Mavzuni mustahkamlash uchun savollar:
1.
Texnikaviy ijodkorlikka doir mashg`ulotlar o`tkaziladigan
binolarga qo‘yiladigan talablarni ayting.
2.
Konstruksiyalash va modellashtirish ustaxonalaridagi ish
o`rinlari qanday bo`lishi zarur?
3.
Mashg`ulotlar o`tkazuvchi o`qituvchi yoki to‘garak rahbariniig
ish o`rniga qo‘yiladigan talablarni ayting?
4.
O`quv ustaxonalari qanday sanitariya-gigiyena qoidalariga
javob berishi lozim?
5.
Pardozlash va bo`yash ishlari qanday olib boriladi?
Tayanch tushunchalar:
Ish o`rni
-ustaxona maydonining o`quv ishlab chiqarish va
konstruktorlik - texnologik ishlarni bajarishi zarur uskunalar (verstak,
dastgoh), asboblari va moslamalar maqsadga eng muvofiq holda
joylashtirgan qismi tushuniladi.
Loyiha
-ko`zda tutilgan ob`yektni yaratish uchun bajariladigan
hisob-kitoblar va grafik ishlar majmuini qamrab oluvchi vazifalar
majmui.
Loyihalash
-ko`zda tutilgan yoki mavjudligi mumkin bo`lgan
ob`yekt holatining timsoli-loyihasini yaratish jarayoni.
Ijodkorlik
-inson faoliyatining shunday turiki, uning natijasida
yangi moddiy yoki ma`naviy boyliklar yaratiladi.
8-MAVZU. TEXNIK KONSTRUKSTIYALASH VA
MODELLASHTIRISHNI O`RGANISHDA QO`LLANILADGAN
TASHKILIY SHAKLLAR VA METODLAR
Texnik loyihalash va modellashtirishning tashkiliy shakllari
Ta‘lim jarayonining eng muhim komponentlari - uning tashkiliy
shakllari.
Oliy maktabni qayta qurish sharoitida konstruktsiyalash -
texnologik masalalarni hal qilish uchun ta‘limning quyidagi shakllari
eng samaralidir: texnik konstruktsiyalash va modellashtirish bo`yicha
amaliy mashg`ulotlar; brigada, individual, zveno shakllari va ularning
turli birlashmalari: har xil yoshdagi talabalardan iborat brigada va
hokazolar.
~ 52 ~
Texnik konstruktsiyalash va modellashtirish bo`yicha amaliy
mashg`ulotlar deganda o`quv - mehnat faoliyatining izchil tashkil
etilishi tushuniladi. Bu faoliyat ham kollektiv, ham individual ish
turlarini o`z ichiga oladi va bu ishlar pedagog tomonidan tashkil
qilinib, bunda talabalarning o`quv materiallarini aktiv, ongli va
mustahkam o`zlashtirishi ko`zda tutiladi.
Texnik konstruktsiyalash va modellashtirishda bir xil tipdagi
qurilmalar, modellar va maketlarni tayyorlash uchun ta‘limning
frontal shaklidan foydalanish maqsadga muvofiqdir. Bunda pedagog
talabalar uchun tegishli murakkablikdagi ob‘yektlarni tanlaydi. U
konstruktsiyalash bo`yicha ta‘limning frontal shaklidan foydalanishda
butun gruppani modellashtirishning faqat bitta ob‘yekt bilan
shug`ullanishga tayyorlaydi va bu tadbir uni tayyorlashga
sarflanadigan vaqtni, texnik - texnologik hujjatlar hajmini, bir xil
tipdagi asbob va moslamalarni, o`xshash mehnat usullarini ko`rsatish
va hokazolarni ancha kamaytiradi.
Talabalar bajarayotgan konstruktorlik - texnologik ishlar o`zining
murakkabligi va sermehnatligi bilan kollektiv bo`lib, ishlashni taqozo
qilsa ham hamda bir-biriga yaqin va xarakteri jihatdan har xil bo`lsa,
mashg`ulotni tashkil etishning zveno shaklidan foydalaniladi.
Ko`pincha bunday hollarda murakkabroq bitta ob‘yekt bilan 2-3 nafar
va bundan ko`proq talaba shug`ullanadi.
Tayyorlanadigan ob‘yektlar o`z mazmuniga ko`ra bir xil va
xarakteriga
ko`ra
har
xil
bo`lsa,
texnik
modellashtirish
konstruktsiyalash bo`yicha amaliy mashg`ulotni tashkil etishning
individual shaklidan foydalanish maqsadga muvofiqdir. Bunday
hollarda deyarli har bir talaba individual topshiriqni bajarishi pedagog
uchun
muayyan
qiyinchilik
tug`diradi.
Chunki
bunday
mashg`ulotlarda ko`pincha ayrim talabalarga yozma instruksiyalar
tayyorlashga va ular ana shu instruksiyalar bo`yicha yangi o`quv
materialini o`rganishlariga to`g`ri keladi.
Mashg`ulotni
tashkil
etishning
aralash
shaklidan
modellashtirishning har xil ob‘yektlarini bajarishda foydalaniladi.
Shularga
ko`ra
maktab
o`quv
ustaxonalaridagi
texnik
konstruktsiyalash va modellashtirish mashg`ulotlarining tashkiliy
shakllarini dasturdagi o`rganilayotgan mavzuning mazmuniga,
ob‘yektlarning xarakteriga, ta‘limiy - pedagogik va ishlab chiqarish
talablariga qarab tanlanadi.
~ 53 ~
Do'stlaringiz bilan baham: |