Техник ижодкорлик ва дизайн фанининг назарий (лекция) машғулотлари мазмуни


Maktabdan tashqari ishlarning ommaviy shakli



Download 9,47 Mb.
Pdf ko'rish
bet54/118
Sana23.06.2022
Hajmi9,47 Mb.
#697157
1   ...   50   51   52   53   54   55   56   57   ...   118
Bog'liq
Техник ижодкорлик ва дизайн фанининг назарий (лекция) маш улотла

 
Maktabdan tashqari ishlarning ommaviy shakli 
Har xil turdagi ijodiy birlashmalari, to`garaklar o`quvchilarning 
ma‘lum qisminigina o`z ichiga oladi. Hamma o`quvchilarning ijodiy 
faoliyatdan bo`lgan ijobiy munosabatlarini rivojlantirish maqsadida 
har xil ommaviy ishlar olib boriladi. Bunday shakldagi ishlarni tashkil 
qilishdan asosiy maqsad ijobiy texnik birlashmalarga ko`p 
o`quvchilarni jalb etishga zamin yaratadi. Ular quyidagi tartibdagi 
tadbirlar: 
- ilmiy texnik kechalar, ratsionalizatorlar, ixtirochilar va ishlab 
chiqarish xodimlari bilan uchrashuv, musobaqalar (texnik, sport) 
olimpiadalar o`tkazish. Ishchi kasbi mehnat mahorati bo`yicha 
tanlovlar o`tkazish, yosh ratsionalizatorlar faoliyati va texnik 
konferentsiyalar 
o`tkazish. 
O`quvchilar 
texnik 
ijodkorligi 
ko`rgazmasini tashkil qilish, mehnat bayrami va boshqalar. 
 
Ishning yo`nalishini tanlash, dastur va reja, to`garakni 
komplektlash va tashkiliy ishlash
Ishning yo`nalishini tanlash 
Hozirgi kunda Respublikamizda juda ko`p ixtisosliklar mavjud. 
Bu ixtisosliklarda har xil turdagi texnik ob‘yektlar va moslamalar 
ishlatiladi. Shuning uchun texnika bo`yicha maktabdan tashqari 
tadbirlarni tashkil qilishda o`quvchilarning o`z xohish moyilligiga va 
qiziqishiga qarab tanlash prinsipiga asosan sharoit tug`dirib berish 
zarur. Ayrim maktablarda bitta mehnat ta‘limi o`qituvchisi 
o`quvchilarni texnikaning barcha yo`nalishlari bo`yicha qiziqishlarini 
qondira olmaydi. Agarda katta maktab bo`lsa unda 2-3 ta mehnat 


~ 101 ~ 
ta‘limi o`qituvchilari ishlasa unda o`quvchilarning texnik to`garaklar 
bo`yicha ixtisos va qiziqishlarini qondira olishlari mumkin. To`garak 
ishlarining yo`nalishlari maktab ma‘muriyati ehtiyojidan kelib chiqib 
o`zi belgilaydi. Bunda maktab atrofida joylashgan ishlab chiqarish 
korxonasini xarakteri, pedagogik kadrlarning salohiyati, maktab 
moddiy texnik bazasi va uni rivojlantirish imkoniyatlari inobatga 
olishi zarur. 
Agarda maktab miqyosida tashkil etayotgan to`garaklar 
o`quvchilarning ehtiyojiga mos kelmasa u holda tuman va shahar 
miqyosidagi to`garaklarda ishtirok etishlari mumkin. Har bir yo`nalish 
bo`yicha ochilgan to`garak faoliyatida o`quvchilar umumiy va xususiy 
vazifalarni amalga oshiradilar. Xususiy masalalarni hal etish uchun 
texnik to`garaklar maxsus dastur, me‘yoriy hujjatlar bo`yicha to`garak 
tashkilotlari va rahbarlari o`quvchilar bilan olib boriladigan ishlarni 
mazmuni, shakli va metodlarini ishlab chiqadilar. 
Dastur va reja 
Texnik to`garaklar Respublika ta‘lim markazi tomonidan 
tasdiqlangan dastur asosida olib boriladi. To`garak ishlari maktabdan 
tashqari mashg`ulotlarning dasturiga asosan mavzular har xil bo`lish 
mumkin. Ular shug`ullanishi yiliga qarab boshlang`ich, asosiy va 
yuqori darajadagi guruhlarga bo`linadi. To`garaklarni tashkil qilish 
jarayonida rahbar o`zining tayyorgarlik darajasi, maktabning moddiy - 
texnik bazasining imkoniyati va o`quvchilarning qiziqishiga qarab 
dasturga ma‘lum o`zgartirishlar kiritish mumkin. Har tomonlama 
fikrlab tuzilmagan rejasi qo`yilgan maqsadga erishish qiyin. Shuning 
uchun to`garak ishlarini rejasi, strukturasida quyidagi bo`limlar 
bo`lishini tavsiya etadi: 
1. Umumiy qism; 2. Ta‘lim-tarbiya ishlari; 3. Metodik 
ishlanmalar; 4. Ommaviy tadbirlar; 5. Xo`jalik ishlari. 
To`garaklarni tuzilgan yillik rejasi maktab direktori yoki 
maktabdan tashqari o`quv muassasasining direktori tomonidan 
tasdiqlanadi. 
To`garak ishlari boshlangunga qadar uning rejasi tasdiqdan o`tadi. 
To`garak rahbari to`garak ishtirokchilarining bilim va ommaviy 
ko`nikma darajasi bo`lmaganligi uchun uning rejasini amalga 
oshirishda rahbarga qiyinchilik tug`diradi. Birinchi darsdan keyin 
o`quvchilar o`zlarini qiziqish va moyilligiga qarab texnik ob‘yektlarni 
tanlaydilar, reja loyihasini muhokama qilishda uning a‘zolarini fikr va 


~ 102 ~ 
mulohazalarini e‘tiborga olish zarur. Har bir mashg`ulotga to`garak 
rahbarlari zarur bo`lgan asbob - uskuna, material va zaruriy 
adabiyotlarni tayyorlab qo`yadi. 

Download 9,47 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   50   51   52   53   54   55   56   57   ...   118




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish