8-Ma’ruza: Tarmoq ma’lumot bazasi. Bulutli texnologiyalar.
Reja:
Internetda ma’lumotlar bazasi.
Bulutli texnologiyalar.
Internetda ma’lumotlar bazasi.
1. Fayllarni uzatish protokoli (FTP -File Transfer Protocol). FTP- fayllarni uzatish protokoliga 1971 yili asos solingan bo‘lib xozirgi kungacha ishlatilib kelinmoqda, FTP xam TSR/IP oilasiga mansub bo‘lib Internet va kompyuter orasidagi fayllar almashuvini oddiy usullar bilan amalga oshiradi.
FTP ning asosiy maqsadi – jo‘natish (nusxa olish, uzatish) uzoqlashtirilgan(udalenno‘y) kompyuterdan lokal tarmoqiga yoki lokal kompyuterdan uzoqlashtirilgan fayllarni Internet orqali jo‘natish (nusxalash, uzatish) dir. FTP protokoli orqali uzoqlashtirilgan kompyuterdan fayllarni yo‘qotish yoki yangi fayllarni nomini o‘zgartirish mumkin.
2. FTP – klientlari. FTP xizmati klient-server arxitekturasiga asoslangan. Klient kompyuterida dastur-klient ishga tushadi, u server bilan ulanib fayllarni uzatadi yoki qabul qiladi.
FTP serveriga kirish FTP klientlari asosida amalga oshirilib bir nechta sinflardan tashkil topgan:
Konsol klient- ftp.exe dasturi, Windows operatsion tizimi bilan;
FTP- klient , tashqi brauzer (masalan, InternetExplorer yoki NetscapeNavigator);
FTP- klient, faylli menedjer tarkibidagi (FAR yoki WindowsCommander);
FTP- klient, HTML- redaktor tarkibidagi (Homesite, FrontPage);
Maxsuslashtirilgan dasturlar (masalan, SuteFTP yoki WSFTP).
3. FTR protokoli bilan ishlash. FTR (file transfer rrotocol - fayllarni uzatish protokoli) - bu bir xost-kompyuterdan boshqasiga nusxa olish imkonini beruvchi FTR protokol va dasturning jamlamasi bo‘lib, Internetning ilk xizmati turlaridan biri sanaladi.
FTR imkoniyatlari:
Olisdagi mashinadan fayllar qidirish;
fayllarda maúlumotlarni jo‘natish (щam ikkilik, щam matnli ma’lumotlarni).
FTR serverlarda katta hajmdagi fayl arxivlari saqlanadi (matnli axborot, dasturlar, ma’lumotlar bazasi).
Xozir Internetda FTR - serverining uch xil turi mavjud:
Internet-style (serverning barcha fayllariga kirish);
Listserver (cheklangan kirish);
FTRmail (elektron pochta orqali kirish).
Ba’zi o‘rinlarda ftr telnetga o‘xshab ketadi. FTR ishlashi uchun olisdagi mashinaga kirishga ruxsat bo‘lishi zarur (foydalanuvchining mantiqiy nomi va parolni bilish lozim). Ko‘pgina uzellarda anonim FTR usuli qabul qilingan. Bunda mantiqiy nom sifatida anonymous, parol o‘rnida esa sizning pochta manzilgoщingiz beriladi. Odatda siz anonymous sifatida ro‘yxatga olingansiz, olislashgan tizim fayllarining cheklangan to‘plamiga kirishga ruxsat beriladi.
FTR yordamida fayllardan nusxa olish quyidagicha amalga oshiriladi:
FTR komandasi yordami bilan (agar UNIX OT interaktiv qobiqqa kirishga ruxsatingiz bo‘lsa);
WinSock standarti FTR - dasturi yordamida (WS_FTR, CuteFTR dasturi);
Web - brauzer yordamida (NetscareNavigator, InternetExrlorer).
Ko‘pgina Web - brauzerlar anonimi FTRni amalga oshirishi mumkin, lekin faqat fayllarni kompyuteringizga yozish uchun foydalaniladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |