Tekshirdi: Ibodullayeva Gulhayo. Mavzu


Qo’qon xonligining tashkil topishi



Download 174,2 Kb.
Pdf ko'rish
bet2/6
Sana06.12.2022
Hajmi174,2 Kb.
#880112
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
Qo’qon xonligi

Qo’qon xonligining tashkil topishi 
 
Shohruxbiy - xonlik asoschisi 
Farg‘ona vodiysi ashtarxoniylar hukmronligi davrida Buxoro xonligi 
tasarrufida edi. XVIII asr boshlarida Buxoro xonligida markaziy hokimiyat 
ichki kurashlar oqibatida zaiflashdi. Bunday vaziyatdan foydalangan 
jung‘orlar Farg'ona vodiysiga tez-tez bostirib kirib, talon-taroj qila 
boshladilar. Ikkinchi tomondan Sin imperiyasi (Xitoy) ham xavf solmoqda 
edi. Vaziyat ichki kuchlami birlashishga, mustaqil davlat tuzishga 
undamoqda edi. Shunday sharoitda vodiydagi o‘zbeklaming ming urug‘i 
oqsoqollari yig‘ilishib, Buxoro xonligidan alohida mustaqil davlat tuzishga 
qaror qildilar. 
1709-yilda ming urug‘i vakillari Farg‘ona vodiysida hokimiyatni o‘z 
qo'llariga oldilar. Shu tariqa, keyinchalik Qo‘qon xonligi deb atalgan yangi 
o‘zbek davlati vujudga keldi. Hukmdorlik taxtiga Shohruxbiy o‘tqaziIdi. 
Tepaqo‘rg!on Shohruxbiyning qarorgohiga aylantirildi. To‘g‘ri, bu o‘zbek 
davlati hukmdorlari birdaniga xon unvonini olmaganlar. Aksincha, bu 
davlatga rasman Buxoro xonligining tarkibiy qismi deb qaralgan. Shuning 
uchun ashtarxoniy Abulfayzxon Shohruxbiyga ,,otaliq“ unvonini bergan. 
Qolaversa, mustaqil davlatning asosiy belgilaridan biri - pul zarb 
etilmagan. Aksincha, Buxoro xonligining puli muomalada saqlanib turdi. 
Biroq bu holat uzoq davom etmadi. Chunki ashtarxoniylarning Farg‘onani
qo‘l ostilarida saqlab turishga kuchi yetmas edi. Abulfayzxon 
hokimiyatining umri esa nihoyasiga yetib borardi.
Xonlik Shohruxbiy vorislari davrida 
Endi minglar sulolasi oldida sulola hokimiyatiga qonuniy tus berish 
muammosi ham turar edi. Chunki Farg‘ona vodiysida katta nufuzga ega 
bo‘lgan qipchoqlar qabilasi minglar hokimiyatini tan olmadi. Shohruxbiy 
vafot etganidan so‘ng taxtga o‘tirgan o‘g‘li Abdurahimbiy otasi davrida 


boshlangan Qo‘qon shahrini obod qilish va keng ko‘lamli obodonlashtirish 
ishlarini davom etdirdi va uni xonlik poytaxtiga aylantirdi. Shuningdek, 
davlatning hududini kengaytirish maqsadida Buxoro xonligi tasarrufida 
bo'lgan Xo‘jand. 0 ‘ratepa viloyatlarini qo‘shib oldi. Afsuski, u fitna 
qurboni bo‘ldi. Taxtni ukasi Xo‘jand hokimi Abdulkarimbiy egalladi 
(1733-1750). U akasining Qo‘qon shahrini obodonlashtirish borasida olib 
borgan ishini davom ettirdi. Shuningdek, shahar atrofmi devor bilan 
o‘ratdi. 1740-yilda Farg‘ona vodiysiga jung‘orlar hujum qildi. Hujiun juda 
qiyinchilik bilan qaytarildi. Jung‘orlarga qarshi kurashda minglarga 
qipchoqlar yordam berishdi. 1745-yilda jung‘orlar yana hujum qildi. 
Dahshatli dushmanga qarshi minglar, yuzlar, qipchoqlar va qirg‘izlar 
birgalikda kurashdilar. Ularga o!ratepaliklar ham yordam berishdi. 
Garchand xonlikning mustaqilligi saqlab qolingan bo‘lsa-da, bu hujum 
xonlikning iqtisodiy va siyosiy ahvolini juda mushkul holatga solib qo‘ydi. 
Ayni paytda, jung‘orlarga qarshi birgalikda kurashgan o‘zbek 
qabilalarining ittifoqi uzoqqa cho‘zilmadi. Bunga qipchoqlaming 
zo‘ravonligi, talonchiligi sabab bo‘ldi. Barcha qiyinchiliklarga qaramay 
markaziy hokimiyat qipchoqlar isyonini bostirdi. Abdulkarimbiy vafotidan 
so‘ng toj-u taxt uchun boshlangan kurashda oxir-oqibat Abdurahimbiyning 
o‘g‘li Erdonabiy g‘olib chiqdi (1751-1762). Tez orada Qo‘qon xonligi 
Xitoy hujumiga uchradi. Unda Qo‘qonning yengilishi Erdonabiyning 
hokimiyatini inqirozga uchratdi. To‘g‘ri, Erdonabiy hukmronligi davrida 
xonlikning ichki va tashqi siyosatda muvaffaqiyatlarga erishilgan davrlar 
ham bo‘ldi. Chunonchi, u 0 ‘sh va 0 ‘zgan viloyatlarini ham bo'sundirdi. 
Qo‘qonni Buxoro amirligi va Sin imperiyasi (Xitoy) bilan tengma-teng 
kurasha oladigan davlatga ham aylantira oldi.

Download 174,2 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish