2.50
-
chizma
Tekis tuguncha eng asosiy va ko`p tarqalgan tuguncha usullaridan
hisoblanadi. U bezakning asosiy qismi yoki bezak hosil qilishda
boshqa qismlariga qaraganda markaziy bo`lishi mumkin. Quyida tekis
tugun yordamida to`qilgan turli xil bezak nusxalar keltirilgan.
Buralgan tugun. Buning uchun ishchi ipni asosiy iplar ustiga faqat
chap tomondan qo`yilishi kerak (2.51-chizma, a). O`ng tomondagi
ishchi ipni esa har doim diagonal bo`yicha pastdan o`tkaziladi.
To`qish jarayonida tuguncha bemalol buralishi kerak. Buralgandan
so`ng ipni yana chap tomondan olish zarur.
2.51-chizma
~ 176 ~
2.52-chizma 2.53-chizma
Ikkinchi usulda buning aksi bo`ladi, ya‘ni chetki ishchi ipni
asosiy iplar ustiga faqat o`ng tomondan qo`yilishi kerak. Chap
tomondagi ishchi ipni esa har doim diagonal bo`yicha pastdan
o`tkaziladi (2.51-chizma, b). 2.52-chizmada o`ngga va chapga
buralgan tugunlar keltirilgan. 2.53-chizmada xuddi shunday tugunning
ikkita ip bilan to`qilishi ko`rsatilgan.
Do`ngliklar. Markazida bittadan yoki guruh bo`lib joylashgan
do`ngliklar makrame naqshining manzarali ko`rinishini ta‘minlaydi.
Ularni quyidagicha hosil qilinadi: 6 ta tekis tugunchalar hosil qilinadi,
keyin tugunchalar joylashgan asosiy iplar old tomoni ustidan asosiy
iplarning yuqorisidan teskari tomoniga olib chiqiladi, ishchi iplarini
esa o`tkazib olinadi: chap tomondagi ishchi ipni yuqori chetidagi
asosiy va chap ishchi ip orasidan, o`ng tomondagi ishchi ipni esa
yuqori qismi asosiy va o`ng tomon ishchi iplari orasidan o`tkaziladi.
Asosiy iplarni 6 ta tekis tugunchalar to`qimasi aylana hosil
qiladigan qilib tortiladi, yon tomondagi ishchi iplar bilan esa yana
tekis tuguncha hosil qilinadi (2.54- chizma).
2.54-chizma 2.55-chizma
~ 177 ~
Agarda do`ngliklar bog`lanishi ko`zda tutilgan bo`lsa, unda
ma‘lum masofada keyingi do`nglikni hosil qilinadi, agarda bitta
do`nglik kerak bo`lsa to`qishni bezak bo`yicha davom ettiriladi.
Ikki xil rangli bog`ich. Bunday bezatish bog`ichlaridan eshik
pardalarida, gultuvak solinadigan to`qimada yoki biror bir naqshga
qo`shimcha sifatida foydalanish mumkin.
Ushbu bog`ichni bir xil uzunlikdagi 4 ta ipdan to`qiladi.
Belgilangan buyumdan to`rt barobar uzun qilib iplar kesib olinadi,
ularni o`rtasidan bukiladi va asosiy ipga bog`lanadi. Keyin tekis
tuguncha to`qiladi. Shundan so`ng yon tomondagi ishchi iplarni
o`rtaga olinadi va avvalgi o`rtada bo`lgan asosiy iplardan tekis
tuguncha to`qiladi (2.55-chizma).
Наr bir tugunchadan so`ng iplarning o`rni almashtiriladi. Ushbu
tasmani bir xil rangli materialdan yoki turli rangli iplardan to`qish
mumkin.
Pikoli bog`ich. Bog`ich uchun 4 ta ip kerak bo`ladi, o`rtadagi
ikkita asosiy iplarning uzunligi buyum uzunligiga teng bo`ladi. Ikki
chetki ishchi iplar - birinchi holatda ikki barobar uzun, ikkinchi
holatda - 6,5 barobar uzun bo`ladi. Tugunchalar bir-biridan bir xil
masofada bo`lishi uchun kartondan chizg`ich qirqib olinadi. Asosiy
iplar ustida tekis tuguncha to`qiladi, keyin asosiy va ishchi iplar
o`rtasiga karton chizg`ich joylashtiriladi va keyingi tuguncha hosil
qilinadi (2.56- chizma, a). Chizg`ichni olib qo`yib ishni davom
ettiriladi.
Shu usulda piko bog`ichli tugunchani hosil qilish mumkin. Uchta
tekis tugunchadan keyin iplar orasiga chizg`ich joylashtiriladi va
keyingi uchta tugunchani to`qiladi, chizg`ichni olib qo`yiladi va uchta
yangi hosil qilingan tugunchalarni avvalgilari tomon suriladi (2.56-
chizma, b). Pikoni o`z xohishiga qarab guruhlashtirish mumkin. 2.57-
chizmada piko tugunchani hosil qilishning turli usullari berilgan.
~ 178 ~
2.56-chizma
Ishchi iplarda tugunchali bog`ich. Bog`ichning ishchi iplaridan
oddiy tugunchalar hosil qilinsa, u yana ham chiroyli bo`ladi.
Tugunchalarni yon tomonlarda turlicha joylashtirish mumkin. 2.56-
chizma, a va b - tekis tuguncha ishchi iplaridagi oddiy tugunchalar
bilan ketma-ket keladi. Ishchi iplar buyumdan to`rt barobar uzun
bo`ladi.
2.57-chizma
~ 179 ~
2.58-chizmada tekis uchta tugunchadan keyin ishchi iplardan 3-4
oddiy tugunchalar to`qilishi ko`rsatilgan. Ulardan yarim aylanani hosil
qilib, yana uchta tekis tugun to`qiladi. Ishchi iplar asosiy iplardan to`rt
barobar uzun olinadi.
2.58-chizma
Asosiy iplarda tugunchali bog‘ich. Ushbu bog`ich uchun 4 ta ip
kerak bo`ladi. Ikkita asosiy ip buyumdan ikki barobar uzun, ishchi
iplar 2,5 barobar uzun bo`lishi kerak. Ishchi iplarni gorizontal asosiy
ipga mahkamlanadi va 1-2 ta tekis tuguncha hosil qilinadi, keyin
ikkita asosiy vertikal iplardan bitta oddiy tuguncha hosil qilinadi va
yana tekis tuguncha to`qiladi (2.59-chizma), tugunchalar sonini
o`zgartirish mumkin (2.60-chizma).
2.59-chizma 2.60-chizma
~ 180 ~
2.61-chizma
Fonli (asosli) naqsh yoki «shaxmat» to`r. Tekis tugunchalarni
shaxmat tartibida joylashtirib yoki iplar to`plamidan hosil qilib bu
naqshni boshqa ko`rinishdagi bezaklar uchun asos (fon) sifatida
foydalanish mumkin. Ushbu holatda iplar soni to`rtga bo`linishi va
ularning barchasi buyum uzunligidan 3,5 barobar uzun bo`lishi kerak,
chunki bu tugunda asosiy va ishchi iplar almashib to`qiladi (2.61-
chizma). Rasmda bu tugunning to`qilish usuli va ishlatilishi
ko`rsatilgan.
Zig-zag bog`ich. Ikkita yoki iplar to`plamidan to`qilgan zig-zag
bog`ich chiroyli ko`rinadi. Unda ikkita ipning bittasini tarang tortib
turiladi, ikkinchi ipni shu birinchi ip atrofida aylantirib to`qiladi.
So`ngra, aksincha, ikkinchi ipni tarang tortib turiladi, birinchi ipni shu
ikkinchi ip atrofida aylantirib to`qiladi va hokazo (2.62-chizma).
Bunda ip buyum uzunligiga nisbatan uch barobar uzun olinadi.
Rasmda iplarning o`rnini almashib turishi raqamlar bilan ko`rsatilgan.
2.62-chizma
~ 181 ~
Gorizontal tugun. Bu tugunni hosil qilish uchun asosiy gorizontal
ipga 2 ta ishchi ipni mahkamlaymiz. Hosil bo`lgan 4 ta ipning
uchlaridagi chetki chap ipi asosiy ip, qolgan 3 ta ipni ishchi ip deb
olinadi. 1-asosiy ipni o`ng qo`l bilan gorizontal ravishda barcha ishchi
iplarning ustidan tortiladi. Asosiy ipning buklangan joyini
to`g`nog`ichlab olinadi (2.63-chizma, a).
2.63-chizma
Chap qo`l bilan 2 ishchi ipni chap tomonidan asosiy ip ustidan
olib o`tilib birinchi halqa hosil qilinadi( 2.63-chizma, b).
So`ngra 2 ishchi ipni asosiy ipda ikkinchi halqa hosil qilib oldinga
tortiladi (2.63-chizma, d). Hosil bo`lgan 2 ta halqani tekislab qo`yiladi
(2.63-chizma, e).
Xuddi shunday tarzda 3 va 4- ishchi iplar ham to`qiladi. Bu
tugunlardan bir necha qator gorizontal va diagonal to`qilib, turli
nusxalar hosil qilish mumkin (2.64, 2.65-chizma).
2.64-chizma 2.65-chizma
Ishni yakunlash usullari. Biror buyumni to`qishni boshlashni
bilish bilan birga, uni yakunlashni ham bilish muhimdir. Ishni turlicha
yakunlash mumkin: kokila, popuk, tekis va hokazo.
Kokila.
Ishning oxirida bir qator gorizontal tugun to`qiladi.
Ipning uchlarini tekis qilib qirqiladi. Hosil bo`lgan kokilani tekis,
~ 182 ~
to`lqinsimon yoki burchak qilib ham kesish mumkin. Agar to`qilgan
buyumning ipi bir necha qavat buralgan iplardan tashkil topgan bo`lsa,
ipning bu buramalarini tarqatib yuborilsa ham bo`ladi. U holda kokila
hurpayib chiqadi (2.66-chizma).
2.66-chizma
Do'stlaringiz bilan baham: |