Tekshirdi: fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari



Download 23,06 Kb.
bet1/5
Sana06.02.2022
Hajmi23,06 Kb.
#433617
TuriReferat
  1   2   3   4   5
Bog'liq
organ



REFERAT
Mavzu: Fuqarolarning o’zini o’zi boshqarish organlari
faoliyatini takomillashtirish masalalari


Bajardi: Boymirzayev
Tekshirdi:


FUQAROLARNING OʻZINI OʻZI BOSHQARISH ORGANLARI
Fuqarolarning xalq hokimiyatini bevosita amalga oshirishi, davlat va jamiyat ishlarida toʻgʻridantoʻgʻri ishtirok etishi vositalaridan biri. Asosiy vazifasi fuqarolarni mahalliy ahamiyatga bogʻliq masalalarni hal qilishda mustakil faoliyat olib borishini taʼminlashdir.
Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi (105modda) va «Fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari toʻgʻrisida» (yangi tahriri) Oʻzbekiston Respublikasining qonuni (1999-y. 14 apr.)da Fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari huquqiy holati koʻrsatib oʻtilgan. Ushbu qonunga koʻra, Fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari quyidagilardir: shaharcha, qishloq, ovul fuqarolarining, shuningdek, shahar, shaharcha, qishloq va ovuldagi mahalla fuqarolarining yigʻini; fuqarolar yigʻinining kengashi; fuqarolar yigʻini faoliyatining asosiy ioʻnalishlari boʻyicha komissiyalar; fuqarolar yigʻinining taftish komissiyasi; tuman markazidan olisda joylashgan va borish qiyin boʻlgan shaharchalar, qishloklar va ovullarda qonun hujjatlarida nazarda tutilgan hollarda tuziladigan maʼmuriy komissiya. F. oʻ. oʻ. b. o. mahalliy davlat hokimiyati organlari tizimiga kirmaydi. Fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari yuridik shaxs huquqlaridan foydalanadi, namunadagi muhrga ega boʻladi va mahalliy davlat hokimiyati organlarida roʻyxatga olinishi kerak.
Oʻzbekistonda 10 mingdan ortiq Fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari faoliyat koʻrsatmoqda. Fuqarolar yigʻini organlarini va ularning mansabdor shaxslarini saylash fuqarolarning qonunda belgilangan saylov huquqlari kafolatlarini taʼminlagan hodda, umumiy, teng va toʻgʻridantoʻgʻri saylov huquqi asosida yashirin yoki ochiq ovoz berish yoʻli bilan amalga oshiriladi. «Fuqarolar yigʻini raisi (oqsoqoli) va uning maslahatchilari saylovi toʻgʻrisida» qonun qabul qilingan (2004-y. 29 agtr.).
Fuqarolar yigʻini — fuqarolar oʻzini oʻzi boshqarishining yuqori organi boʻlib, aholi manfaatlarini ifodalash va uning nomidan tegishli hududda amal qiluvchi qarorlar qabul qilish huquqiga ega. Fuqarolar yigʻinida 18 yoshga toʻlgan hamda shaharcha, qishloq, ovul va mahalla hududida doimiy yashayotgan shaxslar qatnashadi. «Fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari toʻgʻrisida»gi yangi tahrirdagi qonunda shaharcha, qishloq, ovul fuqarolar yigʻini va shahardagi mahalla fuqarolar yigʻinining vakolatlari koʻrsatilgan. Fuqarolar yigʻinining qarorlarini bajarish va fuqarolar oʻzini oʻzi boshqarish organlarining fuqarolar yigʻinlari oraliq davridagi joriy faoliyatini amalga oshirish uchun fuqarolar yigʻinining raisi (oqsoqoli), uning maslahatchilari, fuqarolar yigʻini faoliyatining asosiy yoʻnalishlari boʻyicha komissiyalarning raislari va yigʻinning masʼul kotibidan iborat tarkibda fuqarolar yigʻinining kengashi tuziladi. Fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlarining faoliyatini tashkil etishni uning kengashi hamda fuqarolar yigʻinining raisi (oqsoqoli) amalga oshiradi. Fuqarolar yigʻini kengashi oʻz devoniga ega boʻlishi mumkin, uning xodimlari soni yigʻin tomonidan belgilanadi. Fuqarolar yigʻinining raisi (oqsoqoli), masʼul kotibi va kengash devoni xodimlari fuqarolar yigʻinining mablagʻlari hisobiga ham, qonun hujjatlarida belgilangan tartibda mahalliy byudjet mablagʻlari hisobiga ham taʼminlanishi mumkin. Taftish k o missiyasi Fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari moliyaxoʻjalik faoliyatini tekshirish uchun tuziladi. Maʼmuriy komissiya maʼmuriy huquqbuzarliklarga oid oʻz vakolatlari doirasidagi ishlarni koʻrib chiqish uchun tuziladi.
Fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlarining faoliyatini muvofiklashtirish maqsadida respublika oqsoqollar Kengashi, shuningdek, fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish ishlari boʻyicha viloyat, tuman, shahar muvofiklashtirish kengashlari tuzilishi mumkin. Fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari faoliyatining moliyaviy asosi oʻz mablagʻlaridan, xalq deputatlari tuman va shahar Kengashlari tomonidan belgilangan tartibda ajratiladigan byudjet mablagʻlaridan, yuridik va jismoniy shaxslarning ixtiyoriy xayrehsonlaridan, shuningdek, qonun hujjatlarida nazarda tutilgan boshqa mablagʻlardan tashkil topadi (yana q. Mahama).
Davlatimiz rahbarining 2020-yil 18-fevraldagi “Jamiyatda ijtimoiy-maʼnaviy muhitni sogʻlomlashtirish, mahalla institutini yana-da qoʻllab-quvvatlash hamda oila va xotin-qizlar bilan ishlash tizimini yangi darajaga olib chiqish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi Farmoniga muvofiq, Fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlariga yuklatilgan 46 turdagi hamda profilaktika inspektorlariga yuklatilgan 13 turdagi vazifa va funksiyalar qisqartirildi. Bu haqda “Huquqiy axborot“ kanali batafsil maʼlumot berdi.
Fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlariga asosiy faoliyat yoʻnalishlaridan tashqari funksiyalarni faqatgina davlat organlari va tashkilotlar bilan haq toʻlashni nazarda tutuvchi shartnoma asosida amalga oshirish huquqi berildi.
Fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari tuzilmasida fuqarolar yigʻini raisining oʻrinbosarlari sanalgan ijtimoiy va maʼnaviy-maʼrifiy masalalar boʻyicha maslahatchi, tadbirkorlik, tomorqa yer egalari faoliyatiga koʻmaklashish va obodonlashtirish ishlari boʻyicha maslahatchi, yoshlar masalalari boʻyicha maslahatchi, keksalar va faxriylar ishlari boʻyicha maslahatchi lavozimlari tugatildi.
Quyidagi yangi lavozimlar kiritildi:
- fuqarolar yigʻini raisining huquq-tartibot masalalari boʻyicha oʻrinbosari;
- fuqarolar yigʻini raisining oila, xotin-qizlar va ijtimoiy-maʼnaviy masalalar boʻyicha oʻrinbosari;
- fuqarolar yigʻini raisining obodonlashtirish, tomorqa va tadbirkorlik masalalari boʻyicha oʻrinbosari;
- oila va xotin-qizlar masalalari boʻyicha mutaxassis;
- fuqarolar yigʻini raisining yoshlar masalalari boʻyicha maslahatchisi;
- fuqarolar yigʻini raisining keksalar va faxriylar ishlari boʻyicha maslahatchisi.
Shuningdek, quyidagi jamoatchilik tuzilmalari tugatildi:
- yarashtirish komissiyasi;
- maʼrifat va maʼnaviyat masalalari boʻyicha komissiya;
- ijtimoiy qoʻllab-quvvatlash boʻyicha komissiya;
- voyaga yetmaganlar, yoshlar va sport masalalari boʻyicha komissiya;
- tadbirkorlik faoliyati va oilaviy biznesni rivojlantirish masalalari boʻyicha komissiya;
- jamoatchilik nazorati va isteʼmolchilarning huquqlarini himoya qilish boʻyicha komissiya;
- “Mahalla posboni” jamoatchilik tuzilmasi.
Bundan tashqari quyidagi komissiyalar tashkil qilindi:
- oilaviy qadriyatlarni mustahkamlash komissiyasi;
- ijtimoiy qoʻllab-quvvatlash va jamoatchilik nazorati boʻyicha komissiya.
Shaharchalar, qishloqlar va ovullar fuqarolar yig‘inlari, shuningdek, shaharlardagi, shaharchalardagi, qishloqlardagi, ovullardagi hamda harbiy shaharchalardagi mahalla fuqarolar yig‘inlari fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlaridir
Normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari muhokamasi portalida «Fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari to‘g‘risida»gi qonun loyihasi e'lon qilindi.
Fuqarolar shaharchalarda, qishloqlarda, ovullarda, shuningdek, shaharlardagi, shaharchalardagi, qishloqlardagi va ovullardagi hamda harbiy shaharchalardagi mahallalarda o‘zini o‘zi boshqarishga doir o‘z konstitutsiyaviy huquqini fuqarolarning saylov huquqlari kafolatlariga muvofiq fuqarolar yig‘ini majlislari (fuqarolar vakillarining yig‘ilishlari) orqali amalga oshiradi.
Fuqarolar jinsi, irqi, millati, tili, dini, ijtimoiy kelib chiqishi, e'tiqodi, shaxsiy va ijtimoiy mavqeidan qat'iy nazar, bevosita yoki o‘zlarining saylanadigan vakillari orqali o‘zini o‘zi boshqarishda teng huquqlarga ega.
Fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarishga doir huquqlarini cheklash taqiqlanadi. Fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari faoliyatiga davlat organlari va tashkilotlari, hamda ularning mansabdor shaxslari aralashuviga yo‘l qo‘yilmaydi.

Download 23,06 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish