16.34 guruh talabasi Abduqahhorov Mirzo Ulug’bek
Mavzu: 1945 – 1991 – yillarda xalqaro munosabatlar
Reja :
Kirish
Qurollanish poygasi va ,, sovuq urush “
Dunyo va Yevropaning ikkiga bo’linishi
Xalqaro keskinlikning yumshashi ( 1969 – 1979 – yillar )
Xulosa
Foydalanilgan adabiyotlar ro’yhati
Kirish
Ikkinchi jahon urushidan so’ng dunyo siyosatida jiddiy o’zgarishlar bo’ldi. Jahon urushi davom etib turgan payitda tashkil etilgan BMT ning roli ancha kuchaydi. Hozirgi BTM a’zo bo’lgan mamlakatlarning soni 193 . BTM ning ish faoliyati uning Ustavida belgilangan maqsadi va tamoyillari asosida amalga oshirildi. BTM ni tashkil qilishdan asosiy maqsad xalqaro tinchlik va xavfsizlikni ta’minlash edi. Ushbu maqsadga erishish yo’lida BTM turli to’qnashuvlarning oldini olish , bir – biri bilan to’qnashayotgan tomonlarni yarashtirish , tinchlikparvar operasiyalarni amalga oshirish hamda tinch – totuvlikni saqlab qolishga qaratilgan choratadbirlarni amalga oshiradi.
Ikkinchi jahon urushidan so’ng qurollanish poygasi avj oldirildi. 1945 – yilda AQSh atom bombasini Yaponiyada sinab ko’rdi va mudhish qurol vositasida dunyoga hukumronlik qilishni o’ylay boshladi.
Qo’shma Shtatlarda atom bombasi yaratilgandan keyin , SSSR ham AQSh dan orqada qolmaslik uchun barcha choralarni ko’rdi . Nihoyat 1949 – yilda atom bombasini yaratdi va uni sinovdan o’tkazdi.
AQSh 1952 – yilda yanada dahshatli ommaviy qurg’in quroli – vodord bombasini yaratdi. Uning qudrati 10 mln tonna trotilga teng edi. SSSR esa bir yildan keyinroq bunday qurolga ega bo’ldi. Bu orada AQSH yadro qurollarini nishonga yetkaza oladigan samoliyotlar yaratdi. SSSR esa qit’alararo raketa yaratishga muvaffaq bo’ldi. Atom suv osti kemalari yaratikldi. Shu tariqa kishilik jamiyatini bir necha marta yo’q qilib yuborishga qodir ommaviy qirg’in qurollari zaxirasi vujudga keltirildi.
Lekin oradan ko’p o’tmay ,, sovuq “ boshlandi. Uning tashabbuskori U.Cherchill edi. U ,, sharqiy kommunizm “ bilan kurash vazifasini qo’ydi. 1947 – yil 14 – martda qabul qilingan Gretsiya va Turkiyaga yordam berishni mo’ljallagan ,, Trumen doktrinasi “ buning amaldagi isboti bo’ldi. 1947 – yil 5 – iyunda qabul qilingan va Yevropaning 16 davlatiga iqtisodiy yordam berishni mo’ljallagan ,, Marshall rejasi “ uni yanada mustahkamladi.
Sovuq urushining rasman 1946 – yil 5 – mart kuni , Uilston Cherchil tomonidan Fulton ( AQSh ) dagi mashhur nutqi so’zlagan payt hisoblanadi. Ittifoqdoshlar orasidagi munosabatlarning keskinlashuvi oldinroq boshlangan edi , ammo 1946 – yilning martiga kelib bu holat SSSR ning Erondan okkupatsion qo’shnilarini olib chiqishga noroziligidan kuchayadi. Cherchilning nutqi yangi reallikni ko’rsatdi.
Boltiqdagi Shtettindan Adriatikadagi Triestgacha temir parda qit’a bo’ylab cho’zildi. Tasavvurdagi chiziqning u taarfida - Markaziy va Sharqiy Yevropaning hamma sharqiy qadimiy davlatlarida juda kichik holda mavjud bo’lgan kommunistik partiyalar hukumronlikka o’tib oldilar.
Turkiya va Fors davlatlari ham Moskva hukumati ularga qo’yayotgan talablar bilan juda taajubga tushganlar. Ruslar Berlinda kvazikommunistik partiuya yaratishga harakat qildilar. Endi agar sovet hukumati o’z hududida prokommunistik Germaniyani yaratish harakatini keltirib chiqardi va mag’lub nemislarni Sovetlar hamda g’arbiy demokratik davlatlar orasida bo’lib yuboradi.
Cherchil 30 – yillarning xatolarini qaytarmaslikka chaqirdi va ozodlikning qimmati , demokratiya va totalitarizmga qarshi ,, Xristian sivilizatsiya “ uchun turishni , buning esa anglosakson millatlarning ahilligi va birligi kerakligini aytdi.
Bir haftdan so’ng I.V.Stalin “ Pravda “ ga intervyusida Cherchilni Gitler bilan bir qatorga qo’ydi va uni o’z nutqida G’arbni SSSR bilan urushga chaqirganligida aybladi.
Vaqt o’tishi bilan bloklar qarshiligidagi tanglik o’zgarib borar edi. Uning eng keskin nuqtasi Koreya urushi yillariga to’g;ri keladi , uning oqibatida 1956 – yili Polsha , Vengriyadagi voqealar va Suets inqirozi kelib chiqadi. Xrushyov ,, iliqligi “ kelishi bilan tanglik ozgina yengillashadi , bu ayniqsa 1950 - yillarning ohirgi xos ;
Qo’shma Shtatlar va SSSR to’g’ridan – to’g’ri harbiy ziddiyatga kirishmagan bo’lsalar ham , ularning dunyoga ta’sirni o’tkazish borasidagi raqobat ko’pincha butun dunyo bo’ylab local harbiyi ziddiyatlarga olib lelar edi. AQSH va Sovet Ittifoqi o’zlarinig ta’sir doiralarini yaratdilar hamda ularni harbiy - siyosiy bloklar – NATO va Varshava bitimi bilan mustahkamnladilar .
Sovuq urushi Uchunchi jahon urushiga olib kelishiga xavf tug’diruvchi oddiy va yadroviy qurollar poygasi bilan birga olib borildi. Dunyo halokat arafasida turgan bunday holatlardan biri 1962 – yilgi Karib inqirozi bo’ldi. Shundan so’ng 1970 - yillarda ikkala tarafdan xalqaro tanglikni ,, yengillashtirish “ va qurollanishni cheklash harakatlari amalga oshirildi.
Ikki eng buyuk davlat o’rtasida munosabatlarning tobora keskinlashib borishi oqibatida ikki harbiy siyosiy ittifoq vujudga keldi.
Ularning birinchisi AQSh va uning ittifoqchilarini birlashtirgan Shimoliy shartnomasi – NATO deb ataladi. Bu ittifoq 1949 – yilning 4 – aprelida Vashington shahrida 12 davlat ishtirokida tuzildi ( AQSh , Buyuk Britaniya , Fransiya , Kanada , Belgiya , Daniya , Islandiya , Italiya , Lyuksenburg , Gollandiya , Norvegiya , Portugaliya ). AQSh generali D.Eyzenxauer uning qo’mondoni etib tayinlangan.
1949 – yilnig 1 – oktiyabrda kommunistik Xitoy Xalq Respublikasining tashkil topishi , 1950 – yilda esa SSSR bilan Xitoy o’rtasida ,, Do’stlik , ittifoqlik va o’zaro yordam to’g’risida “ shartnoma imzolanishi AQSH ni qattiq tashvishga solib qo’ydi . XXR ning tashkil topishi bilan ,, jahon sotsializm tizimi ‘’ shakllanishi nihoyasiga yetdi. 1955 – yilda GFR NATO ga a’zo etib qabul qilindi. Hozirgi davrda NATO ga Bolgariya , Vengriya , Gretsiya , Ispaniya , Latviya , Litva , Polsha , Ruminiya , Slovakiya , Sloveniya , Turkiya , Chexiya , Estoniya kabi davlatlar a’zodirlar. Sharqiy Yevropa davlatlari ( SSSR , Polsha , Vengriya , Ruminiya , Bolgariya , Chexoslovakiya , GDR ) 1955 – yilning 14 – mayida o’zlarning harbiy – siyosiy ittifoqi - Varshava shartnomasi tashkilotini tuzdilar . Shunday qilib , dunyo , shu jumladan , Yevropa ikkiga bo’lindi.
Do'stlaringiz bilan baham: |