e-qaror.gov.uz
23.05.2022
111
Урганч шаҳар ҳокимининг
2021 йил 15 ноябрдаги
281-12-180-Q/21-сон қарорига
5-илова
Shahar hokimligi Ijro intizomi nazorati bo‘yicha bosh mutahassisi to‘g‘risida
NIZOM
I. Umumiy qoidalar
Ushbu Nizom “Mahalliy davlat hokimiyati to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi
Qonuniga va O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Mahalliy ijroiya hokimiyati organlari
faoliyatini yanada takomillashtirish to‘g‘risida” 2016-yil 22-dekabrdagi PQ-2691-sonli, 2017-yil
28-noyabrdagi “Mahalliy ijroiya hokimiyati organlarining investitsiyalarni keng jalb qilish va
innovatsiyalarni joriy etish borasidagi faoliyatini takomillashtirish to‘g‘risida”gi PQ-3407-sonli
hamda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 11-apreldagi PQ-2881-sonli
“O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining hujjatlari va topshiriqlari samarali va natijali ijro
etilishi, shuningdek ijro intizomi mustahkamlanishi uchun O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti
Davlat maslahatchilarining, Vazirlar Mahkamasi va uning komplekslari, davlat va xo‘jalik
boshqaruvi organlari hamda barcha darajalardagi hokimliklar va rahbarlarning shaxsiy
javobgarligi to‘g‘risida”gi qarori, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 10-
fevraldagi “Qonunchilik hujjatlari ijrosini samarali tashkil etishda davlat boshqaruvi organlari va
mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari rahbarlarining shaxsiy javobgarligini kuchaytirishga
doir qo‘shimcha choratadbirlar to‘g‘risida”gi PF-6166-son Farmoni, O‘zbekiston Respublikasi
Prezidentining 2021-yil 31-maydagi «Ijro.gov.uz» ijro intizomi idoralararo yagona elektron
tizimi samarali faoliyat ko‘rsatishini ta’minlashga qaratilgan qo‘shimcha chora-tadbirlar
to‘g‘risida”gi PQ-5132-son qarorlariga muvofiq shahar hokimligining Ijro intizomi nazorati
bo‘yicha bosh mutahassisi (keyingi o‘rinlarda Ijro intizomi bo‘yicha bosh mutahassisi deb
yuritiladi) vazifalari, funksiyalari, huquqlari, mas’uliyati hamda faoliyatini tashkil etish tartibini
belgilaydi.
Ijro intizomi bo‘yicha bosh mutahassisi o‘z faoliyatida O‘zbekiston Respublikasi
Konstitutsiyasi, “Mahalliy davlat hokimiyati to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuni va
O‘zbekiston Respublikasining boshqa qonunlari, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi
palatalarining qarorlari, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va
farmoyishlari, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlari va farmoyishlari,
boshqa amaldagi qonun hujjatlariga, xalq deputatlari shahar Kengashi va shahar hokimining
hujjatlariga, shuningdek ushbu Nizomga amal qiladi.
Ijro intizomi bo‘yicha bosh mutahassisi o‘z faoliyatini shahar hokimi rahbarligida amalga
oshiradi. Ijro intizomi bo‘yicha bosh mutahassisi o‘ziga yuklatilgan vazifalar va funksiyalarni
bajarishda shahar hokimining ko‘rsatmasiga asosan O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti
Administratsiyasining tegishli xizmatlari, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi, viloyat
hokimligi shuningdek davlatning boshqa organlari hamda boshqa tashkilotlar bilan o‘zaro
hamkorlik qiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |