Internetga joylangan asosiy g‘oyalar
ISO (International Standard Orqanization — Standartlash bo‘yicha Xalqaro tashkilot) ochiq tizimlar (ISO/OSI) o‘zaro ta’sir standartini ishlab chiqdi, uning asosiy maqsadi, turli darajadagi tarmoq komponentlarining o‘zaro munosabatini tashkil etuvchi tartiblar va turli xildagi darajalardir. Internet tarmog‘ining etti darajali modeli 9.14 - rasmda yaqqol keltirilgan.
ISO modeliga muvofiq har bir darajaning vazifasi quyidagi servisni bajarishdan iborat:
7-daraja — amaliy. U tarmoqda amaliy va tizimli dasturlarning o‘zaro aloqasini ta’minlaydi (foydalanuvchi va tarmoq o‘rtasida interfeysni ta’minlagan holda). Bu darjada amaliy xizmatlar bajariladi, ya’ni: fayllarni uzatish, olislashgan holda terminalga kirish, elektron pochta va hokazo;
6-daraja — ma’lumotlarni taqdim etish. Bunda ma’lumotlarni uzatishda kodirovkani bir xillashtirish ta’minlanadi. Tarmoqqa birlashtirilgan SHKlar o‘rtasida ma’lumotlar almashuvi uchun foydalaniladigan shaklni belgilaydi. Ma’lumotlarni uzatuvchi SHKda bu daraja amaliy darajadan olingan formatdan ma’lumotlarni oraliq formatlarga qayta aylantirishni amalga oshiradi. Ma’lumotlarni qabul qiluvchi SHKda bu darajasi ma’lumotlarni oraliq daromaddan qabul qiluvchi SHKning amaliy darajasini aniqlaydigan formatga aylantiradi;
A kompyuter V kompyuter
Etti darajali tarmoq modeli.
5-daraja — seansli. U ikkita gapni turli SHKga joylash, foydalanish va birikishini (seansni) tugallash imkonini beradi. Bu darajada quyidagilar amalga oshiriladi:
havfsizlik vositalarini boshqarish;
ma’lumotlar almashuvini sinxronlash;
uzilish (to‘xtab qolish) natijasida seansni qoldirish.
4-daraja — transportga oid. Ushbu daraja ma’lumotlarni to‘g‘rila-nishni ta’minlaydi, xatolarni imkon darajasida to‘g‘rilaydi. Tashish bo‘yicha servis xizmati ko‘rsatadi;
3-daraja — tarmoqli ikki mashina o‘rtasidagi aloqani tashkil etadi. Ma’lumotlarni manzillarga jo‘natishga va mantiqiy manzilgohlar va nomlarning jismoniy manzillarga o‘zgarishiga javob beradi; jo‘natuvchi SHKdan qabul qiluvchi SHKcha bo‘lgan marshrutni belgilaydi; tarmoq shartlariga bog‘liq holda ma’lumotlarning o‘tish yo‘lini belgilaydi;
2-daraja — kanalga oid. Tarmoqqa uzatish va tarmoqdan olish uchun ma’lumotlarni to‘playdi. Ma’lumotlarni uzatishning jismoniy muhitga kirishini boshqaradi;
1-daraja — hisoblash tarmog‘i o‘rtasidagi aniq jismoniy aloqani ta’minlaydi.
Ko‘pchilik zamonaviy tarmoqlar ISO/OSI etalon modeliga faqat yaqindan mos keladi. Bir xil nomdagi darajalar to‘g‘ridan-to‘g‘ri o‘zaro ta’sir qila olmaydi. Har qanday daraja faqat qo‘shni (yuqori yoki pastki) daraja bilangina o‘zaro ta’sir ko‘rsatadi. Qo‘shni daraja bilan o‘zaro ta’sir ko‘rsatish interfeys deb yuritiladi.
Agar biror mashinaning bitta darajasi boshqa mashinaning mos keluvchi darajasiga murojaat qilsa, aslida u interfeys orqali qo‘shni pastki darajaga murojaat qilgan bo‘ladi. Axborot bir daraja pastga tushadi, chunki u erda axborot qayta ishlanib yanada pastga uzatiladi. Jismoniy darajada axborot aloqa kanali bo‘yicha boshqa mashinaga uzatiladi. U erda teskari jarayon yuz beradi: axborot kerakli darajaga etmaguncha kerakli darajagacha ko‘tari-laveradi. Bir xil nomdagi darajadagi tizimlarning o‘zaro ta’sir qoidasi ma’lumotlarni uzatish qoidasi deb yuritiladi. Axborotlarni Internet bo‘yicha uzatish asosida paketlar kommunikatsiyasi yotadi. Internet orqali yuboriladigan axborotlar alohida paketlarga taxlanadigan qismlarga ajraladi. Paket ichidagi axborot hajmi odatda 1 dan 1500 baytni tashkil etadi. Bu biror foydalanuvchi tomonidan aloqa tarmog‘ini monopoliyalashning oldini oladi va qolganlarga teng huquq hamda imkoniyat yaratadi. Barcha axborot paketlari tarmoq bo‘yicha ular uchun umumiy bo‘lgan joyga yuboriladi. Har bir paket belgilangan joyga etib kelishdan oldin turli marshrutlar bo‘ylab harakatlanishi mumkin. Biz marshrut deganda ma’lumotlarni uzatish tarmog‘i uzellarining ketma-ketligini tushunamiz. Qabul qilish oxirida paketlar yana tegishli tartibda to‘planadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |