muxolifatning qarshiligini susaytira oldi. 1776-yilda Norbo‘tabiy Qo!qon
xonlaridan birinchi bo‘lib xonlikning fals deb atalgan o‘z pulini zarb
ettirdi. Manbalarda qayd etilishicha Norbo‘tabiyning bir falsiga bir bosh
qo‘y sotib olish mumkin bo‘lgan. Xonlikning mustaqil ravishda o‘z
pulini
zarb etishining tarixiy abamiyati bu davlatning amalda ham mustaqil davlat
ekanligini anglatishi bilan belgilanadi. Norbo‘tabiy davrida ekinlardan
mo‘l hosil olinishi evaziga bozorda narx-navo arzonlashdi. Xonlikning
qudrati har tomonlama oshdi. Norbo'tabiy siyosiy barqarorlikka crishgach,
vafotidan oldin, katta o‘g‘li Muhammad Aminhekni Marg‘ilonga,
o‘rtancha o‘g‘li Olimbekni To‘raqo‘rg!onga hokim etib tayinladi.
Norbo‘tabiyning vafotidan so‘ng xonlikda bir-biriga muxolifatchi bir
nechta guruh vujudga keldi. Ulardan biri Olimxon va ukasi Umarxonni,
Norbo'tabiyning o‘gay akasi Xo‘jibiy boshchiligidagi ikkinchi guruh esa
Norbo‘tabiyning kenja o‘g‘li Rustambiyni qo‘llab-quvvatladilar.
Qo'qon xonligida ijtimoiy-iqtisodiy hayot
Yer egaligi
Qo'qon xonligida ham barcha yer davlat mulki edi. Ayni paytda, u egalik
shakliga ko'ra, amlok (davlat), xususiy va vaqf yerlariga bo'lingan. Amlok
yerning ma’lum qismi xonga tegishli bo'lgan va u 3 qismga bo'lingan.
Birinchisi xos mulk deb atalgan. Undan olingan daromad saroy ahli va
soqchilari xarajatlari uchun sarflangan. Ikkinchi qismi esa taqiq yer (qo'riq
yer) deb atalgan va u yaylov, qamishzor va
chakalakzorlardan iborat
bo'lgan. Uchinchi qismi esa chek yerlar deb atalib, bevosita xonga tegishli
bo'lgan. Xususiy yer egaligi yirik davlat amaldorlariga davlat oldidagi
xizmatlari uchun yer ajratib berish, shuningdek,
xususiy kishilarga sotish
(mulki hur xolis) orqali vujudga keltirilgan. Xususiy yer egasi bo'lgan
birinchi toifa vakillari yerga emas, balki undan olinadigan daromadga
hamda shu yerda qurgau imoratiga egalik qilganlar. Shuningdek,
yetishtirilgan hosilning 1/5 qismi miqdorida soliq to'laganlar. Yerni meros
qilib qoldirish huquqiga ega bo'lmaganliklari uchun hozircha egalik qilib
turgan yerlarning ma’lum qismi farzandlarida
saqlanib qolishi uchun vaqf
avlod qilganlar. Ma’lumki, vaqf yerlar sotilmaydi, hadya qilinmaydi va
meros qilib ham qoldirilmaydi. Shuning uchun diniy muassasalar ixtiyoriga
vaqf avlod qilingan yerdan olinadigan daromadning vaqf hujjatida
ko'rsatilgan qismi yerni vaqf mulki ixtiyoriga o'tkazgan amaldorning
avlodlariga tegishli bo'lardi. Ikkinchi toifa esa sotib
olingan yerga bevosita
egalik qilgan. Bunday yerlardan soliq soliq va majburiyatlar olinmagan.
Davlat yerining sotilganligi va sotib olinganligi to‘g‘risidagi hujjat
qozixonalarda imzolangan. Unda yer sotuvchining, ya’ni xonning o‘zi ham
ishtirok etgan. Xususiy yer-mulk egaligi harbiy xizmatchilarga yer berish
orqali ham shakllantirilgan. Harbiylarga berilgan yerlar tanho yerlari deb
atalgan. Mulklaming ko‘pchiligi 30 sotixdan 60 sotixgacha bo‘lgan. Yerlar
ishlov berish uchun dehqonlarga ijaraga berilar edi. Dehqonlar xon
yerlarida ham mehnat qilar edilar. Xon yerlarida
ishlash nchun safarbar
etilganlarning soni 10 ming nafargacha yetardi. Ular mardikorlar, xususiy
yerlarda hosilning 1/4 qismi uchun yollanib ishlovchi ycrsiz, ot-ulovsiz
kambag‘allar esa chorikorlar deb atalar edi. Bundan tashqari, korandalar
deb ataluvchilar ham bo‘lib. ular hosilning 1/2 qismini olish sharti bilan
yerlami
ijaraga olib, o‘z mehnat qurollari, ot-ulovlari bilan yollanib ishlar
edilar.
Do'stlaringiz bilan baham: