Техник ижодкорлик ва дизайн фанининг назарий (лекция) машғулотлари мазмуни



Download 9,47 Mb.
Pdf ko'rish
bet89/118
Sana23.06.2022
Hajmi9,47 Mb.
#697157
1   ...   85   86   87   88   89   90   91   92   ...   118
Bog'liq
Техник ижодкорлик ва дизайн фанининг назарий (лекция) маш улотла

 
«Kapusin» tuguni
. To`qilayotgan buyumdagi ipning diametri 5-7 
mm bo`lsa, ish yakunida turli xil sathda «kapusin» tugunini to`qish 
mumkin. 2.67-chizma, a da uning bajarilish tartibi ko`rsatilgan, b da 
esa umumiy ko`rinishi berilgan. 
Sharlar, marjonlar. Ipning oxirini yog`och va keramik marjonlar 
bilan ham bezash mumkin (2.69-chizma). Buning uchun marjonning 
teshiklaridan ip o`tkaziladi, so`ngra kichkina tuguncha qilinadi. Agar 
marjonlar bir nechta bo`lsa, har bir marjon ipga kiydirilgandan keyin 
tugun qilinadi. 
2.67-chizma 2.68-chizma 
Popuk.
Buning uchun iplar to`plamini tayyorlab olinadi: 0,4 m 
uzunlikda 10 ta ip (A ipi), 0,5 m uzunlikda 1 ta ip (B ipi), 0,3 m 
uzunlikda 1 ta ip (D ipi). Asosiy A iplar to`plam qilib olinadi, D ipi 
ikkiga bukilib, 2.69 - chizma, a da ko`rsatilganidek joylashtiriladi. 
So`ngra В ipini shunday qo`yish kerakki, unda ipning bir uchi iplar 
to`plami uchlari bilan bir xilda joylashsin. Ikkinchi uchi bilan iplar 


~ 183 ~ 
to`plami o`raladi va uchini D ipi ning halqasiga kiritiladi (2.70-chizma 
b). D ipi tortiladi, В ipining uchi ortiqcha bo`lib chiqib qirqib 
tashlanadi. Shunda asosiy ipga В ipi mahkamlanadi. 
2.69-chizma
 
 
Turli buyumlarni to`qish 
Tugunli to`qish naqsh turiga va to`qilish zichligiga qarab zich va 
to`rsimon bo`ladi. To`rsimon to`qilgan tasmalarni kiyimlarda, sochiq, 
dasturxon va salfetkalarda bezak sifatida ishlatish mumkin. 
Makrame bilan bezatilgan buyumning tayyorlanish bosqichlari 
quyidagicha: 

model eskizini chizish; 

material va rangni tanlash; 

to`r nusxasini ishlab chiqish, eskizini tayyorlash; 

nusxa bo`yicha tanlangan material (ip)da sinab ko`rish; 

bezak detallarini tabiiy kattalikda andozasini tayyorlash; 

ipni ishga tayyorlash (bo`yash, uzunligini hisoblash); 

ishni boshlash. 
2.70-chizmada yubka modellarining makrame bilan bezatilgan 
eskizlari berilgan. Yubkaning cho`ntak listochkasini va belbog`ini 
yaxshi buralgan zig`ir iplarida to`qib bezash mumkin. Buning uchun 
mayda tugunli naqshlardan foydalanish yaxshi natija beradi. 
Etagiga kengaygan yubkalar klin(bo`lak)larining o`rniga shaxmat 
nusxa tartibida to`qilgan bezak qo`yib tikish mumkin. 
Yubkaning etak qismda ko`ngdalangiga yoki burchak ostida 
choki orasiga solib tikilgan to`rsimon naqsh bilan bezash ham 
yubkaning tashqi ko`rinishini yaxshilaydi. 


~ 184 ~ 
2.70-chizma 
Xatcho`p tayyorlash. 1-usul: ushbu usulda (2.71-chizma) har biri 
150 sm uzunlikdagi o`rtacha qalinlikdagi 6 ta ipdan foydalanilgan. 
Iplarni ikkiga bukiladi va chizg`ichga mahkamlanadi. Keyin 
gorizontal tugunchalar bilan bitta qator to`qiladi va barcha iplarni 
ikkiga ajratiladi. Ish - diagonal tugunlar bilan davom ettiriladi. Avval 
markaziy iplarda beshta ip bilan, keyin to`rtta ip bilan diagonal tugun 
to`qiladi va shu tartibda davom ettiriladi. 
5-qator (tugunchalar o`rami kamayib borgan tarzda) diagonal 
tugunchalar hosil qilinganidan so`ng o`rtasida 1 ta tekis tuguncha 
to`qiladi va barchasini boshidan takrorlab ishni davom ettiriladi. 
Buyumning uzunligi taxminan 20 sm ga yetganda oxirida bitta 
gorizontal tuguncha hosil qilinadi, chizg`ichni olib qo`yiladi va 
uchlaridagi kokillari tekislab qirqiladi. 


~ 185 ~ 
2.71-chizma 2.72-chizma 
2-usul: ushbu usulda 3 xildagi tugunchalardan foydalaniladi: 
diagonal tugunchalar, tekis tugunchalar va piko tarzida bajarilgan 
tugunchalar (2.72-chizma). 8 ta ipni ikki buklanadi va chizg`ichga 
mahkamlanadi. 
Ipning qalinligi taxminan paxta ipi 0-raqamli ipi qalinligiga mos 
keladi. 
Ishni uchta gorizontal tugunchalarni diagonal holatda hosil qilib, 
chetidan markazga qarab boshlanadi. Har bir tomonida chetidagi ip 
bilan keyingi ikki ipda piko bilan 6 ta ikkitalik tugunchalar hosil 
qilinadi. Ikkita tugunchali iplarni yarim aylana shakliga keltirilib 
bukiladi va to`g`nog`ich bilan mahkamlanadi: markazdan ikki 
tomonga 3 ta diagonal tugunchalar to`qiladi. Sakkizta o`rtadagi 
iplarda shaxmat tartibida 4 ta tekis tugunchalar hosil qilinadi va 
barchasini boshidan takrorlab ishni davom ettiriladi. Buyumning ikki 
uchini bir xil kokillar bilan bezatiladi. 
Gultuvak solib qo`yiladigan bezakli vaza (kashpo) (2.75-chizma). 
Bunga 6 m uzunlikdagi 8 ta, 0,3 m uzunlikdagi 2 ta zig`ir tolali 
bog`ich kerak bo`ladi. 
Bu 8 ta bog`ichlarning barchasidan birgalikda 18 sm uzunlikda 
tekis tugun to`qiladi va uni ikkiga bukib halqa hosil qilinib, bu 
bog`ichlarning hammasini 0,3 m uzunlikdagi ip bilan mahkamlanadi. 


~ 186 ~ 
So`ngra iplarni 4 ta guruhga 4 tadan bo`linadi. Har bir bo`lakda 4 
ta ipdan foydalanib, 41 sm uzunlikda tekis tugun yoki buralgan tugun 
bilan tutqichlar to`qiladi. 
Tutqichlarning har birini ikkiga bo`lib, 12 sm uzunlikda 2 tadan 
zigzag bog`ich to`qiladi (2.74-chizma). Bu bog`ichlar shaxmat 
tartibida bir-biri bilan tekis tugun qilib birlashtiriladi. 
Har bir tekis tugundan 10 tadan kvadrat tugunlar to`qilib, 
gultuvak sig`adigan holatga kelganda hamma iplarni ikkinchi 0,3 m 
uzunlikdagi ip bilan mahkamlanadi. 
Har bir ipning oxirini «kapusin» tuguni bilan yakunlash kerak. 
Quyida turli xil buyumlarning namunalari keltirilgan. 
2.73-chizma. Iplar yordamida to`qilgan kamarlar 
 
2.74-chizma 2.75-chizma 


~ 187 ~ 
2.76-chizma: Kulon 2.77-chizma: Panno 
 
2.78-chizma: Panno 


~ 188 ~ 
2.79-chizma: Panno 

Download 9,47 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   85   86   87   88   89   90   91   92   ...   118




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish