SAQLAGICH VA 0‘TKAZGICHLAR Avtomobil elektr tarmoqlarini me’yoridan ortiq yuklamalar va qisqa tutashuvlardan asrash uchun ularga saqlagichlar qo‘yiladi. Dvigatelni ishga tushirish va o‘t oldirish tizimlaridan boshqa barcha zanjirlar saqlagichlar bilan himoyalanadi. Avtomobillarda asosan eruvchan va termobi- metall saqlagichlar ishlatiladi.
Saqlagichlarni tanlashda ulaming ta’sirlanish tezligi, nominal va kritik toklarning nisbati hisobga olinadi. Saqlagichlarning asosiy tavsif- nomasi - saqlagichning ta’sirlanish vaqtini yuk- lama tokiga bog‘liqligidir. Agar saqlagichning ta’sirla-nish vaqti, o‘tkazgichning haroratini chega-raviy temperaturagacha ko‘tarilish (qisqa tutashuv toki ta’sirida) vaqtidan kam bo‘Isa, bunday saqlagich ushbu zanjirni ishonchli himoya qilinishini ta’minlaydi.
Eravchan saqlagichlar yengil eruvchi metall yoki kesimi kichik bo‘lgan qalaylangan mis simli qistirmaga ega. Nominal tok qiymati 50% oshganda eruvchan qistirma 1 minut davomida erib ketadi. Ishlatish qulay bo‘lishi uchun eruvchan saqlagichlar uchta va undan ortiq saqlagich- larga ega bo‘lgan bloklarga birlashtiriladi.
Termobimetall saqlagichlar. Avtomobillarda uzluksiz va bir marta ishlaydigan termobimetall saqlagichlar ishlatiladi. Bu turdagi saqlagichlar yuklama nominal qiymatidan 150% ga ortganda zanjirni uzadi. Saqlagich ta’sirlashish vaqti 20 s dan oshmaydi.
Uzluksiz ishlaydigan bimetall saqlagichlar ko‘proq yoritish va oynatozalagich zanjirlariga o‘matiladi.
Saqlagich (8.4-rasm) himoya zanjiriga chiqish joyi 1 orqali ulanadi. Kontakt plastinalar 2 bir- biridan qalin qog‘oz 3 bilan izolatsiyalangan. Kontakt plastinkalarga o'rnatilgan kumush kontaktlar 4 elastik bimetall plastina 5 ning tarangligi hisobiga tutashib turadi. Plastina 5 tayanch 7 dan plastmassa shaybalar 6 bilan ajratilgan.
Uzluksiz ishlaydigan saqlagichlarning ishlash printsipi quyidagicha. Tok nominal qiymat doirasida bo‘lganda plastina 5 uncha qizimaydi va deyarli deformatsiyalanmaydi. Bu holda kontaktlar tutash bo'ladi. Zanjirdagi tok chega- raviy qiymatdan oshganda bimetall plastina qizib deformatsiyalanadi va kontaklarni uzadi. Kontaktlar uzilgandan keyin bimetall plastinadan tok o‘tmaydi va u soviydi. Natijada kontaktlar
yana tutashadi. Kontaktlarni uzilib-tutashish jarayoni zanjirdagi tokning oshib ketishi sababi bartaraf qilinmagunicha uzluksiz davom etadi.
Bir marta ishlaydigan termobimetall saqlagichlar (8.5-rasm) ham himoya zanjiriga chiqish joyi 1 orqali ulanadi. Tok plastinalar 2, kontaktlar 3, 4, bimetall plastina 5 orqali o‘tadi. Saqlagich qismlari plastmassa korpus 6 ga yig‘iladi.
Yuklama ortib ketganda yoki qisqa tutashuv bo'lganda plastina 5 qiziydi va teskari tomonga egilib kontaktlar 3, 4 ni uzadi. Plastina sovigandan keyin ham o‘zining dastlabki holatiga qaytmaydi. Zanjirni ulash uchun tugma 7 ni qaytadan bosish kerak. Prujina 8 tugma 7 ni dastlabki holatiga qaytarish uchun xizmat qiladi. Uzilish tokining qiymati vint 9 yordamida rostlanadi.
Bir marta ishlaydigan saqlagichlar chega-raviy tokning 5, 10, 15, 20 A va undan ortiq qiymat- lariga mo‘ljallab chiqariladi.