tuzilmasi

SHunday qilib DVB-N modulyasiyaning 3 rejimida ishlashi mumkin:



  • 8k - turli o‘lchamdagi (katta, o‘rta va kichik) 1 ta chastotali tarmoqlarda (SFN) foydalanish uchun va yuqori tezlikdagi qabul qilishda chastota bo‘yicha Dopler siljishini mavjudligiga yo‘l qo‘yadi (ya’ni qabul xarakat davomida amalga oshiriladi).

  • 4k - sezilarli Dopler chastotali siljishlarida kichik va o‘rta o‘lchamli SFN tarmoqlar uchun juda yuqori tezliklarda qabul qilishda ishlatish mumkin.

  • 2k - kichik o‘lchamli SFN tarmoqlar uchun. Xarakat davomidagi eng yuqori tezliklarda ishonchli mobil qabulni kafolatlaydi (ya’ni chastota bo‘yicha juda axamiyatli Dopler siljishlarida)

Fizik bosqichdagi ikkinchi to‘ldiruvchi bo‘lib 4k va 2k rejimlarida ma’lumotlarni chuqur oralatish imkoniyati hisoblanadi. DVB-T kanalli kodlashi bir COFDM simvol ichida ma’lumotlarni oralatishni nazarda tutadi. U asosan ko‘pnurli qabuldagi tashuvchilarning selektiv qotib qolishlarida kompensatsiya qilish uchun mo‘ljallangan. SHu vaqtning o‘zida mobil terminallar katta ehtimollik bilan keng polosali impulsli shovqinlar ta’siri zonasida bo‘lib qolishlari mumkin. SHuningdek, qabul qilish tezligida xuddi shunday signalning buzilishiga olib keladigan chastota spektrining Dopler aralashuvi paydo bo‘ladi. SHuning uchun mobil eshittirish standartlarida COFDM bazasida kanalli kodlash siklidagi uzaytiruvchi xalaqitlarni asoratlari bilan kurashish uchun o‘nlab xattoki yuzlab OFDM simvollarni qamrab olgan uzun ma’lumotlarni seriyasini oralatish kiritilgan. Oralatishda ishtirok etayotgan ma’lumotlar ketma-ketligi qancha uzun bo‘lsa, so‘nish asoratlari bilan kurashish shunchalik samarali bo‘ladi. Biroq DVB-N uchun ayrim sabablarga ko‘ra bunday yondashuv to‘g‘ri kelmaydi:

  • Uzun ketma-ketliklarni tiklash uzluksiz qabulni talab etadi, bu vaqtda energiyani tiklash uchun DVB-N ga uzatishning impulsli rejimi qo‘llaniladi;

  • Uzun ketma-ketliklarni tiklash uchun qabul qilgichni qimmatlashuviga olib keladigan kattan xajmidagi xotira zarur;

  • Uzun ketma - ketliklarning qo‘llanilishi DVB-Tning mos talablariga teskari bo‘lib qoladi.

SHuning uchun DVB-N ga kelishuvli echim tanlangan. Modulyasiyaning DVB-T uchun ancha aktual bo‘lgan 8k rejimi uchun DVB-N ga 1 ta simvol doirasida bitlarni oralatish saqlab qolingan. Xar bir COFDM simvol axborotning kam miqdorini olib o‘tadigan 2k va 4k rejimlarija esa, opsiya sifatida ushbu maqsadlar uchun ajratilgan xotiraning mumkin bo‘lgan xajmini vaqtinchalik oralatish imkoniyati kiritilgan. 4k rejim uchun oralatish 2 COFDM simvolli chuqurlik bilan 2k rejim uchun esa 4 COFDM simvolli chuqurlik bilan amalga oshiriladi. Biroq bu rejimda ishlaganda DVB-T va DVB-N translyasiyalari birgalikda uzatib bo‘lmaydi. DVB-T da qo‘llaniladigan ichki va tashqi kanalli kodlashning qolgan mexanizmlari hech qanday o‘zgarishlarsiz DVB-N ga o‘tkazilgan.

Download 0,93 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish