Sabab-oqibat bog‘liqliklarini aniqlash masalalari. Sabablarni aniqlash; oqibatlarni aniqlash; isbot; rad etish; qonuniyatlarni aniqlash; yangi funksiyani aniqlash; tizim elementlari o‘rtasidagi aloqalarni aniqlash; bashoratlash.
Tadqiqotchilik operatsiyalarini bajarish uchun masalalar. Muammolarni shakllantirish; tadqiqot rejasini, muammoni yechish rejasini tuzish; kuzatishlar, o‘lchashlar va sinovlarni rejalashtirish va o‘tkazish; faoliyat natijalarini tahlil qilish va baholash.
Ijodkorlik masalalari tizimiga shuningdek turli xil guruhlardan masalalarni birlashtirish yo‘li bilan olingan kombinatsiyalangan topshiriqlar ham kiritilishi mumkin. Biroq ijodkorlik masalalarini darslarda va darsdan tashqari mashg‘ulotlarda o‘zidan-o‘zi qo‘llanilishi bu hali ijodiy fikrlashni shaklantirish va rivojlantirish emas. Bu jarayon o‘quvchilar ijodkorlik masalalarini yechish metodlarini o‘zlashtirib, mustaqil ravishda ularning keyingi bobda batafsil to‘xtaladigan modifikatsiyalari (turlari)ni yaratganlarida amalga oshiriladi. Ijodkorlik masalalarini yechish uchun hech qanday metodlar qo‘llanmasa, bu o‘qituvchi va o‘quvchilar uchun qiziqarli bo‘lgan, lekin hech nima shakllantirmaydigan va rivojlantirmaydigan «topag‘on» o‘yinidan boshqa narsa emas.
Ijodkorlik masalalarini hal qilishning mantiqiy ketma-ketligi
Har qanday masalani hal qilish uchun avvalambor undan ko‘zlangan maqsadni aniq shakllantirish hamda mavjud imkoniyatlar doirasida uni hal qilishning eng samarali metodlarini topa bilish talab etiladi. Ijodkorlik masalalari "Maqsad - maqsadga erishish uchun mavjud imkoniyatlar" ko‘rinishidagi mantiqiy ketma-ketlik asosida quyidagicha hal etilishi mumkin. Bu o‘rinda masala, muammo va uning amaldagi holati tushunchalari umumiy holatda qo‘yilgan maqsad va shartlar asosida belgilanadi.
Ijodkorlik masalasi odatda quyidagi ko‘rinishga ega bo‘ladi: "[A] shartlar berilgan, [H] maqsadga erishish talab etiladi". Masalani shartli ravishda [A,H] mantiqiy ifoda shaklida yozib olamiz. Lekin ma’lum sharoitlarga tatbiqan ushbu mantiqiy ketma-ketlik turli ko‘rinishlarda bo‘ladi, buni quyidagi misollarda ko‘rishimiz mumkin.
misol. Berilgan: texnologik jarayon, ishni bajarish hajmi va muddatlari, agrotexnik talablar, tuproq va ekin maydoni tavsifi, mexanizmlarning tuproqqa beradigan bosimi chegaraviy qiymati. Ekin maydoni birligiga sarflanadigan ekspluatatsion sarf - xarajatlar miqdorini minimumga keltirish imkonini beruvchi kombinatsiyalashgan ishlov berish agregati uchun yangi texnik yechim talab etiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |