2. Dizayn tushunchasi. Dizaynda kompozisiya deganda bazan tugallangan obektni xarakterlovchi sifat baxosi tushuniladi. Dizayn nazariyasi hozirgi kunda texnik estetika deb nomlanib, u o’z ichiga ijtimoiy, iqtisodiy, yergonamik masalalarni oladi. Yaratilayotgan har qanday obekt ma’lum vazifani (fuknsiyani) bajarishga qaratilgan.
Obektning shakli, o’lchami uning funksiyasiga shakl mazmuni va tashqi qiyofasiga mos kelishi kerak. Agar buyumning yeni va balandligi chuqurligidan nihoyatda katta bo’lsa, bunday to’zilishi frontal, agar buyumning chuqurligi yuqorida aytilgan tartibda bo’lsa, u holda bunday to’zilishni fazoviy to’zilish deyiladi.
Biz buyumni qarab chiqar yekanmiz, uning qanday ishlashini
tekshirib ko’ramiz, uning shakliga maxliyo bo’lamiz. Shunday yekan, bizning “foyda” va “go’zallik” xaqidagi baxomiz o’rtasida aniq chegara qo’yish oson yemas. Ba’zan amaliy foyda, konstruktiv puxtalik va o’ylab ko’rilganlik faqat amaliy qoniqish yemas, balki yestetik kechinma ham hosil qiladi.
Loyihalovchi yangilik yaratar yekan, bu ma’noda aktiv pozisiyada turishi shart. U shuni yesda tutishi kerakki, odamni faqat foyda quvontirib qolmaydi, balki bu foyda aniq ravshanligi ham quvontiradi; faqat bu mashina ishini mohiyatigina yemas, balki bu mohiyatning aniq ravshanligi ham quvontiradi.
Ayrim buyumlar xayrixoxlik, xatto o’ziga nisbatan yextirosli yemosional munosabat uyg’onish mumkin. Inson bilan buyum o’rtasida chuqur individual aloqalar bo’lishi mumkin. Ba’zi bir shaxsiy buyumlarni va xatto buyumlar loamini ahamiyati ularni iste’mol ma’nosidan chetga ham chiqadi.
Biz buyumlarni kamdan – kam hollarda alohida tarzda idrok yetamiz: chunki ular odatda grurppalar, komplekslar yoki buyumlar muhTI degan muhitni hosil qiladilar.
Uyg’onish davriga qadar bo’lgan texnika bilan sa’nat ko’proq bir – biridan ajralmas yedi, shu sababli tevarak atrofdagi barcha narsalarning uslub birligi to’liq va uzviy bo’lgan yedi. Texnikani ajralib chiqishi 18-asrlarda ro’y berdi va o’tgan asrni o’rtalarida g’alati shakllar kashf yetdi, bu vaqtda yendi tugallangan buyumga jilo bera boshlagan yedilar. Bu o’zgargan shart – sharoitlar buyumlar olamida qanday iz qoldirganligini va dizaynerlik loyihalarini paydo bo’lishi bilan ahvol naqadar o’zgarib ketganligini tasovvur qilish qiyin yemas. Dizaynerlik loyihalari o’zini texnik va yestetik asoslari borligi bilan xarakterli yedi.
Bir – biriga bevosita yaqin turgan buyumlar bir – biri o’zaro befarq bo’la olmaydi. Ularda turishi va xatto bir-biri bilan sirtdan “chiqishib ketolmasligi” mumkin.
Lekin biz shuni bilamizki, odam ongida yakka – yolg’iz narsani umumiy narsaga “sig’dirish”ga, o’zining ko’z o’ngida bo’lgan hamma narsani sintezqilishga intilish bo’ladi. Ovqat stolidagi idishlar tasodifan tanlangan bo’lishi va farq zarur yehtiyojnigina qondirishi, shuningdek o’zicha buyumlarning garmonik uyg’unligidan iborat bo’lishi ham mumkin. Shu sababli bayram dasturxonlari uchun ovqat, choy, kofe servizlari bor.
Xo’sh, buyumlarning birligiga qanday yerishish mumkin, buyum tzplami qay tariqa ansambl bo’la oladi?
Ansambldagi har bir buyum butunning bir “oila”ni hosil qiladi. Bu yerda gap faqat bir xil o’lchovda yemas (servizdagi choynak bilan piyola yoki mebel naboridagi stol bilan taburetkani qiyoslab ko’raylik). Buyumlarni asosiy belgilarning birligiga o’xshash forma, o’xshash to’zilish, o’xshash proporsiyalar, bir xil materiallar, bir xil ranglar uyg’unligi va naqshlar birlashtirib turadi.
Xammaga ma’lum bo’lgan choy servizi ansambl ko’rib chiqamiz.
Barcha buyumlarning (chashka, choynak, sutdon, qantdon) suleti bizning
misolimizda yarim sirkul bilan chiziladigan yegri va to’g’ri vertikallar hamda gorizontallarining uyg’unlashuvi asosida qurilgan. Tutqichning qalinligi bir xil, u o’zining yuqorigi cheti bilan idishning chetiga maxkamlangan, pastdan yesa butun yuzasi bilan idishga tegib turadi.
Devorlarning qalinligi barcha buyumlarda bir xil, ularning hammasi bitta materialdan (fayans, chinni yoki sopoldan) qilingan, har bir buyumning yuqori qismidan bir xil naqsh lentasi xoshiyalab turibdi. Choynak, moydon qopqoqlarida bir xil shariklar bor.
Uylarimizdagi xonalarga ba’zan duch kelgan mabel qo’yiladi, lekin mabel garniturini sotib olishga intilish kamroq seziladi. Prinsip jihatdan mebel garnituri serviz kabi to’ziladi, unga tashqi belgilarning birligi yoki o’xshashligi prinsipi asos qilib olinadi.
Biz amalda kamdan-kam hollarda bir xil buyumlarni to’plash bilan cheklanamiz. Ular orsiga albatta butunlay boshqa qiyofadagi buyum kirib qoladi, u mantiqan mazkur muhitga tegishli bo’ladi. Bu buyum go’yo begona bo’lgan boshqa buyumlar bilan bir qavdar garmonik yaxlit narsa bilan bog’lanishi mumkin. Ularni konrtast bog’lab turadi: bu narsa ikkinchisini xuddi to’ldirib turganday bo’ladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |