Tekshirdi: Umurzaqova A. O



Download 174 Kb.
bet3/3
Sana30.03.2022
Hajmi174 Kb.
#517819
1   2   3
Bog'liq
Kurs ishhi

Pul islohotlari - milliy valyutani mustahkamlash, pul birligini barqarorlashtirish va pul muomalasini tartibga solish maqsadida davlat tomonidan mamlakat pul tizimini toʻliq yoki qisman qayta tashkil etish. Pul islohotlari qogʻoz pul belgilarining hammasi yoki bir qismi qadrsizlanganda va ularning hajmi koʻpayib, yangisi (qogʻoz yoki metall) bilan almashtirish lozim boʻlganda, pulning oltin qiymati yoki valyuta kursi oʻzgarganda, pul tizimiga oʻzgartish kiritish zarur boʻlganda oʻtkaziladi. Pul islohotlari mamlakatdagi iqtisodiy holatga, pulning qadr-sizlanish darajasiga va davlatning siyosatiga bogʻliq holda turli usullar-da: ortiqcha qogʻoz pullarni yoʻq qilish yoʻli bilan pul hajmini kamaytirish (deflyasiya); eski pul belgilarini yoʻq qilib, yangi qogʻoz pul belgilarini zarur miqdorda chikarish (nullifikatsiya); eski pul belgilarini yirikroq yangi pul belgilariga almashtirish (denominatsiya); pul birligi yoki qogʻoz pul birligi kursining metall qiymati va chet el valyutasiga nisbatan kursini pasaytirish (devalvatsiya); pul birligidagi metall qiymati yoki qogʻoz pul kursini tashki davlatlar valyutasiga nisbatan oshirish (revalvatsiya) va boshqa shakllarda amalga oshiriladi.
Pul islohotlari – bu mamlakatdagi pul muomalasini tartibga solish va kuchaytirish maqsadida davlat tomonidan mavjud pul tizimini to`liq yoki qisman o`zgartirishlarini amalga oshirishdir. Mamlakatning iqtisodiy rivojlangan holati, pullarning ta`minlanganligi darajasiga asosan pul islohotlarining reval`vatsiya, deval`vatsiya va denominatsiya usullaridan foydalaniladi. Iqtisodiyoti rivojlangan davlatlardan Germaniya Federativ Respublikasi, Isroil va boshqalarda reval`vatsiya usulidan foydalanildi. Reval`vatsiya o`z mohiyatiga asosan milliy pul birligini xorijiy valyutaga nisbatan kursini ko`tarib qo`yishdan iborat. Pul islohotining ikkinchi usuli bo`lib deval`vatsiya hisoblanadi.
Sobiq Ittifoq (Rossiya)da 1922—23 yillarda eski 1 mln. rubl yangi 1 rublga, Germaniyada Birinchi jahon urushi va undan soʻnggi davrlarda pulning haddan tashqari qadrsizlanishi natijasida 1924 yilgi Pul islohotlari davrida yangi 1 marka eski 1 trln. markaga, Gretsiyada 1944- yil noyabrda
50 mlrd. draxma yangi 1 draxmaga almashtirilgan edi. Ikkinchi jahon urushi yakunlanishi arafasida va undan keyin bir qator xorijiy davlatlarda Pul islohotlari (Belgiya — 1944 yil, Fransiya, Daniya, Gollandiya va Norvegiya — 1945 yil, Yaponiya — 1946 yil, Avstriya — 1947 yil) amalga oshirildi.
Hozirgi Markaziy Osiyo hududlarida muxim Pul islohotlari Amir Temur hukmronlik qilgan davrdan boshlangan. Uning tashabbusi bilan oʻsha davrgacha muomalada boʻlgan mayda mis tangalar oʻrniga sifat va hajm jihatdan bir necha marta ortiq boʻlgan, yirik qiymatga ega oltin va kumush tangalar zarb etila boshlagan. Amir Temur tasarrufida bir necha zarbxonalar boʻlganligi va ularda zarb etilgan tangalar Yevropada ham mashhur boʻlganligi haqida koʻp maʼlumotlar bor. Birgina Gʻarbiy Eron va Ozarbayjonda Amir Temurning nomi bitilgan 120 turdan ortiq oltin va kumush tangalar muomalaga kiritilgan. Mirzo Ulugʻbek tomonidan 1428 yil amalga oshirilgan Pul islohotlarida ilgari zarb etilgan mis tangalarning muomalada boʻlishi taqiqlangan. Bir qator shaharlarda — Buxoro, Samarqand, Toshkent, Shohruxiya, Andijon, Qarshi va Ter-mizda yangi tangalar zarb etila boshlagan. Eski tangalarni yangi tangalarga almashtirish tugallangandan keyin, fakat Buxorodagi zarbxona faoliyati saklab qolinib, qolganlari yopilgan.
Shayboniylar davrida ham tangalar zarb kilishda yangilik kiritilgan. Ol-dingi xukmdorlar tomonidan zarb etilgan tangalardagi yozuvlar ustiga yangi tamgʻalar zarb qilinib, muomalaga chiqarilgan. Bu davrda, asosan, dinor nomi bilan yuritilgan juda koʻp miqdordagi mis tangalar va vazni 3 g boʻlgan kumush tangalar muomalada boʻlgan.
19-asrning boshlaridan Buxoro amirligida vazni 4,5 g lik "tillo" nomi (oltin) bilan tangalar zarb etilgan. Kumushdan ishlangan tanga deb ataluvchi pul birliklari 1920 yilga qadar muomalada yurgan. Buxoro amirligida 1918 yildan boshlab muomalaga nominali 20, 60, 100, 200, 300, 500, 1000, 2000, 3000, 5000 va 10000 tangalik qogʻoz pullar chiqarilgan. 1921 yilda Buxoro Xalq banki muomalaga yangi, nominali rublda koʻrsatilgan qogʻoz pullarni chiqara boshladi. Bu pullar 3000, 10000 va 20000 rubl nominaliga ega boʻlgan. 1922 yilda Buxoro Xalq banki tomonidan denominatsiya amalga oshirilib, pulning nominali yuzlab marta kamay-tirilgan va 1, 5, 10, 25, 100 rubllik yangi pullar muomalaga chiqarildi. Ammo koʻp oʻtmasdan, kuchli inflyasiya natijasida past nominaldagi pul belgilari bozor ehtiyojlarini qondira olmadi va 1000, 2500, 5000 rubllik pullar bosib chiqarildi. 1920—21 yillarda Xorazm Sovet Xalq Respubli-kasi (XSXR) tomonidan muomalaga 250, 500, 750, 1000, 2000, 5000 va 10000 rubl nominalida ipakdan qoʻlda toʻqilgan maxsus pul belgilari chikarilgan. Ushbu pullar XSXR tugatilganga qadar, yaʼni 1924 yilgacha muomalada boʻlgan. Yuqori inflyasiya natijasida 1922 — 23 yillarda XSXR tomonidan denominatsiya amalga oshirilib, eski pullarning ustiga ularning yangi no-minalini koʻrsatuvchi tamgalar bosilgan. 1921—22 va undan keyingi yillarda Pul islohotlarini oʻtkazishga qaratilgan qator tadbirlar Turkiston ASSRda amalga oshirildi. 1923—24 yillarda Buxoro va Xorazm Xalq Respublikalarining pul belgilari RSFSR pul belgilari (rubl chervon) bilan almashtiriddi. Fuqarolar urushi davrida Turkiston frontlar halqasi ichida qolganda Toshkentda Turkiston ASSRning puli — turkbonlar chiqarilgan. Keyinchalik 1921 yil 1 yanvardan boshlab Turkistonda 3 oy davomida Pul islohotlari oʻtkazilib, turkbon RSFSR pul birligiga 10:1 nisbatda almashtirildi. 1947 yilda sobiqSSSRda Pul islohotlari oʻtkazildi, mahsulotlarni taqsimlashda kartochka tizimi tugatildi va davlat kooperativ chakana savdosi nar-xida yagona tartib oʻrnatildi. Muomaladagi hamma pul belgilari 10:1 nisbatda yangi pul belgilariga almashtirildi. 1950 yilga kelib oltin tovar za-xirasining koʻpayishi, chet el valyutasiga nisbatan pul kursining oshishi, narxlar masshtabi oʻzgarishi 1961 yilda muomaladagi pul belgilarini 10:1 nisbatda yangi pul belgilariga almashtirilishiga olib keldi.
Oʻzbekiston Davlat mustaqilligiga erishgach, Rossiya oʻz milliy valyutasini chiqargunga qadar boshqa sobiq It-tifoq respublikalari singari vaqtincha rubl zonasida qoldi va mamlakatda amalda boʻlgan iqtisodiy shart-sharoitlarni hisobga olib, oʻz milliy valyutasini muomalaga kiritishni ikki bosqichda amalga oshirdi. Bi-rinchi bosqich: 1993 yilning 15 noyabrdan ish haqi, pensiya, stipendiya, nafaqa va aholi daromadlarining oʻz vaqtida toʻlanishini, respublika ichki isteʼmol bozorini taʼminlash maqsadida Oʻzbekiston Respublikasi hududida toʻlov vositasi sifatida 1961—1992 yillardagi rubl banknotlari va Rossiya bankining 1993 yildagi rubli bilan parallel ravishda 1:1 nisbatda oraliq valyuta sifatida "soʻmkupon" muomalaga kiritildi. Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki muomalaga qiymati 1, 3, 5, 10, 25, 50, 100, 200, 500, 1000, 5000, 10000 soʻmkupon qogʻoz pullarni chiqardi. Ikkinchi bosqich: 1994 yil 1 iyulidan boshlab Oʻzbekiston Respublikasining milliy valyutasi soʻm 1 soʻm = 1000 soʻmkupon nisbati bilan muomalaga kiritildi. Markaziy bank muomalaga qiymati 1, 3, 5, 10, 25, 50, 100 soʻm boʻlgan bank qogʻoz pullari (banknotlar) va 1, 3, 5, 10, 20, 50 tiyin boʻlgan metall tangalar chiqardi.
Oʻzbekiston Respublikasi oʻz milliy valyutasini muomalaga kiritishi, ikki bosqichli bank tizimi va mustaqil pul tizimi tashkil etilishi pul-kredit siyosatinp erkin yuritish imkonini berdi. Hisob-kitoblarni yengillashtirish maqsadida 1997 yildan boshlab muomalaga 200 soʻmlik, 1999 yildan 500 soʻmlik va 2001-yildan 1000 soʻmlik bank qogʻoz pullari (banknotalar) muomalaga chiqarildi.
Fayzulla Mullajonov.1
Pul islohoti - pul muomalasini barqarorlashtirish maqsadida davlat tomonidan pul tizimini o‘zgartirishga aytiladi. Pul islohoti metall pul muomalasi davrida, II Jahon urushidan keyin oltin deviz, oltin dollar muomalasi davrida o‘tkazildi.
Respublikada milliy valyutani mustahkamlash ishida so’mning harid quvvatini oshirib borish va uning barqarorligini ta’minlash asosiy vazifa hisoblanadi. Bunga bozorni raqobatdosh mahsulotlar bilan to’ldirish va zarur ehtiyojlar hosil qilish orqali erishiladi. Bozorni iste’mol mollari bilan to’ldirishda milliy ishlab chiqarishni imkoni boricha kengaytirib boorish hal qiluvchi ahamiyatga ega. Chunki shu orqali iste’mol mollari sotishning umumiy hajmida milliy mahsulotlar hissasi oshib boradi. Bu yerda shuni ta’kidlab o’tish zarurki, milliy ishlab chiqarishni kengaytirish orqali so’mning barqarorligini ta’minlash chetdan mahsulot keltirishni inkor qilmaydi. Aholini sifatli chet el mollari bilan ta’minlash maqsadida import ham rag’batlantirib boriladi.
So’mning barqaror amal qilishi, uning har qanday valyutaga erkin almashilishi yetarli valyuta zaxirasi bo’lishiga bog’liq. Unga erishishda korxonalar va barcha sub’yekylarning, jahon bozoriga raqobatga bardosh beradigan mahsulot ishlab chiqarishi uchun zarur bo’lgan rag’batlantiruvchi omillarni vujudga keltirish alohida ahamiyatga ega.
So’mning barqarorligini ta’minlashda undan oqilona va tejab tergab foydalanish, ishlab chiqarishga sarflangan mablag’larning eng ko’p samara berishiga, olingan kreditlarning o’z vaqtida qaytarilishiga erishish muhim o’rin tutadi. Inflyatsiyaga qarshi aniq o’ylangan siyosat o’tkazish milliy valyutani mustahkamlashning muhim shartlaridan biridir. Bu siyosat eng avvalo inflyatsiya darajasini keskin kamaytirishga qaratilishi lozim. Bunda pulning qadrsizlanish darajasi ustidan qat’iy nazorat o’rnatish hamda unga qarshi samarali tadbirlar qo’llash hal qiluvchi ahamiyatga ega bo’ladi. Shu orqali pulning qadrsizlanishida maqbul sur’atni tanlashga erishiladi.
Pul-kredit siyosatini shakllantirish jarayonida bir vaqtning o‘zida ikkita bir-biriga qarama qarshi vazifani xal qilishga to‘g‘ri keladi. Bir tomondan, muomaladagi pul massasining o‘zgarishini mumkin qadar moslashuvchan qilish, xo‘jalik konyukturasi (holati)dagi har qanday o‘zgarishlarga tezkor munosabat bildira olish, o‘sib borayotgan amaliy faollikni qo‘llab-quvvtlash bo‘lsa, ikkinchi tomondan – muomaladagi pul massasining ko‘payishini ma’lum darajada cheklash hamda muomalaga ortiqcha bo‘lgan to‘lov vositalari massasining tushushiga yo‘l qo‘ymaslik.
YUqoridagi maqsadlarga etishish uchun pul-kredit siyosatida quyidagi usullar qo‘llaniladi:

  • bevosita (ma’muriy usul);

  • bilvosita (iqtisodiy usul).

Bevosita (ma’muriy) usullarga Markaziy banklar faoliyatining miqdor va sifat ko‘rsatkichlariga nisbatan belgilaydigan bevosita cheklovlar yoki taqiqlar kiradi. Ma’muriy ta’sir ko‘rsatish choralarini qo‘llashda ko‘pincha quyidagi vositalar qo‘llaniladi:

  • turli toifadagi qarzlarni berishning va kredit resurslari jalb qilishning eng yuqori miqdorlarini joriy qilish;

  • tijorat banklarining filiallar va bo‘limlar ochishini cheklash;

  • vositachilik haqining, xar xil xizmatlar ko‘rsatganligi uchun ta’riflarni, foiz stavkalarining miqdorlarini chegaralash;

  • operatsiyalarning, shuningdek ta’minotning ayrim turlarini, ba’zi xil operatsiyalarni amalga oshirishga ruxsat berilgan banklar ro‘yxatini belgilash.

Bevosita (ma’muriy) usul vositalari hukumat tomonidan ko‘zda tutilgan pul-kredit siyosatining maqsadlarini rejalash raqamlari bevosita ko‘rsatib o‘tilgan qoidalaridan foydalanish asosida erishish uchun mo‘ljallangandir.
Bozor iqtisodiyotida amalga oshirilayotgan pul-kredit siyosatini ro‘yobga chiqarishni asosiy turlariga quyidagilar kiradi:

  • eng kam zaxira talablarini joriy etish;

  • tijorat banklarini qayta moliyalash miqdorlari va shartlarini belgilash;

  • ochiq bozordagi operatsiyalar.

Taraqqiy etgan davlatlarning monetar siyosat borasidagi tajribalaridan O‘zbekiston amaliyotida foydalanish uchun, fikrimizcha, quyidagi chora-tadbirlarning amalga oshirilishi maqsadga muvofiqdir:
1. O‘zbekiston Respublikasi Markaziy bankining diskont va lombard kreditlari berish amaliyotini joriy qilish lozim. Buning natijasida qayta moliyalash siyosatining samaradorligi oshadi.
2. Fikrimizcha, O‘zbekiston Respublikasi Markaziy bankining majburiy zaxira siyosatini takomillashtirish maqsadida transaksion depozitlar va korxonalarning jamg‘arma depozitlariga nisbatan amaldagi 15 foizli majburiy zaxira stavkasini saqlab qolgan holda, muddatli depozitlarni majburiy zaxira talabnomalaridan to‘liq ozod qilish lozim.
3. Fikrimizcha, xalqaro reyting agentliklarining (Standart end Purs, Mud’s) kamida VVV reytingiga ega bo‘lgan respublikamiz korxonalarining oddiy aksiyalari O‘zbekiston Respublikasi Markaziy bankning ochiq bozor operatsiyalari ob’ekti tarkibiga kiritish yo‘li bilan ochiq bozor operatsiyalarining hajmini oshirish lozim.
Rejali iqtisodiyot davrida aqd pul oboroti va naqd pulsiz hisob- kitoblar oralig‘ida mustahkam “chegara” o‘rnatilgan. Naqd pullik hisob-kitoblar doirasi qonun, qaror yoki maxsus yo‘riqnomalar bilan belgilab berilgan. Ushbu doiradan tashqaridagi hisob-kitoblar faqat naqd pulsiz ya’ni hisobraqamlardan pul ko‘chirilishi yo‘li bilan amalga oshirilgan.
Inflatsiyaga qarshi siyosat negizini pul miqdorining o‘sishini tovarlar va xizmatlar miqdorining tegishli darajada o‘sishi bilan bog‘lab olib borishga qaratilgan tadbirlar tashkil qilish zarur. Chunki xarid qilish uchun molar yetarli bo‘lmagan holda aholi qo‘lida pulning ortiqcha ko‘payib ketishi inflatsiyaning yanada avj olib ketishiga sabab bo‘ladi. Pul miqdori bilan birga narxlarning ham tobora o‘sib borishi muqarrar ravishda, uzoq davom etadigan giperinflatsiyani keltirib chiqaradi. Bu, o‘z navbatida, milliy ishlab chiqarishning izdan chiqishi, aholi keng tabaqalarining qashshoqlashishi va butun ijtimoiy tizimning barbod bo‘lishi xavfini tug‘diradi. Tovarlar taqchilligi mavjud bo‘lib turgan hozirgi bosqichda giperinflatsiyaning oldini olish uchun aholi iste’mol fondining o‘sishini ishlab chiqariladigan mahsulot, ko‘rsatiladigan xizmatning moddiy hajmi ko‘payishiga bevosita bog‘liq qilib qo‘yish zarur bo‘ladi. Ichki bozorni mollar va xizmatlar bilan to‘ldirish, muomalaga o‘rinsiz ortiqcha pul chiqarilishiga yo‘l qo‘ymaslik, milliy valuta barqarorligini ta’minlash va xalq turmush darajasini o‘stirishning muhim shartidir. So‘mning barqarorligini ta’minlashda naqd pul emissiyasining o‘sishiga, aholi qo‘lida pulning harakatsiz turib qolishiga yo‘l qo‘ymaslik birinchi darajali 20 ahamiyatga ega. Bunda muomalaga chiqarilgan pul miqdorining o‘z vaqtida qaytarilishiga erishish, mahsulot ishlab chiqarishning o‘sishi ta’minlamagan korxonalarga kreditlar berilishiga yo‘l qo‘ymaslik choralari ko‘rilishi kerak.
Inflatsiyani pasaytiruvchi qudratli omil milliy valuta almashuv kursining barqarorlashuviga erishishdir. Bu, o‘z navbatida, import narxlarning barqarorlashuviga olib keladiki, natijada ichki bozordagi narxlar o‘zgaradi. Valuta birjalarida valuta operatsiyalarining barcha turlari uchun talab va taklif natijasida shakllanadigan yagona almashuv kursini belgilash, valuta kursi barqarorligiga erishishning dastlabki shartidir. Milliy valuta kursi barqarorligini ta’minlashning navbatdagi sharti dastlabki bosqichda valutani naqd pulsiz almashtirish hajmini ko‘paytirishga ustunlik berishdir. Istiqbolda esa bu sohadagi siyosat banklararo valuta birjasidagi oborot miqdorini korxona va fuqarolar o‘z pulini xohlagan miqdorda xohlagan valutaga erkin almashtirish imkoniyatini beradigan darajaga yetkazishga qaratiladi. Bunga erishishda milliy ishlab chiqarishda eksport ulushini kengaytirish bilan birga, Prezident Islom Karimov ta’kidlaganidek, «milliy valutamizning joriy operatsiyalar bo‘yicha erkin almashuvini, ya’ni konvertatsiyasini ta’minlash uchun barcha zaruriy shart-sharoitlarni yaratish»1 alohida ahamiyatga ega. Bu sharoit yaratilishi natijasida erkin almashuv amalga oshmoqda. Shunday qilib, yuqorida qarab chiqilgan chora va tadbirlarning muvaffaqiyatli amalga oshirilishi milliy valutamiz almashuv kursining barqarorlashuviga, uning xarid qilish quvvatining oshishiga ijobiy ta’sir ko‘rsatdi. Mamlakatimizda o‘tkazilayotgan nafaqat iqtisodiy, balki ijtimoiy sohalardagi islohotlardan ham asosiy ko‘zlangan maqsad barcha o‘zgarishlarning natijasi va belgisi milliy valutamiz – so‘mimizni mustahkamlash, uni bosqichma-bosqich jahonning kuchli valutalari bilan konvertatsiyalashga, ya’ni erkin almashuviga erishishdir.
Pul islohotlari - milliy valyutani mustahkamlash, pul birligini barqarorlashtirish va pul muomalasini tartibga solish maqsadida davlat tomonidan mamlakat pul tizimini toʻliq yoki qisman qayta tashkil etish. Pul islohotlari qogʻoz pul belgilarining hammasi yoki bir qismi qadrsizlanganda va ularning hajmi koʻpayib, yangisi (qogʻoz yoki metall) bilan almashtirish lozim boʻlganda, pulning oltin qiymati yoki valyuta kursi oʻzgarganda, pul tizimiga oʻzgartish kiritish zarur boʻlganda oʻtkaziladi. Pul islohotlari mamlakatdagi iqtisodiy holatga, pulning qadr-sizlanish darajasiga va davlatning siyosatiga bogʻliq holda turli usullar-da: ortiqcha qogʻoz pullarni yoʻq qilish yoʻli bilan pul hajmini kamaytirish (deflyasiya); eski pul belgilarini yoʻq qilib, yangi qogʻoz pul belgilarini zarur miqdorda chikarish (nullifikatsiya); eski pul belgilarini yirikroq yangi pul belgilariga almashtirish (denominatsiya); pul birligi yoki qogʻoz pul birligi kursining metall qiymati va chet el valyutasiga nisbatan kursini pasaytirish (devalvatsiya); pul birligidagi metall qiymati yoki qogʻoz pul kursini tashki davlatlar valyutasiga nisbatan oshirish (revalvatsiya) va boshqa shakllarda amalga oshiriladi.
Pul kuchli qadrsizlangan vaziyatda faqat pul islohotini o‘tkazish yo‘li bilan pul tizimini barqarorlashtirish mumkin. Pul islohoti, ya’ni nullifikatsiyada kuchli qadrsizlangan pul birligi bekor qilinadi va o‘rniga yangi pul birligi kiritiladi. Masalan, sobiq SSSRda 192224 yillarda sovznaklarning kuchli qadrsizlanishi natijasida 1 rubl 50 mlrd. sovznakga almashtirilgan. Urushdan keyingi Germaniyada giperinflyatsiya natijasida 1924 yilda muomalaga yangi nemis markalari kiritilgan. Eski reyxsmarkalar kuchli qadrsizlanishi natijasida muomalaga chiqarilgan yangi markalar 1 marka 1 trillion eski reyxsmarka nisbatida almashtirildi. Reyxsmarkalar muomalasi bekor qilindi.
Pul muomalasini barqarorlashtirishga pul islohotini o‘tkazmasdan ham erishish mumkin. Pul muomalasini barqarorlashtirishning quyidagi usullari mavjud: revalvatsiya, devalvatsiya, denominatsiya


M amlakatning iqtisodiy rivojlanish darajasiga, iqtisodiyotning holatiga, pulning qadrsizlanish darajasiga, davlat siyosatiga ko‘ra davlat pul islohotini o‘tkazishi, pulni revalvatsiya, denominatsiya qilishi mumkin.


Birinchi denominatsiyada muomalaga «1922 yil pul birliklari» chiqarilgan va ular oldingi pul birliklariga 1000 : 1 nisbatda almashtirilgan. Ikkinchi denominatsiyada muomalaga «1923 yil pul birligi» chiqarilgan va 1922 yil pul birligiga» 100 : 1 nisbatda almashtirilgan. Pul denominatsiyasi inflyatsiya suratlari past bo‘lgan sharoitda qulay bo‘lishi mumkin. Agar inflyatsiya suratlari yuqori bo‘lsa, denominatsiya o‘tkazish hech qanday samara bermasligi mumkin. Faqat pul islohotini o‘tkazish yo‘li bilan pul tizimini barqarorlashtirish mumkin bo‘ladi.
Pul kuchli qadrsizlangan vaziyatda faqat pul islohotini o‘tkazish yo‘li bilan pul tizimini barqarorlashtirish mumkin. Pul islohoti, ya’ni nullifikatsiyada kuchli qadrsizlangan pul birligi bekor qilinadi va o‘rniga yangi pul birligi kiritiladi. Masalan, sobiq SSSRda 192224 yillarda sovznaklarning kuchli qadrsizlanishi natijasida 1 rubl 50 mlrd. sovznakga almashtirilgan. Urushdan keyingi Germaniyada giperinflyatsiya natijasida 1924 yilda muomalaga yangi nemis markalari kiritilgan. Eski reyxsmarkalar kuchli qadrsizlanishi natijasida muomalaga chiqarilgan yangi markalar 1 marka 1 trillion eski reyxsmarka nisbatida almashtirildi. Reyxsmarkalar muomalasi bekor qilindi.

Pulning qadrsizlanish darajasi turli mamlakatlarda har xil bo‘lishi mumkin. Inflyatsiya darajasi rivojlangan mamlakatlarda pastroq va tez o‘tishi kuzatilsa, iqtisodiy jihatdan kam rivojlangan mamlakatlarda uning darajasi yuqori, surunkali va «davolash» ham ko‘proq vaqt talab qilishi mumkin. Masalan, 1971 1984 yillarda baholarning o‘sish sur’atlarini oladigan bo‘lsak, u rivojlangan mamlakatlarda 4,9% dan (Germaniya), 71% (Jazoir) gacha bo‘lsa, rivojlanayotgan mamlakatlarda 8,5% dan (Hindiston), 153% ga (Argentina) etgan. Inflyatsiyaning namoyon bo‘lishi har bir mamlakat iqtisodiyotining rivojlanish darajasiga, milliy xo‘jalik faoliyatiga va xususiyatiga, milliy an’analariga, mintaqaviy, iqtisodiy va siyosiy rivojlanish xususiyatlariga bog‘liq.


Rivojlangan mamlakatlarda inflyatsiyaning sharoit va omillari har xilligini hisobga olib uni quyidagi guruhlarga bo‘lish mumkin.
Birinchi guruhga rivojlanayotgan Lotin Amerika mamlakatlari Argentina, Braziliya, Peru kabilar kiradi. Bu davlatlarda surunkali davlat byudjeti taqchilligi, iqtisodiy muvozanatning yo‘qligi asosiy va aylanma mablag‘lar qiymatining doimo indeksatsiya qilinishi, milliy valyuta kursining chet el valyutasiga nisbatan tushib borishi pul qadrsizlanishining omillari hisoblanadi.
Bu mamlakatlarda surunkali byudjet taqchilligini emissiya yo‘li bilan moliyalashtirish natijasida yillik pul qadrsizlanishi bir necha ming foizga etishi kuzatilgan.
Argentina, Chili kabi mamlakatlarda inflyatsiya pul qadrini emirib tashlashi natijasida biror tovarni sotib olish uchun bir necha million pul birligi zarur bo‘lgan.
1983 yilning iyunigacha, ya’ni muomalada eski peso bo‘lganda, Argentinada bir juft tufli etti million peso, engil mashina sotib olish uchun bir necha milliard peso kerak bo‘lgan.
Bu hol hisobkitoblarni olib borishda, pul muomalasida juda katta qiyinchilik tug‘dirgan. Bir necha marta o‘tkazilgan denominatsiyalar pul qadrsizlanishini to‘xtatishga asos bo‘la olmagan. Lotin Amerikasi mamlakatlarida bo‘lgan inflyatsiya darajasini baholar indeksidan ham ko‘rish mumkin. Bu mamlakatlarda baholar indekslari bir necha sonlardan iborat bo‘lgan. Masalan, Chilida 1971-1984 yillarda baholar indeksi 842162 yoki bu ko‘rsatkich shu yillarda baholar 8,4 ming marta oshganini, Argentina uchun shu indeks 436432250, bu baholar 436 ming marta oshganini bildiradi. Yuqoridagi jadval ma’lumotlari ko‘rsatib turibdiki, 1990 yilda Nikaraguada tovarlar bahosi 8500%, Peruda 8291,5%, Braziliyada 2359,9% ga oshgan.
Ikkinchi guruh mamlakatlar – Kolumbiya, Ekvador, Venesuela, Eron, Suriya kabi mamlakatlarda ham iqtisodiy muvozanatning yo‘qligi, moliyaviy siyosatdagi kamchiliklar taqchillikni moliyalashtirish, xalq xo‘jaligiga ko‘p kreditlar ajratish inflyatsiyaning mavjud bo‘lishini ta’minlamoqda. Bu mamlakatlarda inflyatsiya shiddatli xarakterga ega bo‘lib, baholarning yillik o‘sishi 3040% atrofida, ba’zida undan yuqori bo‘ladi. Inflyatsiya sur’atiga qarab jamg‘armalar, to‘lovlar bo‘yicha indeksatsiya o‘tkazib boriladi, ishsizlik oshib bormoqda.
Uchinchi guruhga Hindiston, Indoneziya, Pokiston, Tailand, Filippin kabi mamlakatlar kiradi. Bu mamlakatlarda cheklangan iqtisodiy muvozanat mavjud bo‘lib, eksportdan valyuta tushumi ancha yuqori. Yillik inflyatsiya sur’ati 520% atrofida va qisman indeksatsiya o‘tkazilib turiladi.
To‘rtinchi guruh davlatlar – Singapur, Malayziya, Janubiy Koreya, Bahrayn, Arabistonda – iqtisodiy muvozanatning mavjudligi inflyatsiya sur’atlarining sustligini ko‘rsatadi. Bu mamlakatlardagi inflyatsiya 26%ni tashkil qiladi va buni sudraluvchi inflyatsiya deb atash mumkin.
Bu mamlakatlarda tovarlar va xizmatlar bahosi oshishi ustidan qattiq nazorat olib boriladi. Ishsizlik boshqa mamlakatlarga nisbatan kam, iqtisodiyoti rivojlangan bozor sharoitida boshqariladi. Eksport hajmi va chet el valyutasi tushumining yuqoriligi, inflyatsiyaning oldini olishda muhum ahamiyatga ega omil hisoblanadi.
O‘zbekistondagi inflyatsiya bu mustaqillik tufayli vujudga kelgan inflyatsiya emas. Tarixan bu inflyatsiya sobiq SSSR da yuzaga kelgan. Bu inflyatsiyaning umumiy iqtisodiy sababi davlat boshqaruvida iqtisodiyotga nisbatan siyosatga ko‘p e’tibor berilganidadir. Natijada ishlab chiqarish sur’atlari tushib ketdi. Tovar kamyobligi yashirin jarayon bo‘lib, tovarlarni ishlab chiqarish uchun ko‘p xarajat qilinsada (xom ashyolarning narxi yuqoriligi tufayli), tovarlar past bahoda sotilgan. Farq davlat byudjetidan qoplangan. 1992 yilning boshidan erkin baholarga o‘tish natijasida (oziqovqat va yoqilg‘i resurslardan tashqari) inflyatsiya yuzaga chiqdi va tez sur’atlar bilan rivojlanib ketdi.
Shu tufayli O‘zbekistondagi inflyatsiya sobiq SSSR davrida yuzaga kelgan inflyatsiyaning qoldig‘idir va uni davolash uzoq vaqt talab qiladi.
Sobiq SSSRda, jumladan, O‘zbekistonda 90 yillardagi inflyatsiyaning asosiy sabablari: – iqtisodiy muvozanatning yo‘qligi, ishlab chiqarish sur’atlarining tushib ketishi;
– mahsulotlar sifatining, mehnat unumdorligining pastligi;
– ishlab chiqarishda xarajatlar salmog‘ining oshib ketishi, behuda sarflar, iqtisodiy tamoyillarga rioya qilmaslik va boshqalar hisoblanadi.
Bundan tashqari, rivojlangan bozor sharoitiga o‘tmasdan turib, baholarning erkinlashuvi, tovar massasi ustidan ba’zi bo‘limlarning yakka hukmronlik o‘rnatishi, baholarni xohlagacha boshqarish, kredit, moliya siyosatlarini noto‘g‘ri olib borish, iqtisodiyotning «dollarlashuvi», «milliy valyuta hududi»ning emirilishi, valyuta tushumlari va milliy boylikning chetga oqib ketishi va boshqalar inflyatsiya jarayonining yana rivojlanishiga olib kelgan.


P

Pul islohotini o‘tkazish quyidagi yo‘llar bilan amalga oshirilishi mumkin:


– muomaladagi pul massasini kamaytirish maqsadida, deflyatsiya kursi bo‘yicha eski pullarni yangi pullarga almashtirish:


– aholi va korxonalarning banklardagi jamg‘armalarini vaqtincha (to‘liq yoki qisman) harakatsiz ushlab turish (qotirib qo‘yish):
– ikkala usulni birgalikda qo‘llash yo‘li orqali pul islohotini o‘tkazish: bu usul xalqaro amaliyotda «shok yo‘li» bilan davolash nomi bilan mashhurdir. Bu usul 1948 yilda G‘arbiy Germaniyada harbiy davlat boshqaruvidan bozor iqtisodiyotga o‘tishda qo‘llanilgan. «Shok yo‘li» bilan davolashda ish haqini to‘lashni to‘xtatib qo‘yish, ishlab chiqarishni qisqartirish, pul islohotini o‘tkazish, ish o‘rinlarini qisqartirish kabi qattiq choralar qo‘llanilishi mumkin. Masalan, G‘arbiy Germaniyada 1948 yilning iyun oyida o‘tkazilgan pul islohotida aholining naqd pullari va jamg‘armalari 6,5 yangi nemis markasiga 100 eski reyxsmarka nisbatan almashtirildi. Aholining pul jamg‘armalarini to‘lash vaqtincha to‘xtatilgan, keyinchalik faqat 30 foiz atrofida to‘langan va har bir kishiga 60 nemis markasi miqdorida nafaqa ajratilgan. Natijada davlatning reyxs markasidagi qarzi, mamlakatda bo‘lgan disbalans tugatilgan va shu yo‘l bilan inflyatsiyaning o‘sish sur’atlari to‘xtatilgan.
«Shok yo‘li» bilan davolash Yaponiyada 194950 yillarda o‘tkazilgan va u «Dodj rejasi» degan nomni olgan.
Bu rejaga asosan Yaponiyada inflyatsiyaga qarshi juda qattiq choratadbirlar amalga oshirildi. Erkin bahoga o‘tish bilan bir vaqtning o‘zida er islohoti o‘tkazildi, byudjet kamomadini yo‘qotish yo‘llari ishlab chiqildi. Yaponiyada mavjud zarar bilan ishlovchi korxonalarga davlat tomonidan beriladigan subsidiya bekor qilindi, korxona, tashkilotlarga kredit berish shartlari mukammallashtirildi, aholi jamg‘armalari ishlatilmasdan qotirib qo‘yildi.
Iqtisodiyotni «shok yo‘li» bilan davolash Sharqiy Evropa mamlakatlari Yugoslaviya, Polsha kabi mamlakatlarda ham qo‘llanilgan. «Shok yo‘li» bilan davolash iqtisodiy siyosati 1989 yilning oxirlarida Polshada qo‘llanilgan bo‘lib, ish haqi vaqtinchalik qotirib qo‘yilgan holda, baholar erkinlashtirilgan. Natijada 1990 yilning boshlariga kelib, Polshada tovarlar mo‘lko‘lchiligi vujudga kela boshladi va tovarlar bahosining bir necha barobar oshishi natijasida inflyatsiya sur’atlari sekinlashishiga erishildi. Polshada bu iqtisodiy tadbirning o‘tkazilishi aholining yashash sharoitini ancha qiyinlashtirdi va ishsizlar sonini ko‘paytirdi.
Mamlakatning iqtisodiy rivojlanish darajasiga, iqtisodiyotning holatiga, pulning qadrsizlanish darajasiga, davlat siyosatiga ko‘ra davlat pul islohotini o‘tkazishi, pulni revalvatsiya, denominatsiya qilishi mumkin.
Revalvatsiya – bu pul birligining oltin qiymatini tiklashdan iborat. Masalan, I jahon urushidan keyingi 1925-1928 yillarda o‘tkazilgan pul islohoti tufayli funt sterlingning urushgacha bo‘lgan oltin qiymati belgilandi. II Jahon urushidan keyin revalvatsiya natijasida dollarning valyuta kursi ko‘tarildi. Germaniya Federativ Respublikasida 1961, 1969, 1971 yillarda revalvatsiya o‘tkazilgan.
Devalvatsiya – bu milliy valyuta kursining chet el vayutasiga nisbatan tushishidir. Pul birligining oltin miqdori belgilangan sharoitda devalvatsiya oltin miqdori tushib ketishini anglatgan. Masalan, 1971 yilda AQSh dollarining oltin miqdori 7,89 % ga, 1973 yil fevralda 10% ga kamaytirilgan. Suzuvchi valyuta kurslariga o‘tgandan keyin devalvatsiya boshqariladigan valyuta kurslari asosida olib boriladi.
Denominatsiya – baholar masshtabini yiriklashtirish, yani pul birligidagi «0»larni qisqartirishdan, pul birligida ko‘rsatilgan nominalni kamaytirishdan iborat. Sovet pul tizimi qaror topa boshlagan davr – 1921 1922 yillarda ikki marta denominatsiya o‘tkazilgan. Birinchi denominatsiyada muomalaga «1922 yil pul birliklari» chiqarilgan va ular oldingi pul birliklariga 1000 : 1 nisbatda almashtirilgan. Ikkinchi denominatsiyada muomalaga «1923 yil pul birligi» chiqarilgan va 1922 yil pul birligiga» 100 : 1 nisbatda almashtirilgan. Pul denominatsiyasi inflyatsiya suratlari past bo‘lgan sharoitda qulay bo‘lishi mumkin. Agar inflyatsiya suratlari yuqori bo‘lsa, denominatsiya o‘tkazish hech qanday samara bermasligi mumkin. Faqat pul islohotini o‘tkazish yo‘li bilan pul tizimini barqarorlashtirish mumkin bo‘ladi.
Markaziy bankning valyuta siyosati uning an’anaviy pul-kredit instrumentlaridan biri hisoblanadi. SHu sababli, valyuta siyosatining pirovard maqsadi milliy valyutaning barqarorligini ta’minlash hisoblanadi.
Valyuta siyosati deganda Markaziy bankning valyuta munosabatlarini tartibga solish va amalga oshirish sohasidagi tadbirlarining majmui tushuniladi.
Markaziy bankning valyuta siyosati pul-kredit siyosatining asosiy klassik instrumentlaridan biri xisoblanadi. Jahon bank amaliyotidan shu narsa malumki, valyuta siyosati, asosan, kuyidagi siyosatlardan iborat:
• valyuta intervensiyasi,
• valyuta zaxiralarini diversifikatsiya kilish.
• valyutaviy cheklashlar,
• valyutaning almashuv darajasinn boshkarish,
• valyuta kursining tartibi,
• devalvatsiya.
Markaziy bank milliy valyuta almashuv kursini maqsadli koridor doirasida ushlab turish uchun valyuta bozorida xorijiy valyutalarni sotuvchi va sotib oluvchi sifatida qatnashib, valyuta operatsiyalarini amalga oshirib bordi.


Denominatsiya o‘z mohiyatiga asosan milliy pul birligidagi ortiqcha nollarni olib tashlab muomalaga yangi pullarni chiqarishdan iborat. Denominatsiya usulida Rossiya (3 dona nolni olib tashladi) va Tursiya (liradan 6 dona nolni olib tashladi) xukumatlari foydalanishdi.
Inflyasion jarayonlarni davlat tomonidan tartibga solib turish o‘z mohiyatiga asosan mamlakatda mahsulotlar, bajarilgan ishlar, ko‘rsatiladigan xizmatlarga bo‘lgan narx-navolarni o‘sib borishini cheklash va pul tizimini barqarorlashtirish maqsadida davlat tomonidan aniq chora-tadbirlarni amalga oshirishdan iborat. Ushbu chora-tadbirlar ikki yo‘nalishda olib boriladi:
1) Deinflyasion siyosat. Ushbu siyosat mamlakatda pulga bo‘lgan talabni pul-kredit va moliya mexanizmlari yordamida tartibga solib turiladi. Deinflyasion siyosat davlat xarajatlarini qisqartrish, kreditlar uchun foiz stavkalarini oshirish, soliq yukini kuchaytirish (soliqlar soni va ularni foiz stavkalarini ko‘tarish) va pul massasini cheklashni o‘z ichiga oladi. SHuni ta’kidlash lozimki, deinflyasion siyosat mamlakatdagi iqtisodiy o‘sishni sekinlashuviga sabab bo‘ladi;
2) Daromadlar siyosati. Ushbu siyosat olib borishda davlat tomonidan mahsulotlar, ko‘rsatilgan xizmatlar, bajarilgan ishlarga bo‘lgan narx-navo va ish haqi ustidan birdaniga nazorat etiladi hamda ularni o‘sishini ma’lum chegarasi o‘rnatiladi yoki butunlay «muzlatib» qo‘yiladi. Daromadlar siyosati o‘z mohmiyatiga ko‘ra qat’iy siyosat hisoblanadi va u aholi o‘rtasida norozilikni kelib chiqarishi mumkin. Lekin inflyasiya bilan kurashishda ayrim mamlakatlarda daromadlar siyosatidan foydalaniladi.
Xalqaro amaliyotda rivojlanayotgan mamlakatlarda inflyasiyaga qarshi karash olib borish tajribasida biz ta’kidlab o‘tgan ikki yo‘nalishdan oqilona birgalikda foydalanilgan.
Iqtisodiyoti bozor munosabatlariga o‘tayotgan mamlakatlarda inflyasiyaga qarshi kurashish va milliy pul tizimini mustaxkamlash uchun asosan quyidagi chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda:
- milliy iqtisodiyotni sog‘lomlashtirish, investitsiya faoliyatining tushib ketishini bartaraf etish va iqtisodiy rivojlanishning oqilona darajasini ta’minlash;
- raqobatbardosh, yuqori texnologik ishlab chiqarishni tashkil etish va uni rivojlantirish maqsadida davlat strategiyasini ishlab chiqish hamda uni amalga oshirish;
- xalq iste’mol tovarlarini ishlab chiqaruvchi korxonalarda ishlab chiqarish fondlarining tarkibini o‘zgartirish va unda zamonaviy texnika hamda texnologiyalarni joriy etish;
-tijorat banklarining investitsiya va kredit faoliyatini rag‘batlantirish;
- soliq tizimini takomillashtirish va ushbu yo‘nalishda asosiy e’tiborni soliqlarning rag‘batlantiruvchi funksiyasiga qaratish;
- davlat tomonidan kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlash;
- mamlakat ichida mahsulotlar, valyuta, kredit er, ko‘chmas mulk, mehnat va qimmatli qog‘ozlarining yagona bozorini shakllantirish hamda uni rivojlantirish;
- pul-kredit siyosatini iqtisodiyotnign rivojlanishi holatiga asosan o‘zgartirib turish;
- tashqi iqtisodiy faoliyatni erkinlashtirish va mahsulotlar, ishlar, xizmatlarni eksport qilishni rag‘batlantirish;
- erkin bozor baholarini saqlagan holda daromadlar, xarajatlar va narx-navoni davlat tomonidan tartibga solish va uni nazorat qilish;
- davlat byudjet taqchilligini noinflyasion yo‘llar bilan qisqartirish;
- davlatning strategik oltin-valyuta zahiralarini chuqur tahlil etish va ulardan oqilona foydalanishdan iboratdir.



O‘zbekiston Respublikasi zaminida, ya’ni Buxoro davlatida birinchi metall pullar zarb qilingan. Metall pullar zarb qilingunga qadar Buxoro davlatida savdo-sotiqda pul birligi sifatida bug‘doy va qog‘oz material ishlatilgan.
Birinchi metall pullar Buxoro davlatida 700 yillarda zarb qilingan. Bu pullar kumush tangalar bo‘lib, Buxoro davlati shohi Kana Buxoro xudot tomonidan chiqarilgan. Tanga yuqori sifatga ega bo‘lgan toza kumushdan zarb qilingan. Tanga o‘rtasida shohning tas-viri va uning atrofiga Qur’on oyatlaridan yozilgan. Bu kumush pul-lar «dirham» deb atalgan. Buxor xudot 40 yil davlatni boshqargan-dan keyin, taxtga xalifa Abu Bakr Siddiq o‘tirgan. Abu Bakr, keyin-chalik shoh Horun ar-Rashid davrida Buxoro davlatida pul tizimi barqaror bo‘lib, savdo ko‘proq dirhamlarda olib borilgan. Bu orada Xorazm davlati ham o‘zining kumush tangalarini muomalaga kirit-gan. Lekin aholi ko‘proq dirhamlar bilan savdo olib borishni afzal ko‘rgan. Dirhamlarga bo‘lgan talabning oshishi, Buxoro davlatining ko‘pgina boshqa mamlakatlar bilan savdo olib borishi hamda dirham-larning juda yuqori proba va sifatga ega bo‘lishi asta - sekinlik bilan ularning muomaladan yo‘qolishiga olib kelgan.
801 yilning kuzida taxtga Gidrif kelgan va u pul tizimini barqarorlashtirish maqsadida muomalaga 6 turdagi oltin, kumush, teri, temir va mis, har xil metall qorishmasidan zarb qilingan pul birliklarini chiqargan. Bu pullar xalq orasida «gidrifi»lar degan nom olgan. Kumush gidrifilar dirhamlarga qaraganda sifati past va kumush temir qorishmasi natijasida qoramtir rangda bo‘lgan. Bu pullar aholi orasida muomalada yaxshi qabul qilinmagan, shuning uchun davlat oldingi pulga nisbatan yangi kumush gidrifining majburiy kursini belgilab qo‘ygan, ya’ni 6 gidrifi 1 dirhamga teng-lashtirilgan va asta-sekinlik bilan soliq va to‘lovlarni faqat gidrifida olishni joriy qilish orqali 1 gidrifini 1 dirhamga tenglashtirishga erishilgan. Davlat tomonidan har xil soliq va to‘lovlarni faqat gidrifida to‘lashni joriy qilish natijasida 822 yillarga kelib 100 kumush dirham 70 gidrifiga, 1 gidrifi tillo 7,5 gidrifi kumushga tenglashtirilgan. Gidrifilar Buxoroda Mahak Qasrida zarb qilingan.
Shuni ta’kidlamoqchimizki, birinchi rus davlatida muomalada paydo bo‘lgan metall pullar dirhamlar hisoblanadi. Rus davlatida dirhamlar bir necha bo‘laklarga bo‘linib muomalada ishlatilgan. Topilmalar shuni ko‘rsatganki, rus davlatida IX-X asrda savdoda qo‘llanilgan dirhamlar 40 bo‘lakka bo‘linib, har bir kumush bo‘lak-chasi pul birligi sifatida ishlatilgan. Keyinchalik rus davlatiga, Evropa davlatlari metall pullari kirib kelgan va faqat X asrning oxiridagina Kiev knyazi Vladimir tomonidan birinchi rus tangalari «grivni» zarb qilingan.
X asrning o‘rtalari (943-954 yillar)da Ismoil Somoniy davri-da Buxoro davlati maydoni kengayib hozirgi O‘rta Osiyo davlatlari-ni qariyb barcha maydonini o‘z ichiga olgan va u uch hamda undan ortiq Evropa mamlakati maydoniga teng kelgan.
Somoniylar davrida pul tizimi juda yuqori darajada rivoj-langan. Muomalaga yana sifatli kumush tangalar – dirhamlar, oltin pullar kiritilgan. Bu pullar muomalada donalab va og‘irligi o‘lchab, qabul qilingan. Buxoro davlati Evropa davlatlari bilan keng savdo-sotiq olib borishi natijasida yuqori sifatli kumush tangalar Evropa va Rus davlatiga oqib o‘tgan va biz yuqorida ta’kidlaga-nimizdek, Rus davlati bu dirhamlarni bo‘laklarga bo‘lib, pul birli-gi sifatida muomalada ishlatgan.
XI asrda somoniylar davlatidan turklarning o‘rin olishi pul muomalasini ham o‘zgartirsa-da, oltin va kumush tangalar pul tizi-mining asosiy elementi sifatida saqlanib qoldi.
XII-XIII asrlarda Qoraxoniylar, Xorazmshohlar, keyinchalik Temuriylar davrida muomalada asosan oltin, kumush, mis tangalar ko‘plab zarb qilingan. Shayboniyxon davrida (1507 yilda) pul islo-hoti o‘tkazilib, cheklangan miqdorda muomalaga oltin, kumush, mis, mis va kumush qorishmasidan tanga pullar chiqarilgan. Oltin tanga-lar «tillo», kumush tanga «tanga», mis tanga «dinor» deb nomlangan va eng mayda tanga dinorning 1/6 qismiga teng bo‘lib «pul» deb nomlangan.
Temuriylar davrida «amiri» dirhamlari muomalaga chiqaril-gan. Ularning vazni 5,7-6,0 gr. atrofida bo‘lgan va keyinchalik dirhamlarda kumush miqdorini kamaytirilgani uchun tangalar vazni ham kamayib borgan.
O‘zbekiston pul tizimining yana bir muhim sanasi bu 1708-1709 yillarda Buxoroda o‘tkazilgan pul islohotidir. Bu islohot shoh Ubaydullaxon tomonidan o‘tkazilgan bo‘lib, muomalaga past sifatli tangalar chiqarilgan. Bu tangalarda kumush miqdori oldingi tanga-larga nisbatan kam bo‘lgan va ular davlatning urush bilan bog‘liq harbiy xarajatlarini qoplash uchun zarb qilingan. Oldingi 1 kumush tanganing og‘irligi 1 misqolga teng bo‘lgan. Pul islohotiga asosan 1 kumush tanga 4 ga bo‘linib, endi to‘rt kumush tanga zarb qilingan va ularni har birining vazni 1 misqolga teng bo‘lgan. Natijada kumush tanganing sifati tushgan. Muomaladagi pullar «yaxshi» va «yomon» pullarga bo‘lingan. 1 misqol 24 nuxudga tenglashtirilgan, ya’ni 24 nuxud = 1 misqol, 1 misqol = 4,8 gr. kumushga teng bo‘lgan.
Ubaydullaxon o‘tkazgan pul islohotining xususiyati shundaki, u tangadagi kumush miqdorini eng minimal darajagacha kamaytirgan, bunday hol ungacha va undan keyin amaliyotda qo‘llanilgan emas. Bu to‘g‘rida quyidagi jadval ma’lumotlariga murojaat qilishimiz mumkin.
Tanganing kumush miqdori 90 foizdan Ubaydulla – Bahodirxon davrida 22,5 foizgacha tushgan, ya’ni tangalarning sifati tushib borgan.
Qariyb yuz yillardan keyin, XVIII asr o‘rtalarida Muhammad Rahimxon davrida tangadagi kumush miqdori 30%gacha oshirilgan. XVIII asrning oxiri XIX asrni boshlariga kelib, Buxoro davlati yana yuqori sifatli pul tizimiga ega bo‘lgan.
Rossiyaning O‘rta Osiyoga yurishi natijasida, 1865 yilda Tosh-kent ruslar qo‘liga o‘tgan. Keyinchalik Buxoro davlatining O‘ra tepa, Jizzax, Samarqand, Kattaqo‘rg‘on, Urgut kabi shaharlari Rossiya tasarrufi o‘tgan. Buxoro amiri Rossiya bilan do‘stlik shartnomasini tuzgan va yarim mustaqil davlat bo‘lib o‘zining mustaqil pul tizi-mini saqlab qolgan hamda mustaqil pul siyosatini olib borgan. O‘sha davrda muomalaga oltin, kumush, mis tangalar chiqarilgan. 1 tillo Rossiyaning 6 rubl 80 kopeek, 1 tanga (kumush) 15 kopeekka, 1 mis tanga - (mira) 4 kopeekka, pul 1/4 kopeekka tenglashtirilgan. Muoma-lada ko‘proq kumush tanga ishlatilib, uning kursi 1 tangaga 12 kopeekdan 20 kopeekkacha o‘zgarib turgan. O‘tgan asrning 90-yillarida Rossiya Toshkent va Qo‘qonda, keyinchalik, Buxoroda o‘z banklarini ochgan. Muomalaga rus oltin, kumush tangalari va kredit biletlari kirib kelgan. Buxoroda rus oltin, kumush tangasidan ko‘ra kredit biletlari juda mashhur bo‘lgan. Buxoro beklariga amirga to‘laydigan soliq va boshqa to‘lov, in’omlarini kumush tangada karvonlarda olib kelgandan ko‘ra, kredit biletlarda olib kelish arzon va oson bo‘lgan. Shuning uchun kumushlar rus kredit biletlariga almashtirilgan. Rus banklarida kumush tangalar qaytib muomalaga chiqmagan. Ular Rossiyaga jo‘natilgan va Peterburgdagi zarbxonada qayta ishlatilib rus kumush tangasi sifatida muomalaga chiqarilgan. Buxoro tangasi 84 foizli probadagi kumushdan tayyorlangani uchun rus kumush tanga-sidan ancha sifatli bo‘lgan va u qayta ishlanganda bir Buxoro tangasidan bir necha rus tangasi zarb qilingan. Bu esa Rossiya xazinasiga juda katta foyda keltirgan. Hisob-kitoblarni olib borishda, til-loni rublga aylantirishda qiyinchiliklar bo‘lgani uchun Rossiya davlati Buxoro davlati pul tizimini Rossiyaga birlashtirish to‘g‘risidagi masalani qo‘ygan. Rossiya Moliya vazirligi tomonidan Buxoro davlati pulining loyihasi ishlab chiqilgan. Unga asosan chiqariladigan pul 15 kopeekka teng bo‘lib, uning bir tomonida Ros-siya hukumat belgisi tasviri ikkinchi tomonida Buxoro davlati bel-gisi, tasviri, bo‘lishi kerak edi. Lekin Buxoro amirining xizmati tufayli bu ish amalga oshmasdan qolib ketgan. 1923-24 yillargacha Buxoro o‘zining pul birligini saqlab qolgan. Turkistonning Rossiya tomonidan istilo etilishi natijasida XX asrning boshlarida Tur-kistonda rus kredit biletlari, mahalliy veksellar, keyinchalik sovznaklar, «Turkbon»lar, chervonetslar muomalada bo‘lgan. 20-yil-larining o‘rtalaridan boshlab yagona pul tizimi barpo qilinib, Sobiq SSSR hududida rubl pul birligi sifatida qabul qilingan va mustaqillikacha pul muomalasi shu pul birligida olib borilgan.

Xulosa
Ma’lumki, har bir davlat o‘zining pul tizimiga ega bo‘ladi. O‘zbe-kistonning mustaqil davlat sifatida ajralib chiqishi uning mustaqil pul tizimiga ega bo‘lishini taqozo qildi. Mustaqil pul tizimi joriy qilinishining I bosqichi 1993 yildan boshlab «so‘m-kupon»larning muomalaga chiqarilishi hisoblanadi. O‘zbekiston pul tizimini qurish-ning ikkinchi bosqichi – 1994 yil iyuldan boshlab milliy valyuta–«so‘m »ning muomalaga chiqarilishi bo‘lib, u O‘zbekiston tarixida juda katta ahamiyatga ega.


Alohida olingan davlatning pul tizimi o‘z xususiyatlariga ega bo‘lib, uning elementlari u yoki bu tomonga o‘zgarishi mumkin.
Pul tizimi ijtimoiy hayotning ko‘zgusi hisoblanadi, desak xato bo‘lmasa kerak. Shuning uchun ijtimoiy ishlab chiqarish jarayoni pul tizimini ob’ektiv talablar, ya’ni pul tizimining yagona bo‘li-shi, pul birligi qiymatining doimiyligi va pul muomalasining talabga qarab o‘zgarib turishi kerakligini qo‘yadi.
Sobiq SSSRning davlat sifatida tarqalib ketishi markaz-lashgan pul tizimining ham tugashiga olib keladi. Natijada ba’zi respublikalar rublni milliy valyutasi sifatida ishlatib turgani holda, o‘z pul siyosatini olib bordi. Estoniya, Latviya, Litva, Ukrai-na birinchi bo‘lib rubl zonasidan chiqib o‘z milliy valyutasini qabul qilishdi. Keyinchalik, Ozarbayjon, Qirg‘iziston va Moldaviya respublikalari bu yo‘nalishni davom ettirdilar. Rubl tizimida vujudga kelgan tartibsizliklar, milliy valyutalar va kuponlarning muomalaga chiqarilishi, yagona pul–rubl zonasining tugashiga, uning har xil kursga ega bo‘lishiga olib keladi.
1992 yil oxiriga kelib Rossiyada tovarlar bahosining oylik o‘sishi 25-30 foizgacha ko‘tarildi. Moskva valyuta birjasida rubl-ning nominal qiymati bir dollarga 125 rubldan, 1992 yil dekabrda 485 rublgacha, 1993 yil martda 1 dollar 660 rublgacha tenglashdi. Pul qadrining tushishi, naqd pul yetishmovchiligiga, oxiri esa ish xaqi, nafaqalarni to‘lashda qiyinchiliklar bo‘lishiga olib keldi. SSSR davridagi oxirgi banklar to‘g‘risidagi qonunga asosan davlat banki o‘rniga Markaziy bank, mustaqil davlatlarda Markaziy (yoki milliy) banklar tashkil qilindi.
Rossiya Markaziy banki pul emissiyasi bilan bog‘liq bo‘lgan operatsiyalarni bajarish huquqini o‘z qo‘liga oldi. Bundan tashqari, davlat pul belgilarini bosib chiqaruvchi muassasa Rossiyada joy-lashgan edi. Mustaqil davlatlar Markaziy banklarining pul muoma-lasini olib borish bo‘yicha harakatlari cheklagan edi. Natijada pul taqchilligi yuzaga keldi va u alohida olingan respublikalarda har xil darajada namoyon bo‘ldi. Masalan, Rossiya Markaziy banki muoma-laga chiqargan pullarda Rossiyaning salmog‘i 1991 yil dekabrda 64 foizni tashkil qilgan bo‘lsa, 1992 yil iyunga kelib emissiyaning 77 foizi Rossiyani naqd pul bilan ta’minlashga yo‘naltirilgan. Qolgan barcha Respublikalarni naqd pul bilan ta’minlash uchun muomalaga chiqarilgan pullarning faqat 23 foizigacha sarflangan, ya’ni boshqa respublikalar ehtiyojini pul bilan ta’minlash salmog‘i tushib ket-gan. Masalan, Belorussiya, Gruziyaning salmog‘i 3 foizdan 1,5 foizga-cha, Ukraina va Boltiqbo‘yi respublikalarining salmog‘i yanada ko‘p-roq qisqargan. O‘zbekistonda ham pul resurslari taqchilligi naqd pulga bo‘lgan talabning qondirilmaganligida namoyon bo‘lgan. Shu iqtisodiy tanglik sharoitida pul tizimini shakllantirish bo‘yicha mustaqil davlatlar oldida ikki muqobil yo‘l turardi.
– Yagona pul tizimi zonasi – rubl zonasida qolish va yagona pul siyosatini olib borish;
– O‘z milliy valyutasini muomalaga chiqarib, o‘z pul tizimiga ega bo‘lish va qo‘shni mamlakatlar inflyatsiyasidan o‘zini himoya qilish.
Pul taqchilligi davom qilayotgan va Rossiya rubllari barqaror bo‘lmagan sharoitda pul taqchilligini yo‘qotish maqsadida ko‘pgina respublikalar, jumladan, O‘zbekistonda ham mustaqillikning birinchi yillarida pul tizimini shakllantirish loyihasi tuzildi. Yuqorida ta’kidlaganimizdek, muomalaga kupon talonlar chiqarildi va keyincha-lik O‘zbekiston o‘zining milliy valyutasini muomalaga chiqardi.
O‘zbekiston milliy pul tizimining asosiy elementi bo‘lmish so‘m jamiyat manfaatlariga xizmat qiladi. Shuning uchun pul tizimining asosiy vazifasi milliy pulimizning qadrini mustahkamlashdan iborat. Bu juda mas’uliyatli va oson bo‘lmagan vazifa. O‘zbekistonning o‘z iqtisodiyotini bozor talablariga mos ravishda rivojlantirishga qara-tishi, bozor iqtisodiyotiga o‘tishda mamlakatimizning o‘ziga xos xusu-siyatlariga ega ekanligi milliy valyutaning barqaror bo‘
unimiz, iqtisodiyotimizning rivojlanishida amalga oshirilayotgan iqtisodiy jarayolishini taqozo qiladi.
Hozirgi knlar, katta qurilishlar va moliyalash-tirishlar O‘zbekiston iqtisodiy mustaqillikka erishish uchun to‘g‘ri yo‘l tanlaganini ko‘rsatib turibdi. Zero, mustaqil pul tizimiga ega bo‘lmasdan iqtisodiy jihatdan mustaqil davlat barpo etish mumkin emas.
Mamlakatda naqd pul oborotini tashkil etish “O‘zbekiston Respublikasi Markaziy Banki to‘g‘risida”gi Qonunga asoslangan holda ishlab chiqilgan “Yuridik shaxslar tomonidan kassa operatsiyalarini amalga oshirish qoidalari” (1998 yil 17 dekabr № 565) asosida amalga oshiriladi.
Ushbu yo‘riqnomaga asosan quyidagi qoidalar asosida naqd pul oboroti tashkil qilinadi. Bular:
Barcha yuridik shaxslar mulkchilik shaklidan qat’iy nazar, o‘zlarining pul mablag‘larini bank muassasalarida saqlashlari shart.
YUridik shaxslar o‘rtasidagi hisob-kitoblar hamda tadbirkorlik faoliyatini amalga oshirish bilan bog‘liq fuqarolar ishtirokidagi hisob-kitoblar bank muassasalari orqali, qonunchilikda ko‘zda tutilgan holatlardan tashqari naqd pulsiz tartibda amalga oshiriladi.
Tashkilotlar tomonidan bank muassasalaridan olingan naqd pullar qanday maqsadlar uchun olingan bo‘lsa, faqat shu maqsadlar uchun sarflanadi.
Foydalanilgan adabiyotlar ro’yxati
Asosiy adabiyotlar
1. "O’zbekiston Respublikasi Markaziy bank to,g,risida"gi Qonuni. T. “O’zbekiston” - 1995.
2. "Banklar va bank faoliyati haqida"gi O’zbekiston Respublikasi Qonuni . T. “O’zbekiston” - 1996.
3. O’zbekiston Respublikasining «Investitsiya faoliyati to’g’risida» gi Qonuni, (1998. 24 dekabr). Xalq so’zi, 1999. 12 yanvar. 7-son.
4. O’zbekiston Respublikasining «Chet el investitsiyalari to’g’risida»gi Qonuni, (1998. 30 aprel). Xalq so’zi, 1999 y. 12 yanvar. 7-son.
5. O’zbekiston Respublikasi Prezidentining «Bank tizimini yanada erkinlashtirish va isloh qilish borasidagi chora-tadbirlar to’g’risida»gi Farmoni, Xalq so’zi. 2000 y. 21 mart.
6. O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining «Tadbirkorlik sub’ektlarini davlat ro’yxatidan o’tkazish va hisobga qo’yish tizimini takomillashtirish to’g’risida»gi qarori. Toshkent oqshomi. 2001 y. 24 avgust. 99-son.
7. O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Maxkamasining «Kichik korxonalar, dehqon va fermer xo’jaliklarini mablag’ bilan ta’minlash, moddiy-texnik ta’minlash, ularga bojxona imtiyozlari berish, bank xizmatlari va boshqa xizmatlar ko’rsatish bo’yicha qo’shimcha chora-tadbirlar to’g’risida»gi qarori. (2001. 10 sentyabr). Mulkdor, 2001 y. 14-20 sentyabr. 37-son.
8. Prezident Islom Karimovning Vazirlar Mahkamasining 2002 yilda mamlakatni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish yakunlari va 2003 yilda iqtisodiy islohotlarni chuqurlashtirishning asosiy yo’nalishlariga bag’ishlangan majlisidagi ma’ruzasi. Xalq so’zi, 2003 y. 18 fevral.
9. Karimov I. A. O’zbekiston XXI asrga bo’sag’asida: xavfsizlikka tahdid, barqarorlik shartlari va taraqqiyot kafolatlari. - T.: O’zbekiston, 1997.
10. Karimov I. A. «O’zbekiston iqtisodiy islohotlarni chuqurlashtirish yo’lida». - T.: O’zbekiston, 1995.
ll.I.A.Karimov "Bizdan ozod va obod Vatan qolsin" T. “O’zbekiston” 1994.
12. Abdullaeva Sh.Z. "Pul va pul tizimi" T. “O’qituvchi” 1997.
Qo’shimcha adabiyotlar
13. Anikin A.V. Zashchita bankovskix vkladchikov. Moskva.:- 1997.

  1. Abarina A.M. "Kredit i zaymi" Moskva.:- 1997.

  2. Gryaznova A. “Finnansovo-kreditniy entsiklopedicheskiy slovar” FiS. 2002.

  3. Jarkovskaya E. “Bankovskoe delo” Kurs lektsiy. Omega-L 2002.

  4. Krasavina L.N. Mejdunarodnie valyutnie, kreditnie i finansovie otnosheniya, M.:- 2001.

  5. O’zbekiston bank tizimini isloh qilish va erkinlashtirish bo’yicha qonunchilik hujjatlari. T. 2001 y.

Foydalanilgan internet saytlar ro’yxati:



  1. http://www.imf.org/

  2. http://www.ecb.int/

  3. http://www.worldbank.org/

  4. http://www.ahbor.uz/

  5. http://www.fdic.gov/

  6. http://www.ebrd.org/

  7. http://www.banker.com/



1 Fayzulla Mullajonov

Download 174 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish