Tekshirdim” O`quv-tarbiyaviy ishlar bo`yicha director o`rinbosari Berdinov N. X. “ ” 014 -yil “B sinf 2014 -yil “V sinf 2014 -yil Mavzu: Muqaddima Dars maqsadi


Darsda fodalaniladigan texnologiya



Download 0,55 Mb.
bet49/63
Sana29.12.2021
Hajmi0,55 Mb.
#76143
1   ...   45   46   47   48   49   50   51   52   ...   63
Bog'liq
5-sinf Botanika 01

Darsda fodalaniladigan texnologiya: An`anaviy ta`lim texnologiyasi, “Klaster” metodi.

Darsda foydalanilgan jihozlar: Tirik o`simliklar, gerbariylar, hayvon, zamburug`lar va tueli o`simliklar aks etgan jadvallar.

Dars vaqt taqsimoti rejasi:



Tashkiliy qism

5 daqiqa

Uyga vazifani tekshirish va o`tgan mavzuni mustahkamlash.

8-10 daqiqa

Yangi mavzuni yoritish.

10-15 daqiqa

O`tilgan mavzuni mustahkamlash.

8-10 daqiqa

Darsni yakunlash va uygavazifa berish.

5 daqiqa

Darsning borishi:

  1. Tashkiliy qism

  2. O`tilgan mavzuni takrorlash: O`quvchilarning o`simliklar tuzilishi, ahamiyati haqidagi bilimlarini faollashtirish.

  3. O`quvchilar faolliyatini yangi mavzuni o`rganishga tayyorlash.

  4. Yangi mavzuno o`rganish.

Dars uchun berilgan metod va ko`rgazmali qurollar hamda vositalar yordamida yangi mavzu yoritiladi.

Barg — novdaning bir qismi bo'lib, o'simliklarning muhim hayotiy jarayonlar (foto-sintez) asosida organik moddalar hosil qiluvchi, suvni bug'latuvchi va nafas oluvchi asosiy vegetativ organi.

BARGLARNING TASHQI

TUZILISHI

Barg, asosan ikki qismdan: barg yaprog'i va barg bandidan tashkil topgan (45- rasm).

Ayrim o'simliklar barg bandining pastki qismida yon bargchalar

ham bo'ladi. Ba'zi о'simlikl anting bargi bandsiz bo'ladi. Bunday barglar bandsiz barg deyiladi. Barglar poyaga yoki novdaga, odatda, barg bandi bilan birikadi. Bandsiz barglar poyaga yaprog'ining pastki (ostki) qismi bilan birikadi (46- rasm). Bandli barglar tabiatda ko'p tarqalgan. Masalan, olma, o'rik, nok, terak, yong'oq, anjir, tok, bodring, qovun kabi mevali va poliz ekinlari, manzarali o'simliklarning bargi bandli; lola, bosh piyoz, shirach, gulsafsar, bug'doy, makkajo'xori, arpa, sholi kabi o'simlik­larning bargi bandsiz bo'ladi.

Ko'pchilik o'simliklarning bargi va bargchalari aniq ko'rinib turadigan va ko'z bilan ko'rib bo'lmaydigan tomirli bo'ladi. Odatda, ular bargning orqa tomonida yaxshi ko'rinadi. Tomirlar barg bandidan bargga о'tib shoxlanadi. Shu tomirlar tufayli barg mustahkam bo'ladi. O'simlik lar turiga qarab, tomirlar turlicha shox-lanadi. Ular o'simliklarni bir-biridan farq qilishda muhim rol o'ynaydi. Masalan, ikki urug'pallali o'simliklar bilan bir urug'pallali o'simliklarni bir-biridan farq qilishda, asosan, ularning tomiriga e'tibor beriladi. Ikki urug'pallali o'simliklarning bargi, odatda patsimon vapanjasimon (to'rsimon) tomirlangan. Ularni, ayniqsa, terak, chinor, olma, o'rik, nok, tut, g'o'za kabi o'simliklar bargi da yaxshi ko'rish mumkin (47-rasm). Bir urug'pallali o'simliklardan bug'doy, arpa, makkajo'xori, oq jo'xori, g'umay va boshqalar bargining tomiri barglar chetiga parallel yoki yoy-simon joylashgan. Bunday tomirlanish parallel yoki yoysimon tomirlanish deb ataladi (48- rasm).

Poyadan kelayotgan suv va unda erigan oziq moddalar tomirlar bo'ylab barglarga keladi va barglarda hosil bo'lgan fotosintez natijasida hosil bo'lgan or-ganik moddalar poyaga o'tadi.

O'simliklar bargi orqali nafas oladi va bunda suvni bug'latadi. Barglarda fotosintez jarayonida organik moddalar hosil bo'ladi.
ODDIY VA MURAKKAB BARGLAR. BARGLARNING SHAKLLARI
O'simliklarning barglari tuzilishiga ko'ra oddiy va murakkab bo'ladi. Barg bandida bitta barg joylashsa, bunday barg oddiy barg deyiladi. Bularga olma, nok, o'rik, shaftoli, tut, tok, g'o'za, terak, rovoch, yantoq kabilarning bargi kiradi (49-rasm). Bitta barg bandida bir nechta bargchalar bandchalari orqali joylashgan bo'lsa, bun-day barglar murakkab barg deyiladi (50- rasm). Murakkab bargli o'simliklarga shirinmiya, beda, soxta kashtan, yong'oq, na'matak, qulupnay, loviya, no'xat, yeryong'oq kabilar kiradi.

Barglar yaprog'ining shak-liga qarab yumaloq, panjasi-mon, tuxumsimon, ovalsi-mon, yuraksimon, nashtarsi-mon, qalami, rombsimon, uchburchaksimon va boshqa shakllarda bo'ladi (51- rasm). Barglar yaprog'ining qirrasi (cheti) tekis, tishli, ikki karra tishli, arrasimon va o'yilgan bo'lishi mumkin. Barglar o'simliklarning turiga qarab tukli va tuksiz bo'ladi. Ko'p-chilik o'simliklar barginingor-qa tomonida tuki bo'ladi.

Oddiy barglar yaprog'ining tuzilishiga ko'ra patsimon, pan-jasimon va uch bo'lakli bo'ladi (52- rasm).

Murakkab barglar uch barg-chali panjasimon, toq va juft patsimon barglarga bo'linadi.

Uchta bargchali murakkab bargga — sebarga, beda, lo-viya, mosh; panjasimon barg-chaliga esa soxta kashtan barg­lar i kiradi.

Bargchalar umumiy barg ban dining oxirigacha qarama-qarshi joylashgan bo'lsa, bunday barglar juft patsimon barg deyiladi (yeryong'oqda). Agar umumiy barg bandining uchi bitta barg bilan tugasa, bunday barglar toq patsimon barg deyiladi (shirinmiyada). Ba'zan toq bargchalar o'rnida gajaklar hosil bo'ladi (no'xat va burchoqda).

Murakkab barglar, o'z nav-batida yana bo'laklarga bo'linib, ikki yoki uch karra bo'lingan patsimon barglar hosil qiladi. Masalan, totim, shoyi akatsiya va boshqalarda (53- rasm).



Barglar o'simliklarning turiga qarab har xil shaklda bo'ladi. Saksovul kabi ayrim o'simliklarning bargi juda maydalashib, qipiq shakliga kelib qolgan bo'ladi. Uning bandi ham bo'lmay, uzunligi 2 mm dan oshmaydi. Aksincha, rovoch, ojud, kavrak kabi o'simliklarning bargi uzun — 50—70 sm dan 1 metrgacha yetadi. Barglar yaproqlarining shakliga qarab juda xilma-xil bo'ladi. O'simliklar qaysi tur, turkum yoki oilaga mansubligini aniqlashda barglarning shaklidan keng foydalaniladi. Masalan, olma, o'rik, gilosning barglari yaxlit; tok, g'o'za, tut, anjirning barglari o'yilgan bo'ladi.

Qoqidoshlar (murakkabguldoshlar) va ziradoshlar (soyabon-guldoshlar) oilalari ko'pchilik vakillarining ildiz bo'g'izida joylashgan barglar, ya'ni to'pbarglar nihoyatda yirik bo'ladi. Bunday barglarning yaprog'i va bandi 50—60 sm va undan ham uzun bo'ladi.

Xulosa qilib aytganda, barglar oddiy va murakkab, shakli jihatidan esa turlicha bo'ladi.

  1. Yangi mavzuni mustahkamlash.

  2. O`quvchilarni baholash.

  3. Uyga vazifa berish: Mavzuga oid savol topshiriqlarni bajaribkelish va mavzuni o`qib kelish.

5 “A” sinf

____ ____ 2014 - yil

Tekshirdim”

O`quv-tarbiyaviy ishlar bo`yicha director o`rinbosari

_______Berdinov N. X. “__” ____ 2014 -yil

5 “B sinf

____ ____ 2014 -yil

5 “V sinf

____ ____ 2014 -yil

Mavzu: BARGLARNING ICHKI TUZILISHI


Download 0,55 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   45   46   47   48   49   50   51   52   ...   63




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish