Tekshirdim” O`quv-tarbiyaviy ishlar bo`yicha director o`rinbosari Berdinov N. X. “ ” 014 -yil “B sinf 2014 -yil “V sinf 2014 -yil Mavzu: Muqaddima Dars maqsadi



Download 0,55 Mb.
bet22/63
Sana29.12.2021
Hajmi0,55 Mb.
#76143
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   63
Bog'liq
5-sinf Botanika 01

Darsning borishi:

  1. Tashkiliy qism

  2. O`tilgan mavzuni takrorlash: O`quvchilarning o`simliklar tuzilishi, ahamiyati haqidagi bilimlarini faollashtirish.

  3. O`quvchilar faolliyatini yangi mavzuni o`rganishga tayyorlash.

  4. Yangi mavzuno o`rganish.

Dars uchun berilgan metod va ko`rgazmali qurollar hamda vositalar yordamida yangi mavzu yoritiladi.

О'simliklarda bir yoki bir nechta vazifani bajaruvchi uning bir qismiga organ deyiladi. Organlar to'qimalardan tuzilgan bo'ladi.

Gulli o'simliklarning organlari vegetativ va generativ organ­larga bo'linadi.

Vegetativ organlarga ildiz, poya va barg, generativ organlarga esa gul, meva va urug'lar kiradi.

O'simlik organlari birgalikda yagona organizmni tashkil etadi.

ILDIZ

Ildiz — o'simlikning poya yoki tanasini yerga birlashtirib, tuproqdagi suv va unda erigan oziq moddalarni shimib oladigan va ularni o'simlikning yer usti qismiga yetkazib beradigan organi. Ildizga xos muhim xususiyatlardan biri shuki, u barg hosil qilmaydi.

Ko'pchilik o'simliklarning ildizida oziq moddalar to'planadi. Ba'zi o'simliklarning ildizi esa vegeta-tiv ko'payish organi hisoblanadi. О'simliklar yaxshi o'sishi va rivojlanishi, daraxt va butalar yirik, baquvvat shox-shabba hosil qilib, uzoq yashashi ko'p jihatdan ildizga bog'liq.

Ildizlar shakli va o'lchami jihatidan bir- biridan keskin farq qiladi. O'simliklarning turiga, tuproq- iqlim sharoitiga qarab ildizlar kalta, uzun, ingichka yoki yo'g'on, yassi yoki yumaloq va boshqa shakllarda bo'ladi.

Ay rim daraxtlarning ildizi 50—60 m gacha yetishi mumkin. Masalan, yong'oqning yon ildizlari atrofga 20—30 m gacha taraladi. Qumda o'sadigan juzg'unning ildizlari juda uzun va ingichka bo'lib, asosan yon tomonga qarab o'sadi. Yantoq ildizi, aksincha, pastga tomon о'sib, 30 m gacha chuqur kirib boradi.

Ildizlar, odatda, asosiy, yon va qo'shimcha ildizlarga bo'linadi. Murtakdagi boshlang'ich ildizning bevosita o'sishidan asosiy ildiz hosil bo'ladi. Asosiy ildiz shoxlanib yon ildizlar hosil qiladi.

Bir tup o'simlikdagi asosiy, yon va qo'shimcha ildizlar yig'indisi ildiz tizimi (sistemasi) deyiladi. Ildiz tizimining o'lchami va tuzilishi o'simliklar turiga, ildizining shoxla-nishiga, qo'shimcha ildizlarga hamda tuproq unumdorligiga bog'liq. Ildiz tizimi tuzilishiga ko'ra: o'q ildiz va popuk ildizga bo'linadi (26- rasm). Murtakdagi boshlang'ich ildiz rivojlanishi jarayonida o'sishda davom etsa, undan o'q ildiz tizimi hosil bo'ladi. Bunday moslashish ko'pchilik ikki urug 'pallali o'simliklarga xos.

O'q ildiz tizimi uzun va yo'g'onroq bo'lib, undan yon ildizlar o'sib chiqadi. Bu ildiz tizimi ikki urug'pallali o'sim­liklarga xos bo'lib, uni do'lana, na'-matak, saksovul va madaniy o'simliklar (olma, o'rik, nok, qovun, tarvuz, g'o'-za, no'xat, loviya, mosh va terak ka-bilar) misolida ko'rish mumkin.

Endi ikki urug'pallali o'simliklarga mansub g'o'zaning ildiz tizimi bilan tanishamiz. Chigitning murtakdagi ildizchasidan dastlab asosiy ildiz o'sib chiqadi. Oradan ko'p o'tmay, undan ko'plab yon ildizlar o'sib chiqa boshlaydi. O'z navbatida, yon ildizlardan yanada maydaroq yon ildizchalar rivojlanadi. Natijada asosiy va yon ildizlar o'sib va ko'payib ildiz tizimini hosil qiladi. Ildizlar orasida uning yo'g'on va uzun, yerga tik kirib boradigan qismi ajralib turadi.

Ay rim asosiy ildizlar da oziq moddalar to'planadi. Masai an, qizil lavlagi, sabzi, rediska, turp, sholg'om va boshqalarda. Bu ildizlar ovqatga ishlatilganligi uchun ular ildizmevalar deyiladi (27- rasm). Agar murtakdagi boshlang'ich ildiz o'sishda davom etmasa, u holda boshlang'ich poyada qo'shimcha ildizlar hosil bo'ladi. Bu popuk ildiz tizimini hosil qiluvchi bir urug'pallali o'simliklarga xos.

Popuk ildiz tizimi bir-biriga o'xshash bo'lgan bir to'da mayda ildizlardan tash-kil topadi. Uning asosiy ildizi yaxshi rivojlanmaydi. Bunday ildizlar bir urug'pallali o'simliklarga xos.

Bir urug'pallalilardan bug'doyning ildiz tizimi tuzilishini ко'rib chiqamiz. Bug'doyning murtakdagi ildizchasidan dastlab asosiy ildiz rivojlanadi va oradan ko'p o'tmay u nobud bo'ladi. Shun dan keyin murtakdagi poyacha asosidan bir to'da mayda, bir-biriga o'xshash qo'shimcha ildizlar o'sib chiqadi.



Poyaning yerga yaqin qismidan yoki yerga tegib turgan joyidan o'sib chiqa-digan ildizlari qo'shimcha ildiz tizimi deyiladi. Bunga makkajo'xori, kar-toshka, ajriq, qulupnay kabilarning il­dizlari misol bo'ladi (28- rasm).

  1. Demak, ildizlar tuzilishiga ko'ra, aso-siy, yon va qo'shimcha ildizlarga bo'linadi. Shuningdek, o'q va popuk ildiz tizimlari ajratiladi. Yangi mavzuni mustahkamlash.

  2. O`quvchilarni baholash.

  3. Uyga vazifa berish: Mavzuga oid savol topshiriqlarni bajaribkelish va mavzuni o`qib kelish.

5 “A” sinf

____ ____ 2014 - yil

Tekshirdim”

O`quv-tarbiyaviy ishlar bo`yicha director o`rinbosari

_______Berdinov N. X. “__” ____ 2014 -yil

5 “B sinf

____ ____ 2014 -yil

5 “V sinf

____ ____ 2014 -yil


Download 0,55 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   63




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish