Universial sozlanmaydigon moslamalar (USM) - turli formadagi va turli xil zagotovkalarni mahkamlash uchun qo’llaniladi. Bularga: universal ajralmas kulachokli patronlar, universal frezerlik va slesarlik tiskilari kiradi.
Universal sozlanuvchi moslamalar – turli xil konfigurasiyali zagotovkalarni mahkamlash uchun qo’llaniladi. Bularga: universal almashuvchi kulachokli patronlar, universal almashuvchi gubkali tiskilar, sirpanuvchi konduktorlar va h.k lar kiradi.
Mahsuslashgan sozlanmaydigan moslamalar (MSM) – bir xil ishlov berishni talab qiladigan, bir xil baza yuzali, konstruktiv texnologik sharoiti yaqin zagotovkalarni mahkamlash uchun qo’llaniladi. Bir xil tipli operasiyalarni amalga oshirish uchun ba`zi elementlarni sozlash bilan kifoyalanadi. Bularga val tipidagi detallarni guruhlarni guruhli ishlov berish moslamalari, vtulka, flyanes, disk, kronshteyin va boshqa guruhli detallarni bir vaqtni o’zida ishlov berish moslamalari kiradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |