To‘garak tiplari:
tayyorlov texnik to‘garagi;
fan (ilmiy-texnik) to‘garagi;
sport-texnik to‘garagi;
ishlab-chiqarish texnik to‘garagi;
badiiy-amaliy to‘garaklar.
Ixtirochilik - ilmiy g‘oyalarining texnik yechimlarga ijodiy tadbiqi, ilmiy texnika taraqqiyoti sur’atlarini belgilovchi asosiy ko‘rsatkich, yangi texnika va texnologiyalar yaratilishining mezoni hamda uning yuqori ilmiy-texnik darajasini ta’minlovchi omil hisoblanadi.
Ixtirochilik bilimlari - yangi texnik yechim ishlab chiqish uchun talab etiladigan tushuncha va tasavvurlarning bilish faoliyati mahsuli sifatida inson ongidagi tizimlangan in’ikosi.
Ixtirochilik ko‘nikmalari - insonning maqsadga yo‘naltirilgan ijodiy faoliyatini anglangan nazoratni susaytirgan holda aqliy jarayon bosqichlarini tez va to‘laqonli amalga oshirish darajasini ifodalaydi.
Ixtirochilik malakalari - insonning mos ravishdagi ijodiy faoliyatini qisman avtomatlashgan tarzda, amalga oshiriladigan aqliy jarayon bosqichlarining faqat dastlabkisini anglagan holda amalga oshira olish darajasi.
Masala - bu ko‘zlangan natijaga erishish yoki berilgan harakatni bajarish yo‘llari to‘g‘risidagi bilim va vositalarning yetarli darajada shakllantirilgan ifodasidir .
Muammo - hal qilinishi talab etiladigan vazifa bo‘lib, uni amalga oshirish uchun zarur yechim yoki muqobil yechimlarni topishning imkoni bo‘lmaydi yoki ikkala sabab birga keladi.
Maqsad - faoliyatning avvaldan fikran o‘ylangan natijasi. Bevosita motiv sifatida maqsad inson faoliyatini muayyan yo‘lga boshlaydi va uni boshqaradi.
Ijodkorlik faoliyati
Ma’lumki, faoliyat – natijasida inson aniq mahsulot yaratadigan jarayondir. Faoliyat reproduktiv va ijodiy bo‘lishi mumkin. Reproduktiv faoliyat – bu batafsil ishlab chiqilgan algoritm bo‘yicha bajariladigan jarayon va bu natijada faoliyat subyekti (subyektiv yangilik) uchun ham, boshqa kishilar uchun ham (obyektiv yangilik) yangilik bo‘lmagan mahsulot yaratiladi. Ijodkorlik faoliyati bu boshqa masala. Ijodkorlik faoliyatining hech bir turi uchun ularni bajarishning batafsil algoritmi yaratilishi mumkin emas, biroq ijodkorlik faoliyatining ko‘pgina turlari uchun umumiy algoritm allaqachon yaratilgan, masalan: insho yozish, kiyimlarni moslashtirish, texnika bo‘yicha ijodkorlik masalalarini yechish va boshqalar. Ijodkorlik faoliyati natijasida subyektiv yoki obyektiv yangilikka ega bo‘lgan mahsulot yaratiladi.
Siz nima deb o‘ylaysiz, hayotiy muvaffaqiyatga erishish borasida shaxs uchun nima aniqlovchi bo‘lib hisoblanadi: mablag‘, ota-onalar mavqei, aloqalar, ma’lumoti darajasi, tillarni bilishi yoki boshqa yana nimadir? Ana shu aynan nimadir shaxsning ijodkorlik faoliyati metodlari va texnologiyalarini egallash darajasini aniqlovchi bo‘lib hisoblanadi. Yuqoridagi shartlarning insonda mavjud bo‘lishi kasbiy martabada ma’lum darajani egallash imkonini beradigan ajoyib bajaruvchi bo‘lish imkonini beradi, biroq hayotiy muvaffaqiyat zinapoyasida ko‘tarilish ijodkorlik faoliyatisiz mumkin emas. Aniqrog‘i, inson hal qila olmaydigan birinchi muhim muammogacha mumkin. Bunga ishonch hosil qilish uchun odamlarni qat’iy retseptlar bilan davolagan vrach va bir bemorda nostandart holni, yoki standart gruntlar uchun mo‘ljallangan binoni loyihalagan injenerni, loyiha bo‘lsa, juda bo‘sh grunt uchun buyurtma qilinganligini tasavvur qiling. Va bunday misollarni ko‘plab keltirish mumkin. Shuning uchun ijodkorlik faoliyati shaxsning asosiy intellektual kapitali bo‘lib hisoblanadi, aynan u har bir insonning kasbidan qat’iy nazar hayotda muvaffaqiyatini aniqlaydi. Ya’ni ijodkorlik faoliyati – bu hech qanaqangi pulga sotib olib bo‘lmaydigan, faqat o‘rganish mumkin bo‘lgan faoliyat.
Do'stlaringiz bilan baham: |