Mavzu: Mahmud Qoshga’riyning "Devoni lug‘atit turk"asariga tavsif
Reja:
1. Muallifning hayoti va ijodi.
2. Mahmud Qoshg’ariyning “Devoni lug’atit turk” asari haqida.
3. Mavzu doirasida savollar.
Turkiy tilning ijtimoiy lingvistikasi asoschisi Mahmud Qoshg’ariy (1008-1105)
Tarixiy va tarixiy-adabiy manbalarda Mahmud Qoshg‘ariy hayoti haqida nihoyatda kam ma'lumot saqlanib qolgan. Ma'lumki, u 1008 yilning boshida Qoshg‘ar shahri yaqinidagi Opal qishlog‘ida tug‘ilgan. Mahmud Qoshg‘ariy butun Sharqqa mashhur bo‘lgan “Songra “ madrasasida tahsil olib uni taxminan 1055 yilda tamomladi.
"Devoni lug‘atit turk" asarini yaratish uchun Mahmud Qoshg‘ariy turkiy qabilalar yashaydigan ko‘plab shaharlar va qishloklarni kezib chiqqan. 14 yillik (taxminan 1057 yildan 1071 yilgacha) safari davomida keng ko‘lamli tarixiy materiallarni to‘pladi.
1105 yilda 97 yoshida olamdan o‘tgach, Opalda dafn etilgan. Maqbarasi Muqaddas ustoz sag‘anasi, deya nom olgan bo‘lib, unga behisob ziyoratchilar tashrif buyurishadi va mutafakkir xoki oldida bosh egishadi. 2008 – yilda Turkiyada olim va adibning 1000 yillik yubileyi munosabati bilan unga haykal o’rnatildi va shu yil uning nomi bilan nomlandi.
XI asrda Markaziy Osiyo tuprog'ida Qoraxoniylar davlati hukmronlik qilgan. Bu davlat Sharqiy Turkistondan tortib Hazar (Kaspiy) dengizigacha bo'lgan ulkan maydonni o'z ichiga olgan. Markazlashgan Qoraxoniylar davlati o'z tasarrufidagi xalqlarning iqtisodiy, siyosiy va madaniy hayotida mislsiz yuksalishlarni vujudga keltirdi. Xuddi mana shu davrda turkiy xalqlar shuhratini butun olamga yoygan Yusuf Xos Hojibning «Qutadg'u bilig» («Saodatga eltuvchi bilim») va Qoshg'arlik qomusiy bilim egasi Mahmud Qoshg'ariyning «Devonu lug'atit turk» («Turkiy so'zlar devoni») asarlari yaratildi.
"Devoni lug‘atit turk" nihoyatda yuksak tarixiy va badiiy ahamiyatga ega, ayni paytda u turkiy xalqlar va umuman turkiy olamning ijtimoiy-ma'naviy hayotiga kuchli ta'sir ko‘rsatdi. «Devonu lug'otit turk» hijriy 469, milodiy 1076—1077 yillarda yozib tugallangan. Asar bosh g‘oyasi bitta falsafiy fikrga yo‘naltirilgan. Olim yurtni ulug‘lash, turkiy xalqlarni birlashtirish, ijtimoiy adolat tamoyillarini qaror toptirish muhimligini ta'kidlaydi.
700 sahifadan iborat "Devoni lug‘atit turk" asari jahon madaniyati va ilm-fani rivojiga qo‘shilgan ulkan hissa xisoblanadi. Qo‘lyozmaning yagona va eng qadimgi nusxasi 1226 yilga oid bo‘lib, Turkiya Milliy kutubxonasida saqlanadi.
Devoni lug‘atit turk
242 ta she'r, 262 ta maqol va matal o‘rin olgan
110 hudud, ko‘l va daryo, 40 elat va qabila nomlari keltirilgan
6800 dan ziyod turkiy so‘zni guruhlashtirgan
875 ta so‘z, 60 ta maqol va matal biron-bir o‘zgarishsiz zamonaviy turkiy tilimizga kirib kelga
Savollar:
1. Mahmud Qoshg’ariy tug’ilgan vaqt?
A) 1008-yilning oxiri
B) 1007-yilning oxiri
C) 1008-yilning boshi
2. Devoni lug’atit turk asarini yozish uchun Mahmud Qoshg’ariy necha yil harakat qilgan?
A) 15 yil
B) 14 yil
C) 16 yil
3. Devoni lug’atit turk asaridan nechta she’r, maqol va matal o’rin olgan?