International scientific-online conference: INTELLECTUAL EDUCATION
TECHNOLOGICAL SOLUTIONS AND INNOVATIVE DIGITAL TOOLS
21
http://interonconf.com
3. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Farmoni, “Huquqiy tarbiyani yaxshilash,
aholining huquqiy madaniyati darajasini yuksaltirish, huquqshunos kadrlarni tayyorlash
tizimini takomillashtirish, jamoatchilik fikrini o‘rganish ishini yaxshilash haqida”gi 25.06.1997
yildagi PF-1791-son.
International scientific-online conference: INTELLECTUAL EDUCATION
TECHNOLOGICAL SOLUTIONS AND INNOVATIVE DIGITAL TOOLS
22
http://interonconf.com
MILLIY IQTISODIYOTNI RIVOJLANTIRISHDA INVESTITSIYALARNING AHAMIYATI
Nazirova SayyoraBaxtiyorovna
Termiz agrotexnologiyalar va innovatsion rivojlashi instituti magistranti
Omonova Nafisa Qahramon qizi
Termiz agrotexnologiyalar va innovatsion rivojlashi instituti Bakalavr
Milliy iqtisodiyotni rivojlantirishda investitsiyalarning ahamiyati juda muhim
hisoblanadi. Ushbu maqola orqali milliy iqtisodiyotimizni rivojlantirishda investitsiyalarning
tutgan o‘rni, xorijiy investitsiyalarning ahamiyati, mamlakatga kiritilayotgan kapital riskiga
ta’sir etuvchi omillar hamda asosiy kapitalga o‘zlashtirilgan investitsiyalarning jadvallar
asosidagi tahlillari yoritib o‘tilgan.
The importance of investments in the development of the national economy is
considered very important. Through this article, the role of investments in the development
of our national economy, the importance of foreign investments, the factors influencing the
capital risk introduced into the country, and the analyzes of the capitalized investments on
the basis of the tables have been highlighted.
Значение инвестиций в развитие национальной экономики считается очень
важным. В этой статье были освещены роль инвестиций в развитии нашей
национальной экономики, значение иностранных инвестиций, факторы, влияющие
на капитальный риск, вносимый в страну, а также анализ капитализированных
инвестиций на основе таблиц.
Investitsiyaning lug‘aviy manosiga e’tibor qaratadigan bo‘lsak — (nemischa
“Investition”, lotincha “Investio”) soʻzidan olingan boʻlib, asosan, ishlab chiqarishga uzoq
muddatli qoʻyilmalar sarfi, yaʼni xarajatlar yigʻindisi deb talqin etilgan. Investitsiya — foyda
(daromad) olish yoki ijtimoiy samaraga erishish maqsadida, davlat, xuquqiy va jismoniy
shaxslar (investorlar) tomonidan cheklangan imkoniyatlardan samarali foydalanib,
cheklanmagan extiyojni qondirish uchun iqtisodiyotning turli sohalariga maʼlum muddatga
sarflangan barcha turdagi boyliklar hisoblanadi.
Pulning vaqt (zamon)ga bogʻliq qiymati nazariyasiga koʻra, investitsiya kelajakda foyda
olish maqsadida mablagʻlar qoʻyishdir. Investitsiya kapitalni muayyan muddatga band qilib
undan sarmoya olishni bildiradi. Bundan asosiy maqsad kapital qiymatini saqlab qolish yoki
boʻlmasa kapital qiymatini ma'lum vaqt mobaynida oʻstirib borishdir. Iqtisodiy mazmuni
jihatdan investitsiya turli faoliyatlarga safarbar etilgan moddiy, nomoddiy boyliklar va ularga
boʻlgan huquqlarni aks ettiradi. Investitsiya sifatida pul, qimmatli qogʻozlar (aksiya,
obligatsiya, sertifikat, veksel), yer, bino, inshoot kabi boyliklar, intellektual mulk boʻlgan ilmiy
Do'stlaringiz bilan baham: |