Dastgoh moslamalari – ularni dastgohda ishlov berish uchun zagotovkalarni o’rnatish va mahkamlash uchun qo’llaniladi. Mexanik ishlov berishni turiga qarab ular: tokarlik, parmalash, frezerlik, yo’nib kengaytirish, jilvirlash va boshqa dastgohlar moslamalariga bo’linadi. Bu moslamalar moslamalarni umumiy soniga nisbatan 70 – 80 % ni tashkil qiladi [16].
2. Ishchi asboblarni mahkamlash moslamalari – ular ko’p asboblarni normallashgan va standartlashganligi uchun ko’p sonli detallarni normallashgan va standartlashgani bilan xarakterlanadi. Bularga parmalash uchun patronlar, razvertka va metchiklar golovkalari va derjavkalar kiradi. Yuqoridagi 1 va 2 guruh moslamalari texnologik tizimni asosiy negizi hisoblanadi [16].
Do'stlaringiz bilan baham: |