1. O’rganish uchun amaliy mashqlar , teshiklar o’yish, quloqcha va turumlarni rejalash, o’rtalik birikmalarni bir-biriga moslash. O’quvchilarni duradgorlik birikmalaridagi birikmalarning xillari va usullari, ularni tayyorlash yo’llari va mavjud texnologiyasi bilan tanishtirish lozim. Shuningdek ulardan ayrim birikmalarni tayyorlash texnologiyasini bilishi oldin o’rgatilgan operasiyalarni qayta bajarishni va tanishilgan asboblarni ishlatishni talab qilib borish kerak. Duradgorlik detallarini biriktirish operasiyalari ma’lum bir texnologiya bo’yicha bajariladigan amaliy prosessdir. Ma’lumki, duradgorlik buyumlarining detallari turli usullarda o’zaro biriktiriladi (rasm.) birikmalar asosan yelim, har xil mixlar yordamida, bolt xomut va skobalar bilan mahkamlanadi (biriktiriladi.)
Biriktirish xillari: Detallarning to’g’ri va qiya kesilgan qirralarini biriktirish. Bunda yog’och materiallarining chetki qirralari yaxshi tekislanadi. Va yumaloq turumlar bilan biriktiriladi. Turumlarning yo’g’onligi taxtaning yarim qalinligidan 3-4 marta katta turumlarning o’rtasidagi oraliq esa, 100-150 mm bo’lishi lozim. 2. Choklar yasab biriktirish. 3. Taxtalarni to’g’ri burchakli shpunt yasab biriktirish.
Biriktirish usullari. Ulash, yog’och detallarini uzaytirish uchun ularning toreslari bir-biriga biriktiriladi, ya’ni ikki yog’ochning toreslari tekislanib birbiriga jipslashtiriladi va uchinchi yog’ochni ularning ustiga qo’yib mahkamlanadi. Yuk ta’sir etmaydigan dtallar, masalan, plintuslar, portret ramkalarningning uchlari 45 gradus burchak ostida kesib birlashtiriladi.
Ko’ndalang kesuvchi kuch ta’sir etadigan detallarning uchi yarim qalinlikda to’g’ri kesilib, birining ustiga ikkinchisini qo’yib ulanadi va yog’och mixlar bilan maxkamlanadi. Yanada mustahkamroq bo’lishi uchun yog’ochlar uchi qalinligining yarmisicha qiya teksilik bo’ylab to’g’ri kesib biriktiriladi. Juda puxta ulanishi zarur bo’lgan detallarda qiya birikmaning uzunligi ulanayotgan detallarning qalinligida kamida sakkiz marta katta bo’lishi lozim.
Usqo’yma qilib va o’yib ulash usullari. Detallar turumlar yordamida mustahkamroq ulanadi. Hozirgi vaqtda ponasimon yoki tishli turum bilan ulash keng tarqalgan. Detallar bu usulda ulanganda yelimlanadigan yarim toreslarning maydoni katta bo’ladi, ular puxta ulanadi, yog’ochdan tejamli foydalaniladi. Detallar ham eni, ham qalinligi bo’yicha ponasimon ulanish mumkin. Cho’zuvchi kuch ta’sir etadigan detallar «qaldirg’och quyruq» shaklidagi ochiq turum bilan ulanadi, lekin bu usulda ulashda pastdan tayanch qo’yish kerak. Detallarni ularning yarim qalinligi bo’yicha «qaldirg’och quyruq» shaklidagi turum bilan ulanganda pastdan tayanch qo’yilmaydi. «Qaldirg’och quyruq» shaklidagi turumni qo’lda ham, stanokda ham yasash mumkin.
Burchak ostida ulash (bog’lash). Detallarni burchak ostida ulash ularning uchlarini bir-biriga taqab, ustma-ust qo’yib to’g’ri va 45 gradus burchaklar ostida qiya yasalgan turumlar vositasida bajariladi. Turumli birikma uya yoki o’yiqdan iborat bo’ladi. uya yoki o’yiq turum zich kiradigan qilib yasalishi kerak. Shuningdek, turum ortiqcha qalin bo’lmasligi lozim, aks holda uni uyaga yoki o’yiqqa kiritishda brus yorilib ketishi mumkin.
Buyumning puxtaligi detallarning pishiq ulanishiga, birikmaning pishiqligiga esa o’z navbatida detallarning, ayniqsa, birikma elementlarining aniq ishlanishiga bog’liq. Shuning uchun detallarni to’g’ri va aniq rejalash katta ahamiyatga ega. Rejalash asboblari tuzuk bo’lishi va ishga yaxshi tayyorlanishi, rejalashda uchi o’tkir ochilganligi qalamdan foydalanish, randalanganda detallarning chizig’i, goniya va reysmusdan foydalanib rejalash kerak. O’quvchilarni duradgorlik birikmalaridagi birikmalarning xillari va usullari, ularni tayyorlash yo’llari va mavjud texnologiyasi bilan tanishtirish lozim. Shuningdek ulardan ayrim birikmalarni tayyorlash texnologiyasini bilishi oldin o’rgatilgan operasiyalarni qayta bajarishni va tanishilgan asboblarni ishlatishni talab qilib borish kerak. Duradgorlik detallarini biriktirish operasiyalari ma’lum bir texnologiya bo’yicha bajariladigan amaliy prosessdir. Ma’lumki, duradgorlik buyumlarining detallari turli usullarda o’zaro biriktiriladi (rasm.) birikmalar asosan yelim, har xil mixlar yordamida, bolt xomut va skobalar bilan mahkamlanadi (biriktiriladi.)
Biriktirish xillari: Detallarning to’g’ri va qiya kesilgan qirralarini biriktirish. Bunda yog’och materiallarining chetki qirralari yaxshi tekislanadi. Va yumaloq turumlar bilan biriktiriladi. Turumlarning yo’g’onligi taxtaning yarim qalinligidan 3-4 marta katta turumlarning o’rtasidagi oraliq esa, 100-150 mm bo’lishi lozim. 2. Choklar yasab biriktirish. 3. Taxtalarni to’g’ri burchakli shpunt yasab biriktirish.
.2. O’rtalik birikmalarni bir-biriga moslash.Biriktirish usullari. Ulash, yog’och detallarini uzaytirish uchun ularning toreslari bir-biriga biriktiriladi, ya’ni ikki yog’ochning toreslari tekislanib birbiriga jipslashtiriladi va uchinchi yog’ochni ularning ustiga qo’yib mahkamlanadi. Yuk ta’sir etmaydigan dtallar, masalan, plintuslar, portret ramkalarningning uchlari 45 gradus burchak ostida kesib birlashtiriladi.
Ko’ndalang kesuvchi kuch ta’sir etadigan detallarning uchi yarim qalinlikda to’g’ri kesilib, birining ustiga ikkinchisini qo’yib ulanadi va yog’och mixlar bilan maxkamlanadi. Yanada mustahkamroq bo’lishi uchun yog’ochlar uchi qalinligining yarmisicha qiya teksilik bo’ylab to’g’ri kesib biriktiriladi. Juda puxta ulanishi zarur bo’lgan detallarda qiya birikmaning uzunligi ulanayotgan detallarning qalinligida kamida sakkiz marta katta bo’lishi lozim.
Usqo’yma qilib va o’yib ulash usullari. Detallar turumlar yordamida mustahkamroq ulanadi. Hozirgi vaqtda ponasimon yoki tishli turum bilan ulash keng tarqalgan. Detallar bu usulda ulanganda yelimlanadigan yarim toreslarning maydoni katta bo’ladi, ular puxta ulanadi, yog’ochdan tejamli foydalaniladi. Detallar ham eni, ham qalinligi bo’yicha ponasimon ulanish mumkin.
Cho’zuvchi kuch ta’sir etadigan detallar «qaldirg’och quyruq» shaklidagi ochiq turum bilan ulanadi, lekin bu usulda ulashda pastdan tayanch qo’yish kerak. Detallarni ularning yarim qalinligi bo’yicha «qaldirg’och quyruq» shaklidagi turum bilan ulanganda pastdan tayanch qo’yilmaydi. «Qaldirg’och quyruq» shaklidagi turumni qo’lda ham, stanokda ham yasash mumkin.
Burchak ostida ulash (bog’lash). Detallarni burchak ostida ulash ularning uchlarini bir-biriga taqab, ustma-ust qo’yib to’g’ri va 45 gradus burchaklar ostida qiya yasalgan turumlar vositasida bajariladi. Turumli birikma uya yoki o’yiqdan iborat bo’ladi. uya yoki o’yiq turum zich kiradigan qilib yasalishi kerak. Shuningdek, turum ortiqcha qalin bo’lmasligi lozim, aks holda uni uyaga yoki o’yiqqa kiritishda brus yorilib ketishi mumkin. Buyumning puxtaligi detallarning pishiq ulanishiga, birikmaning pishiqligiga esa o’z navbatida detallarning, ayniqsa, birikma elementlarining aniq ishlanishiga bog’liq. Shuning uchun detallarni to’g’ri va aniq rejalash katta ahamiyatga ega. Rejalash asboblari tuzuk bo’lishi va ishga yaxshi tayyorlanishi, rejalashda uchi o’tkir ochilganligi qalamdan foydalanish, randalanganda detallarning chizig’i, goniya va reysmusdan foydalanib rejalash kerak.