Darsda fodalaniladigan texnologiya: An`anaviy ta`lim texnologiyasi, “Klaster” metodi.
Darsda foydalanilgan jihozlar: Tirik o`simliklar, gerbariylar, hayvon, zamburug`lar va tueli o`simliklar aks etgan jadvallar.
Dars vaqt taqsimoti rejasi:
Tashkiliy qism
|
5 daqiqa
|
Uyga vazifani tekshirish va o`tgan mavzuni mustahkamlash.
|
8-10 daqiqa
|
Yangi mavzuni yoritish.
|
10-15 daqiqa
|
O`tilgan mavzuni mustahkamlash.
|
8-10 daqiqa
|
Darsni yakunlash va uygavazifa berish.
|
5 daqiqa
|
Darsning borishi:
Tashkiliy qism
O`tilgan mavzuni takrorlash: O`quvchilarning o`simliklar tuzilishi, ahamiyati haqidagi bilimlarini faollashtirish.
O`quvchilar faolliyatini yangi mavzuni o`rganishga tayyorlash.
Yangi mavzuno o`rganish.
Dars uchun berilgan metod va ko`rgazmali qurollar hamda vositalar yordamida yangi mavzu yoritiladi.
Mazkur darslik, hozirgi davr talabidan kelib chiqib, yangi pedagogik texnologiyalar asosida davlat ta'lim standarti va dasturlariga mos ravishda tayyorlandi.
Yangi «Ta'lim to'g'risida»gi qonunda umumiy o'rta ta'lim o'quvchilariga bilimlarning zarur hajmini berish, mustaqil fikrlash, tashkilotchilik qobiliyati va amaliy tajriba ko'nik-malarini rivojlantirish, dastlabki kasbga yo'naltirish hamda ta'limning navbatdagi bosqichini tanlashga yordam berishi ta'kidlab o'tilgan.
Go'zal tabiatni rang-barang о'simliklar olamisiz tasavvur qilib bo'lmaydi. Yer yuzida o'simliklar turi juda keng tarqalgan. Bu o'simliklarni jazirama cho'llardan tortib, to baland tog'lar cho'qqisigacha bo'lgan turli tuproq va iqlim sharoitida uchratish mumkin. O'zbekistonda tabiiy holda o'sadigan yuksak o'simliklarning 4500, O'rta Osiyoda 8000, Yer yuzida esa 500 000 dan ortiq turi borligi aniqlangan. Tabiatda о'simliklar uchramaydigan joy nihoyatda kam.
O'simliklarning turli sharoitda o'sishi tabiatshunoslik dars-laridan sizga ma'lum. O'zbekistonda yoz oylarida suvsiz, qumli va sho'rxok cho'llarda, hamisha qor va muzliklar bilan qoplanib yotadigan, baland tog'lard a o'sadigan, g'orlar ichkarisida osilib o'sadigan ajoyib о'simliklar haqida eshitgansiz. Tabiatda dengiz, daryo, ko'l va kanallarda, shuningdek, botqoqliklarda o'sadigan o'simliklar ham kam emas. Ular uzoq yillar davomida turli sharoitda o'sishga moslashgan.
Tabiatshunoslik darslarida olgan bilimingiz siz uchun yangi fan — biologiyaning bir bo'limi — botanikani yanada mukammal o'rganishga katta yordam beradi.
Botanika — yunoncha «botane» — ко 'kat, о't о'simlik degan ma'noni bildiradi. Bu fan o'simliklarning paydo bo'lishi, hayoti, tashqi va ichki tuzilishi, rivojlanishi, yer yuzida tarqalishi, tabiat bilan bog'liqligini, ulardan oqilona foydalanish va ularni muhofaza qilish usullarini o'rganadi.
O'simliklarning o'sishi va rivojlanishini mukammal o'rganish madaniy o'simliklarni to'g'ri parvarish qilish va ulardan yuqori hosil olish imkonini beradi.
Ma'lumki, jonli tabiatni o'simliklarsiz tasawur etib bo'l-maydi. Yashil o'simliklar barcha tirik mavjudot uchun hayot manbayi hisoblanadi. Ulardan hayvonlar, qushlar, hasharotlar hamda suvda yashovchi hayvonlar oziq sifatida foydalanadi. O'simliklar havodagi kislorodni boyitadi. Kislorod bilan esa barcha tirik organizmlar nafas oladi. O'simliklar tuproqning unumdorligini oshiradi va uni yemirilishdan saqlaydi.
O'simliklarning odamlar hayotida tutgan o'rni benihoya katta. Ulardan odamlar uchun oziq- ovqat, kiyim-kechak, qurilish materiallari, uy-ro'zg'or buyumlari va boshqa narsalar tay-yorlanadi. Ta'kidlash joizki, so'nggi yillarda, ayniqsa, xalq tabobatida ishlatiladigan dorivor o'simliklarga bo'lgan talab yanada orta boshladi (1-rasm). 2-rasmda keltirilgan o'simliklarning ayrimlari esa bevosita iste'mol qilinadi. Aksariyat o'simlik turlari — shuvoq, yantoq, beda, sebarga, izen, keyreuk, saksovul, javdar kabilar chorva mollari uchun to'yimli ozuqa hisoblanadi (3- rasm).
O'simliklar hayotimiz ko'rki va tabiat go'zalligidir. Hovliga, maktab tajriba dalasi va istirohat bog'lariga ekilgan rang-barang gullar, mevali hamda manzarali o'simliklarni ko'rib bahri di-lingiz ochiladi.
Respublikamizda o'sadigan o'simliklardan oqilona foydala-nish vaularni muhofaza qilishga jiddiy e'tibor berilmoqda. O'z-bekistonda yo'qolish xavfi ostida bo'lgan o'simlik turlari O'z-bekiston Respublikasining «Qizil kitobi»ga kiritilgan (4- rasm). O'zbekistonda Tabiatni muhofaza qilish Davlat qo'mitasi tashkil etilgan. Tabiatni muhofaza qilish, uni asrab-avaylash, boyliklarini ko'paytirish har bir kishining burchidir. Hech shubha yo'qki, maktab o'quvchilari ham bu ishga o'zlarining munosib hissalarini qo'shadilar.
Yangi mavzuni mustahkamlash.
O`quvchilarni baholash.
Uyga vazifa berish: Mavzuga oid savol topshiriqlarni bajaribkelish va mavzuni o`qib kelish.
5 “A” sinf
|
____ ____ 2014 - yil
|
“Tekshirdim”
O`quv-tarbiyaviy ishlar bo`yicha director o`rinbosari
_______Berdinov N. X. “__” ____ 2014 -yil
|
5 “B sinf
|
____ ____ 2014 -yil
|
5 “V sinf
|
____ ____ 2014 -yil
|
Do'stlaringiz bilan baham: |