e-qaror.gov.uz
23.05.2022
117
O‘zbekiston Respublikasi qonunlari, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining
qarorlari, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari, farmoyishlari va
topshiriqlarining, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlari, farmoyishlari va
topshiriqlarining, shuningdek shahar hokimi topshiriqlarining davlat organlari va boshqa
tashkilotlar tomonidan bajarilishi holatining o‘z vaqtida o‘rganilishi uchun javob beradi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining PQ-5132-son qarori 1- va 2- ilovalariga muvofiq,
Qonunchilik hujjatlari ijrosini samarali tashkil etish va monitoring qilishning ta’sirchan
tizimini yaratish, Prezidentning Oliy Majlisga 2020-yil 29-dekabrdagi Murojaatnomasida,
shuningdek, 2016-2021 yillardagi tarmoq va hududiy rivojlanish dasturlarida belgilangan
maqsadlarga erishishni so‘zsiz ta’minlash bo‘yicha Vazirlar Mahkamasi, davlat boshqaruvi
organlarining shahar bo‘limlari rahbarlari hamda barcha darajalardagi hodimlarning shaxsiy
javobgarligini kuchaytirish.
Davlat organlari va tashkilotlari rahbarlari ijro intizomini mustahkamlashda quyidagi
ustuvor vazifalarga alohida e’tibor qaratishi;
qonunchilik hujjatlari va topshiriqlar loyihalari tayyorlanishi ustidan shaxsiy nazoratni
tashkil etilishi;
qonunchilik hujjatlari va topshiriqlar ijrochilarga tezkor yetkazilishi, mohiyati va ahamiyati
keng jamoatchilik o‘rtasida tushuntirilishi ustidan shaxsiy nazoratni ta’minlash;
qonunchilik hujjatlari va topshiriqlar ijrosi amalda nazorat qilinishini shaxsan tashkil etish;
qonunchilik hujjatlari va topshiriqlarning mohiyati va ahamiyatini tushuntirish maqsadida
OAVda shaxsiy fikr-mulohazalarini bildirish;
qonunchilik hujjatlari va topshiriqlar o‘z vaqtida, to‘liq va natijali ijro etilishi shaxsan
tanqidiy tahlil qilinishini ta’minlaydi.
Ijro nazorati bo‘yicha bevosita rahbarlik qiladi hamda Ijro nazoratiga mazkur Nizomda
belgilangan va yuklatilgan vazifalar hamda funksiyalarning bajarilishi yuzasidan shaxsan javob
beradi;
Vakolatiga kiradigan masalalar bo‘yicha kiritilgan takliflar va hujjatlar loyihalarini ko‘rib
chiqishda davlat prinsiplariga qat’iy rioya qilinishini ta’minlaydi, ularning ekspert jihatidan
ishlab chiqilishini mtashkil qiladi va tayyorlangan hujjatlar loyihalariga viza qo‘yadi. Tegishli
hujjatlar qabul qilingandan keyin ularning bajarilishi yuzasidantizimli nazoratni ta’minlaydi;
Ijro intizomi nazorati bo‘yicha bosh mutahassis yarim yillik ish rejasi loyihasini ishlab
chiqadi va tasdiqlashga kiritadi,
Shahar hokimi yoki uning o‘rinbosari o‘tkazadigan yig‘ilishlarda, shu jumladan har
haftalik apparat yig‘ilishlarida, shuningdek ijro intizomi oid ish yuritish sohasiga kiruvchi
masalalar bo‘yicha o‘tkaziladigan boshqa yig‘ilishlarda qatnashadi;
funksional vazifalarga muvofiq takliflar va hujjatlar loyihalarining sifatli ishlab chiqilishi,
Do'stlaringiz bilan baham: |