Техник ижодкорлик ва дизайн фанининг назарий (лекция) машғулотлари мазмуни



Download 9,47 Mb.
Pdf ko'rish
bet34/118
Sana23.06.2022
Hajmi9,47 Mb.
#697157
1   ...   30   31   32   33   34   35   36   37   ...   118
Bog'liq
Техник ижодкорлик ва дизайн фанининг назарий (лекция) маш улотла

 
Model va modellashtirish 
Texnik modellashtirishga kirishishdan oldin «model» va «maket» 
tushunchalarining farqini aniq bilib olish zarur. Model haqiqiy 
ob‘yektning yoki undagi asosiy uzellarning nusxasidir. Shuningdek, u 
harakatlanadigan 
va 
o`z 
namunasi 
(haqiqiy 
ob‘yekt) ning 
funksiyalarini ixcham holda bajaradigan ham bo`lishi kerak. Masalan, 
avtomobilning, traktorning modellari kiradi. 
Maket - ob‘yektning konsturksiyasini yaqqolroq tasavvur etish 
imkonini beradigan umumiy hajmli tasvirdir. Masalan, binolar, 
inshootlar va hokazolarning maketlari shular jumlasiga kiradi. 
Ishlab chiqarish sharoitlarida yangi mashinalarni yaratish 
jarayonini ham, o`quv ustaxonalarida texnik modellarni yasash 
jarayoni ham quyidagi jihatlarini tashkil qiladi: texnik maqsadning 
(mashinalar) mexanizmlar konstruktsiyasini, modellar yasash fikrining 
vujudga kelishi: texnik maqsadga, texnik talablar qo`yish: 
konstruksiya eskizlarini tuzish va uni muhokama qilish, texnologik 
jarayonni ishlab chiqarish hamda kerakli materiallar va asboblarni 
tanlash; mo`ljallangan buyum detallarini tayyorlash va ularni 
uzellarga, uzellarni buyumlarga yig`ish, buyumni ishlatib sinash va 
rostlash. 
 
Texnik modellar klassifikatsiyasi 
Texnikada ishlatiladigan modellar 3 tipga bo`linadi. 
1 tip - geometrik o`lchamlari o`xshash. Ko`rgazmali qurol 
maqsadida ishlatiladigan ob‘yektning tashqi qiyofasini anglatadigan. 
Geometrik modellar ta‘limda keng qo`llaniladi. Jumladan bunday 
modellar o`quvchilarni texnika ob‘yektlarining ishlash mezonlari va 
umumiy tuzilishi bilan tanishtirishda muhim ahamiyat kasb etadi. 
Odatda, ishlab chiqarishning eng zamonaviy yo`nalishlari bilan 


~ 58 ~ 
faqatgina kitob va jurnallarda keltirilgan chizmalardagi va rasmlar 
orqali 
tanishadilar, 
ya‘ni 
obrazli-belgili, 
ideal 
modellardan 
foydalanadilar. Biroq ular ob‘yekt to`g`risida to`la tushuncha hosil 
qilish imkonini bermaydi. Shu sababli keyingi yillarda model va 
maketlardan keng foydalanilmoqda. 
2 tip - fizikaviy o`xshashligi. Bu faqat tashqi qiyofasini 
anglatmasdan balki o`rganilayotgan ob‘yektning harakat dinamikasi, 
o`zaro bog`liqligi qonuniyatlari, xususiyatligi va o`xshashliklarini 
ko`rsatadi. Bunday modellarni yaratishda nafaqat ob‘yektlarni 
tuzilishini o`rganish, balki ulardagi jarayonlar dinamikasini o`rganish 
ham ko`zda tutiladi. Fizik modellashtirishda model va uning prototipi 
bir xil turdagi fizik tabiatga ega materialdan tuzilgan deb qaraladi, 
ya‘ni, suyuqlik harakati suyuqlik harakati bilan, elektr toki elektr toki 
bilan, samolyot modelining uchishi uning modeli uchishi bilan 
almashtiriladi. Biroq, bir fizik hodisani ikkinchi bir mos holat bilan 
ham almashtirishga ruxsat etiladi, misol uchun suyuqlikning oqishini 
elektr toki, suvning qumlardagi harakatini issiqlik uzatilishi bilan va b. 
3 tip - funkstional o`xshashligi - tirik mavjudotlarning 
harakatlarini modellashtirish tushuniladi. Bu turdagi modellarning 
asliga yaqin bo`lishini ta‘minlash maqsadida ko`p holatlarda ular tirik 
mavjudotlar, insonlarga o`xshash qilib yaratiladi. Ularga misol sifatida 
elektromexanik va elektron «toshbaqa», «chuvalchang», «ayiqcha» va 
boshqalarni keltirish mumkin. Bu qatorga insonga qiyosan ishlangan 
robotlarni ham kiritish mumkin. Bunday modellar ustida o`quvchilar 
uchun juda qiziqarli bo`lib, bunda modelni avtomatlashtirish va 
mexanizasiyalashtirish uchun cheksiz istiqbollar ochiladi. 
Modellar dinamik va statik bo`lishi mumkin. Texnik modellash 
jarayonida konstruksiyalash elementlarini o`rgatish tajribali qator 
murakkab vazifalarni quyidagi tartibda bajarish ayni maqsadga 
muvofiqligini 
ko`rsatadi: 
chizmalar 
eskizlarini 
o`qish 
va 
tayyorlanadigan detallar konstruksiyasini tushuntirish, hisoblash 
asosida ayrim detallarning konstruksiyalarini o`zgartirish, ana shu 
o`zgartirishlarni chizmaga kiritish va kinematik sxemasini tuzish: 
detallarni biriktirish va mustahkamlash yo`llarini belgilash; detallarni 
yig`ish jarayonida ularni o`rnatish, joylarga ko`ra konstruksiyalash; 
konstruksiyada yetishmaydigan detallar va uzellarni konstruksiyalash; 
texnik talablar, shuningdek, topshiriq bo`yicha yoki ixtiyoriy ravishda 
detallar tayyorlash, detallarni uzellarga, uzellarni detallarga yig`ish va 


~ 59 ~ 
modelni ishda sinab ko`rish aniqlangan kamchiliklarni tuzatish, 
modelni takroran ishda sinab ko`rish va pardozlash. 

Download 9,47 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   30   31   32   33   34   35   36   37   ...   118




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish