Tаyyorlоv yo’nаlish nоmi: 3521105


Kоmmutаtsiya аppаrаtlаri sаqlаgich vа o’tkаzgichlаr



Download 1,09 Mb.
bet5/14
Sana10.07.2022
Hajmi1,09 Mb.
#773627
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14
Bog'liq
Коммутация аппаратлари саклагич

Kоmmutаtsiya аppаrаtlаri sаqlаgich vа o’tkаzgichlаr.

Avtomobildagi elektr tarmog‘ining asosiy vazifasi elektr energiyani iste’molchilarga uzatish va taqsimlashdan iborat. Avtomobil elektr tarmog'i nominal kuchlanishi 12 yoki 24 V bo‘lgan o‘zgarmas tok zanjirlardan tuzilgan. 0‘tkazgichlaming sarfini kamaytirish va elektr jihozlarini o‘matishni sodda-lashtirish maqsadida avtomobillarda elektr energiyani uzatishning bir o‘tkazgichli tizimi joriy qilingan: hamma elektr jihozlar uchun tok o‘tkazgich sifatida avtomobil korpusi (“massa”) ishlatiladi.


Avtomobillarda elektr energiya markaz- lashgan usulda taqsimlanadi. Tok manbalari o‘tkazgichlar bilan markaziy taqsimlash quril- masiga ulanadi va undan iste’molchilarga uzatiladi. Avtomobillarda markaziy taqsimlash qurilmasi vazifasini asboblar paneli bajarib, unga asosiy himoya va kommutatsiya apparatlari joylashtiriladi. Ba’zi zamonaviy avtomobillarda rele va saqlagichlaming markaziy bloki alohida qurilma sifatida ishlab chiqarilmoqda.
Elektr energiya manbasini taqsimlash quril­masi bilan ulovchi tarmoq magistral tormoq deb yuritiladi. Uning uzunligi 3... 15 m doirasida boiib, kommutatsiya va himoya moslamalariga ega boimaydi. Ba’zi zamonaviy avtomobillarda ikki kanalli magistral tarmoqlar ham ishlatiladi. Birinchi kanal o ‘t oldirish va axborot-diagnostika tizimlarini elektr energiya bilan ta’minlasa, ikkinchi kanal orqali esa startyorning tortish relesi, oynatozalagich, isitkich, tovush signallari va boshqa jihozlarga tok uzadladi. Ikkinchi kanal- ni kiritilishi elektr ta’minot tizimini ishonchli- ligini va elektr energiya tejamkorligini oshiradi.
Hozirgi kunda avtomobil elektr tarmog‘ida ishlatiladigan simlarni sarfini kamaytirish muammosi yuzaga chiqdi. Chunki yengil avtomobil elektr tarmog'ida 180...300 m, yuk avtomobillarida 250.. .700 m gacha mis sim ishlatiladi. Mis sarfini kamaytirish uchun avtomobillarda elektr energiya taqsimlashning printsipial yangi tizimlari, xususan multipleks tizimi (ikkita shina bo'yicha 5-6 ta datchikdan olingan ma’lumot o‘tadi) yoki tolali optika joriy qilish. Lekin
hozirgi kunda bu tizimlami avtomobillarda keng qo‘llanilishi ulaming tannarxini balandligi bilan cheklanmoqda.

KOMMUTATSIYA APPARATLARI


Avtotransport vositalarining elektr jihozlari tarkibiga elektr ta’minot tizimi va iste’mol- chilardan tashqari kommutatsiya apparatlari ham kiradi.


Kommutatsiya apparatlarini uch turga bo'lish mumkin:

  • o‘chirgichlar va almashlab ulagichlar;

  • elektromagnit rele va kontaktorlar;

  • qisqichlari va ulash panellari.

0‘chirgich va almashlab ulagichlar nominal
Kuchlanishi nominal kuch ulanish sxemasi, kontaktlardagi kuchlanishni pasayishi, ulab- o‘chirishlarining maksimal soni bo‘yicha tavsiflanadi.
Avtomobillarda bajarayotgan vazifasiga ko‘ra quyidagi o‘chirgich va almashlab ulagichlarni ko‘rsatsa bo‘ladi: o‘t oldirish kaliti (bosh o'chirgich), yoritish tizimini markaziy alamashlab ulagichi, burilishni ko‘rsatuvchi chiroqlarni alamashlab ulagichi va hokazo.
O't oldirish kalitining tuzilishi va ishlashi ushbu darslikning III-bobida batafsil yoritilgan.



Markaziy almashlab ulagich






rasm.Klavishali almashlab ulagichlar:


a) dastlabki holatiga o’zi qaytuvchi; b) dastlabki holatiga majburiy
Yoritish tizimining markaziy almashlab ulagichi sirg‘aluvchi kontaktli konstruksiya bo‘lib (rasm), uning korpusida kareta 7 joylashtirilgan. Kareta shtok 8 vositasida harakatlanib zo‘ldirlar 5 yordamida uchta muayyan mahkamlangan holatini egallashi raumkin. Karetada kontakt plastina 3 o‘rnatilgan va u prujinalar 6 bilan tekstolit plastina 2 ga siqilib turiladi. 0‘z navbatida tokstolit plastinaga qisqich 9 bilan ulangan kontaktlar joylashtirilgan. Turli holatlarda plastina 3 ma’lum kontaktlarni tutashtiradi. Ba’zi almashlab ulagichlar tok manbasiga termobimetall saqlagich 1 orqali ulanadi.
Zamonaviy avtomobillarda klavisha turidagi almashlab ulagichlar keng tatbiq topgan. Klavishali almashlab ulagichlarning daslabki holatiga o‘zi qaytadigan va dastlabki holatiga majburiy qaytariladigan turlari mavjud.
Dastlabki holatiga o ‘zi qaytadigan klavishali almashlab ulagich (a rasm) asosi 1 ning shtekkerli chiqish joyiga qo‘zg‘almas kontaktlar 7o‘matilgan. Qo‘zg‘aluvchi kontakt 6ko‘prikcha shaklida yasalgan. Asosga qisqichlar yordamida mahkamlangan korpus 2 dagi o‘qqa klavisha 3 o‘rnatilgan. Klavisha qo'zaluvchi kontakt 6 ni qo‘zg‘almas kontakt 7 bilan turtkich 5 yordamida tutashtiradi. Turtkich 5 ni klavisha korpusiga joylashtirilgan prujina bosib turadi. Klavisha bosilganda turtkich 5 prujina ta’sirida tashqariga chiqib ko'priksimon qo‘zg‘aluvchan kontaktlar- ning holatini o‘zgartiradi. Natijada qo‘zg‘a- luvchan kontakt boshqa qo‘zg‘almas kontaktlarni tutashtiradi. Klavishani qo‘yib yuborilgandan keyin prajinalangan shtok 4 uni dastlabki holatiga qaytaradi.
Dastlabki holatiga majburiy qaytarilmay- digan klavishali almashlab ulagichlarda (b rasm) orqaga qaytarish mexanizmi yo‘q. Ba’zi konstmktsiyalarda almashlab ulagichga yoritish lampasi 8 o'rnatilab, u almashlab ulagichning ishchi holatda ekanligini ko‘rsatadi.
Avtomobil elektr jihozlarida elektromagnit relelar tobora keng qo‘llanmoqda. Ular startyor, tovush signallari, uzoq va yaqinni yoritish faralari, dvigatelning sovitish tizimidagi ventilyator, orqa peshoyna isitgichlari, salon isitgichlari, fara tozalagichlarini ulash uchun ishlatiladi. Bu relelar avtomobil elektr jihozlariga taalluqli yuqorida keltirilgan asboblarni boshqarish zanjirlaridagi tok qiymatini ancha pasaytirish imkonini beradi.
Oxirgi vaqtda ishlab chiqarilgan avtomobil­larda elektromagnit relelar, saqlagich va boshqa elementlar montaj blok deb yuritiluvchi bitta qurilmaga o‘rnatilmoqda (rasm). Montaj




rasm. Montaj bloki:
1-fara tozalagichni ulash relesi; 2-orqa peshoyna tozalagichning vaqt relesi; 3-burilishni ko’rsatuvchi va avariya signalining rele-uzgichi; 4-oyna toza- lagich relesi; 5-lampalarni sozligini nazorat qilish relesi o’rnidagi kontakt ulagichlar; 6-orqa oyna isitkichini ulash relesi; 7-zaxira saqlagich; 8-uzoqni yoritish farasini ulash relesi; 9-yaqinni yoritish farasini ulash relesi; 10-saqlagich; 11-ventilyator elektrdvigatelini ulash relesi; 12-tovush signalini ulash relesi. bloki orqali dvigatel bo‘limidagi o‘tkazgichlar avtomobil salonidagi o‘tkazgichlar bilan ulanadi.



Download 1,09 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish