Darsda fodalaniladigan texnologiya: An`anaviy ta`lim texnologiyasi, “Klaster” metodi.
Darsda foydalanilgan jihozlar: Tirik o`simliklar, gerbariylar, hayvon, zamburug`lar va tueli o`simliklar aks etgan jadvallar.
Dars vaqt taqsimoti rejasi:
Tashkiliy qism
|
5 daqiqa
|
Uyga vazifani tekshirish va o`tgan mavzuni mustahkamlash.
|
8-10 daqiqa
|
Yangi mavzuni yoritish.
|
10-15 daqiqa
|
O`tilgan mavzuni mustahkamlash.
|
8-10 daqiqa
|
Darsni yakunlash va uygavazifa berish.
|
5 daqiqa
|
Darsning borishi:
Tashkiliy qism
O`tilgan mavzuni takrorlash: O`quvchilarning o`simliklar tuzilishi, ahamiyati haqidagi bilimlarini faollashtirish.
O`quvchilar faolliyatini yangi mavzuni o`rganishga tayyorlash.
Yangi mavzuno o`rganish.
Dars uchun berilgan metod va ko`rgazmali qurollar hamda vositalar yordamida yangi mavzu yoritiladi.
O'simliklarning turiga qarab ildizning yuzasi oqish, qoramtir, sarg'ish rangli po'stloq bilan qoplangan bo'ladi. Po'stloqning usti esa lupada yaxshi ko'rinadigan ildiz tukchalari bilan qoplangan. Ma'lumotlarga ko'ra, bir tup o'simlik ildizining tukchalari bir-biriga ulab chiqilsa, uzunligi 20 km gacha yetishi mumkin.
Ildizning ichki qismi ancha murakkab tuzilgan. Uni mikros-kopda ko'rish uchun maxsus preparat tayyorlanadi. Buning uchun ildiz bo'laklaridan ko'ndalangiga yupqa parrak kesib olinib, buyum oynasidagi suv tomchisiga yoki glitseringa qo'yiladi.
So'ngra unga rang beriladi va ustiga qoplagich oyna yopib qo'yiladi. Mikroskopda ildizning sirtqi qismi hujayralardan tuzilganligini va shu hujayralarning ayrimlaridan ildiz tukchalari chiqqanligini ко'rish mumkin (29- rasm).
Har bir ildiz tukchasi bitta uzun hujayradan tashkil topgan. Bu hujayra esa yupqa qobiq, sitoplazma va yirik mag'izdan tashkil topgan. Ildiz ana shu tukchalari orqali tuproqdan suv va unda erigan oziq moddalarni shimib oladi. Ildiz tukchalarining faoliyati 10-20 kun davom etadi. Keyin
ildizning uchidagi bo'linuvchi qismidan yangi ildiz tukchalari o'sib chiqadi. Bu jarayon o'simliklardauzluksiz davom etadi. Natijada ildiz
tukchalari tuproqning ichkari qatlamlariga kirib boradi va o'simlikni kerakli oziq bilan ta'minlab turadi.
Ildizning po'sti o'ziga xos hujayralar dan tashkil top-gan. Po'st hujayralari tirik, yumaloq va yupqa qobiqli bo'ladi. Hujayralar o'rtasida havo bilan to'lgan oraliq bo'shliqlari bo'lib, ildizdagi hujayralar ana shu havo bilan nafas oladi. Ko'nda-langiga kesilgan ildizning o'rta qismida qalin devorli yirik teshikchalar ko'ri-nadi. Bu teshikchalar о'rta (markaziy) qismdagi naychalardan iborat (30-rasm).
Agar yosh ildiz uzunasiga kesib qaral-sa, naychalar juda uzun hujayralardan tashkil topganligini ko'rish mumkin. Vaqt о'tishi bilan hujayralar qobig 'i qalinlashadi va ulardagi sitoplazma bilan mag'iz nobud bo'ladi, hujayralar ora-sidagi to'siqlar yo'qoladi. Natijada ketma-ket joylashgan bun day hujay-ralarning bir nechtasidan uzun naychalar paydo bo'ladi. Tuproqdan so'rib olingan suv va unda erigan oziq moddalar shu naychalar orqali yuqoriga, ya'ni ildizdan poya, shox va barglargacha ko'tariladi. Bundan tashqari, yosh ildiz uzunasiga kesib qaralsa, unda bir- biridan aniq farq qiladigan to'rtta qismni ко'rish mumkin (31- rasm). Ildizning uchini ildiz qinchasi о'rab turadi.
Yangi mavzuni mustahkamlash.
O`quvchilarni baholash.
Uyga vazifa berish: Mavzuga oid savol topshiriqlarni bajaribkelish va mavzuni o`qib kelish.
5 “A” sinf
|
____ ____ 2014 - yil
|
“Tekshirdim”
O`quv-tarbiyaviy ishlar bo`yicha director o`rinbosari
_______Berdinov N. X. “__” ____ 2014 -yil
|
5 “B sinf
|
____ ____ 2014 -yil
|
5 “V sinf
|
____ ____ 2014 -yil
|
Do'stlaringiz bilan baham: |