Tegidan tashqari bu bo’limning qolgan barcha teglari ekranda aks ettirilmaydi. Odatda tegi darhol tegidan keyin keladi tegi sarlavhaning tegidir, va hujjatga nom berish uchun hizmat kiladi. Hujjat nomi va



Download 3,49 Mb.
bet83/93
Sana01.01.2022
Hajmi3,49 Mb.
#302556
1   ...   79   80   81   82   83   84   85   86   ...   93
Bog'liq
Маъруза матни 2-сем 2020-5 09.04.

Protokollar
Protokol qoidani belgilaydi. Bu qoida asosida ikkita dastur yoki ikkita SHK birgalikda harakatlanadi. Ayrim protokollar ma’lumotlar harakatini boshqaradi, ayrimlari xabarlar butunligini tekshiradi, yana birlari esa ma’lumotlarni bir formatdan boshqasiga o‘tkazadi.

Internet bo‘ylab yuborilgan har bir axborot protokol orqali kamida uch daraja bo‘ylab o‘tadi:



  • tarmoq daraja — bunda xabarlarni bir joydan ikkinchi joyga etkazish kuzatib boriladi;

  • transport daraja— bunda uzatiladigan xabarlar butunligi kuzatiladi;

  • amaliy darajada— xabarlarning SHK formati kishining ma’lu-motni qabul qilishi uchun qulay ko‘rinishga o‘zgaradi.

Internetda ikkita asosiy protokoldan foydalaniladi:

1. IP (Internet Protocol) — tarmoqlararo protokol, ma’lumotlarni alohida paketlarga ajratadi. U qabul qiluvchining manzili (IP-manzil) bo‘lgan sarlavha (nomlanishini) ta’minlaydi. Ularning belgilangan punktga to‘g‘ri ketma-ketlikda etib borishi protokol bilan kafolatlanmaydi. Ushbu protokolning muhim vazifalaridan biri — bu marshrutlash (Internet bo‘yicha yo‘l tanlash. Paketlar shu yo‘l bo‘ylab uzatiladi). IP protokoli mantiqiy birikishlarsiz ishlaydi, u xatolarni aniqlamaydi va tuzatmaydi.

2. TSR (Transmission Control Protocol) protokoli — transport darajali protokol — u paketni to‘g‘ri etkazib berish uchun javob beradi.

Internet IP protokolini va TSR oilasiga mansub protokollardan birini kafolatli qo‘llab-quvvatlaydigan ko‘plab tarmoqlarni birlashtiradi. Qoida bo‘yicha TCP/IP atamasi TSR va IP protokollari bilan bog‘liq barcha narsalarni anglatadi. U butun bir protokollar oilasi qamrab oladi. Internetda ko‘pgina amaliy protokollar mavjud bo‘lib, ular Mail, telnet, ftp, archie, gopher, WAIS, World Wide Web kabi dasturlar foydalaniladi. Masalan: fayllarni jo‘natish protokoli (G‘TR), olislashgan mashina terminal emulyasiyasi protokoli (telnet), oddiy pochtaning jo‘natish protokoli (SMTP), nomlarning (DNS) domen (mintaqaviy) tizimli protokoli, marshrutlashning axborotlashgan protokoli (RIP) va hokazo. TCP/IP protokoli avvaliga global tarmoqqa mo‘ljallangan edi.

Jismoniy dastur darajasi ma’lumotlarni taqdim etish muammosini mustaqil hal etuvchi amaliy dasturdan iborat.

Transport darajasi — ma’lumotni kompyuterdan kompyuterga etkazib berishni ta’minlaydi.

Tarmoqlararo daraja — manzilgohlar va marshrutlar bo‘yicha ishlarni ta’minlaydi.

Tarmoqqa kirish darajasi — apparat interfeyslari va ushbu apparat interfeyslari drayverlaridir.


Internetdagi asosiy protokollar va ularning qo‘llanilishi

Internet orqali taqdim etiladigan barcha xizmatlar standart protokollar orqali amalga oshiriladi va foydalaniladigan SHKga bog‘liq emas. Protokollar texnologiyalar o‘rtadagi mantikiy ko‘prik bo‘lib kommunikatsiyaning ko‘plab elementlarini boshqaradi. Internet protokollari haqidagi axborotni RFC (Request For Somment)da topish mumkin. RFC — bu fayl ko‘rinishida taqdim etilgan Internet hujjatlaridir. Tarmoqning, protokolning texnik mufassalligiga berilmay oldinga qo‘yilgan vazifani bajarish uchun foydalanuvchiga ilova ko‘mak beradi. Ilova — bu amaliy va dasturiy ta’minot. Internetning nisbatan keng ommalashgan to‘plami (majmui) mavjud: elektron pochta (e-mail), olisdan turib kirish, fayllarni uzatish, WWW va hokazo. Deyarli hamma amaliy dasturiy ta’minot Internet "mijoz-server" chizmasi bo‘yicha ishlaydi. Foydalanuvchi SHKda "dastur-mijoz" texnologiyasida ishlaydi.

U serverdan xizmat haqida so‘raydi, server esa so‘ralgan xizmat bo‘yicha harakat qiladi. Mijoz va serverlar “o‘zaro tilda” – protokol orqali gaplashadi.

Elektron pochta (E-mail) Internet taqdim etadigan mashhur, ommabop xiz-mat turi sanaladi. Uning xususiyati shundaki, elektron pochta ma’lumotlarni SHK orqali jo‘natadi va qabul qiladi. Pochta bilan ishlash uchun (o‘qish, saqlash, yangi elektron pochta jo‘natmasi) siz mijoz dasturini kiritasiz. Sizning xost kompyuteringiz server-pochta rolini bajaradi.

Konkret server turi uchun siz turli xil mijozlardan foydalanishingiz mumkin.

Ma’lumotlarni elektron pochta orqali jo‘natishda Internet kompyu-terlari o‘rtasida TCP/IPning bir qismi hisoblangan SMTP protokolidan (Simple Mail Transfer Protocol) foydalaniladi. Xabarlar papkasiga kirishga ruxsat olish uchun olislashgan kompyuterlarda IMAP (Internet Message Access Protocol) kirish protokollaridan foydalaniladi. Odatda e-mail xabarlari faqat matndan iborat bo‘ladi, lekin unga ikkilik — fayl, grafik tasvirni, shuningdek, audio va video faylni kiritish mumkin. Buning uchun mijoz ham, server ham MIME (Multipurpose Internet Mail Extension — Internetning ko‘p maqsadli pochta kengayishi) bilan ishlay olishi kerak. MIME standarti Internetga ma’lumotlarni uzatishni ta’minlay olishi uchun ishlab chiqilgan. Bu ma’lumotlar sof matndan tashqari ma’lumotlarning ikkilik tizimini o‘z ichiga oladi.

Hozirda elektron pochtaning ko‘plab dastur-mijozlari mavjud: mail, elm, pine, Eudora, Netscape va hokazolar. Agar Internetga kirishga ruxsatingiz bo‘lsa, demak sizning o‘z pochta manzilgohingiz mavjud (E-mail adres). Internetdagi pochta manzilgohi bir-biridan @ (ampersand) belgisi bilan ajratilgan ikkita qismdan iborat bo‘ladi, @ gacha turgan pochta manzilgohi — by pochta qutisini bildiradi, @ dan keyingisi esa — xost-kompyuter manzilgohidir.

Elektron pochta manzilgohi shakli quyidagi ko‘rinishda bo‘ladi:



@ manzilgoh, xost-kompyuterdan foydalanuvchi nomi.

Masalan:


johnb@yoyodyn.com; petrova@cs.msu.ru

Internetda marshrutlovchi faqat @ belgisidan o‘ngda turadigan komanda qatorini ishlab chiqadi. Foydalanuvchi nomini kompyuterning o‘zi o‘qiydi.



Download 3,49 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   79   80   81   82   83   84   85   86   ...   93




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish