Darsda fodalaniladigan texnologiya: An`anaviy ta`lim texnologiyasi, “Klaster” metodi.
Darsda foydalanilgan jihozlar: Tirik o`simliklar, gerbariylar, hayvon, zamburug`lar va tueli o`simliklar aks etgan jadvallar.
Dars vaqt taqsimoti rejasi:
Tashkiliy qism
|
5 daqiqa
|
Uyga vazifani tekshirish va o`tgan mavzuni mustahkamlash.
|
8-10 daqiqa
|
Yangi mavzuni yoritish.
|
10-15 daqiqa
|
O`tilgan mavzuni mustahkamlash.
|
8-10 daqiqa
|
Darsni yakunlash va uygavazifa berish.
|
5 daqiqa
|
Darsning borishi:
Tashkiliy qism
O`tilgan mavzuni takrorlash: O`quvchilarning o`simliklar tuzilishi, ahamiyati haqidagi bilimlarini faollashtirish.
O`quvchilar faolliyatini yangi mavzuni o`rganishga tayyorlash.
Yangi mavzuno o`rganish.
Dars uchun berilgan metod va ko`rgazmali qurollar hamda vositalar yordamida yangi mavzu yoritiladi.
O'simliklar poyasi hayoti davomida bo'yiga o'sgani singari, enigaham o'sadi, yo'g'onlashadi. Bahor kelib, o'simliklarda shira harakati boshlanishi bilan oziq moddalar barcha organlar qatori kambiyga ham yetib boradi. Oziq moddalar va suv bilan ta'minlangan kambiy hujayralari bo'lina boshlaydi. Har bir hujayra uzunasiga ikkiga bo'linadi. Yosh hujayralar o'sib yetilgach, ularning har biri yana ikkiga bo'linadi. Bo'linish, shu tariqa davom etaveradi. Bo'lingan hujayralarning ko'p qismi kambiydan ichki tomonga qarab o'sib, yog'ochlik hujayralariga aylanadi. Qolgan qismi esa kambiydan tashqariga qarab o'sadi va lub hujayralariga aylanadi. Shuning uchun yog'ochlik lubga qaraganda yo'g'on bo'ladi. Bahorda kambiyga suv va oziq moddalar ko'p borganidan uning bo'lingan hujayralari yirik bo'ladi. Yoz kelib, kunlar isishi bilan kambiyga boradigan oziq moddalar va suv kamaya boradi, natijada, bo'linadigan hujayralar maydalashadi. Kuzga bo rib, kambiy hujayralari bo'linishdan to'xtaydi, kelgusi yil bahorida esa yana bo'lina boshlaydi.
Shunday qilib, har yili bahordan kuzgacha yangi yog'ochlik qavat halqasi hosil bo'ladi va u oldingi yillari hosil bo'lgan yog'ochlikni tashqi to mo n dan o'rab oladi.
Shun day qilib, yog'ochlikning bir yil davomida hosil bo'lgan qavati yilik halqa deyiladi. Uni daraxt tanasi ko'ndalangiga kesilganda yoki to'nkasiga qarab aniq ko'rish mumkin. Yillik halqalarning soniga qarab, daraxtlarning nisbiy yoshini aniq-lash mumkin (40- rasm). Lekin hamma daraxtlarning yoshini ham halqalar soniga qarab aniqlab bo'lmaydi. Masalan, sak-sovulning tanasida bir yil davomida bir nechta halqa hosil bo'ladi. Bu halqalar kambiy hujayrasining har bir yomg'irdan keyingi bo'linishidan hosil bo'lgan, degan fikrlar bor.
Demak, halqalarning soniga va enli yoki ensizligiga qarab daraxtlarning yoshini va qanday sharoitda о sganligim amqlash mumkin. Agar yoz quruq kelib, suv va oziq moddalar kam bo'lsa, halqalar ensiz bo'ladi.
Daraxtlar tanasidagi halqalar janubga qaragan tomonida enli, shimolga qaragan tomonida ensiz bo'ladi. Shunga qarab, kompas bo'lmasa ham qutb tomonlarini aniqlash mumkin.
Daraxtlar tabiatiga ko'ra turli yo'g'onlikda tana hosil qiladi. Ularning yo'g'onligi daraxtlarning yoshiga ham bog'liq. O'z-bekistonda chinor 800 yil, archa esa 1 000 yilgacha yashaydi. Ayrim daraxtlarning tanasi tez yo'g'onlashadi. Masalan, tol, terak, chinor, yong'oq, gilos va boshqalar. Lekin tanasi eniga va bo'yiga sekin o'sadigan nok, shamshod, archa kabi o'simliklar ham bor.
O'simliklarning eniga tez va sekin o'sishi kambiy hujay-ralarining faoliyatiga bog'liq.
Yangi mavzuni mustahkamlash.
O`quvchilarni baholash.
Uyga vazifa berish: Mavzuga oid savol topshiriqlarni bajaribkelish va mavzuni o`qib kelish.
5 “A” sinf
|
____ ____ 2014 - yil
|
“Tekshirdim”
O`quv-tarbiyaviy ishlar bo`yicha director o`rinbosari
_______Berdinov N. X. “__” ____ 2014 -yil
|
5 “B sinf
|
____ ____ 2014 -yil
|
5 “V sinf
|
____ ____ 2014 -yil
|
Do'stlaringiz bilan baham: |