Tayyorlash va ularning malakasini oshirish instituti



Download 0,62 Mb.
Pdf ko'rish
bet3/7
Sana13.04.2020
Hajmi0,62 Mb.
#44266
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
Davlat-va-huquq-asoslari-oqituvchilari-uchun-metodik-tavsiyanoma


 

 

23. Huquq sub'ekti nima?  

 

Huquqiy  munosabatlarning  vujudga  kelishi  uchun  zaruriy  omilardan  biri 



sub'ktiv huquq va majburiyatlardir. 

 

Huquqiy  munosabatlar  deganda,  uning  ishtirokchilari  o‘rtasida  vujudga 



keladigan  va  huquq  normalari  bilan  tartibga  solinadigan  ijtimoiy  munosabat 

tushuniladi. 

 

Huquqiy  munosabatlarning  ishtirokchilari,  ya'ni  huquq  va  majburiyat  egalari 



ushbu  huquqiy  munosabatlarning  sub'ektlari  hisoblanadi.  Chunonchi,  kuyidagilar 

sub'ektlar bo‘lishi mumkin: 

1)  o‘zaro munosabatga kirishgan fuqarolar; 

2)  davlat organlari bilan munosabatga  kirishgan fuqarolar; 

3)  tashkilotlar bilan munosabatga kirishgan fuqarolar; 

4)  o‘zaro munosabatga kirishgan tashkilotlar; 

5)  davlat organlari bilan munosabatga kirishgan tashkilotlar. 

 

Huquqiy munosabat sub'ektlari, avvalombor jismoniy va yuridik shaxslardir. 



 

Jismoniy  shaxslar  –  ushbu  davlat  fuqarolari,  boshqa  davlat  fuqarolari 

(ajnabiylar), va fuqaroligi bo‘lmagan shaxslar (apatridlar). 



 

Yuridik  shaxslar  –  tashkilotlar,  muassasalar,  davlat  organlari,  davlat, 

fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari. 



 

 

24. Huquqiy munosabat ob'ekti nima?  

 

Huquqiy munosabat ishtirokchilarining harakati nimaga qaratilgan bo‘lsa, shu 



narsa ushbu huquqiy munosabatlarning ob'ekti hisoblanadi. Masalan, xaridor sotib 

olayotgan  molini  olish  huquqiga  ega,  lekin  xarid  uchun  pul  to‘lashga  majbur. 

Sotuvchi  esa  ushbu  mol  uchun  haq  olish  huquqiga  va  xaridorga  oldi-sotdi 

talablariga  mos  keladigan  tovarni  berish  majburiyatiga  ega.  Sotilayotgan  va  sotib 

olinayotgan  mol-mulk  huquqiy  munosabatning  ob'ekti  hisoblanadi.  Huquq  va 


 

17 


 

majburiyatning bunday aloqadorligi juda ko‘p huquqiy munosabatlar uchun xosdir. 

Fuqarolik huquqiy munosabatlarning ob'ekti quyidagilardir: narsa – buyumlar, pul, 

qimmatbaho  qog‘ozlar,  ixtirolar,  boshqa  mol  -mulk,  shu  jumladan,  mulkiy 

huquqlar,  ixtirolar,  ilm  –  fan,  adabiyot,  san'at  asarlari,  aqliy  faoliyatning  boshqa 

natijalari,  shuningdek,  boshqa  moddiy  va  nomoddiy  ne'matlar,  xatti-harakatlar. 

Shuningdek,  insonning  nomi,  or-nomusi,  qadr-qimmati,  hayoti,  salomatligi,  tan 

dahlsizligi ham fuqarolik – huquqiy munosabatlar ob'ektlariga kiradi. 



 

 

25. Yuridik fakt nima?  

 

Yuridik  faktlar  –  o‘ziga  xos  hayotiy  holatlar  bo‘lib,  qonun  va  huquqiy 



normalar  ularni  yuridik  oqibatlarning  vujudga  kelishi  o‘zgarishi  yoki  bekor 

qilinishi bilan bog‘laydi. 

 

Har  bir  yurist  amaliy  faoliyatining  asosiy  vazifalaridan  biri  yuridik  faktlarni 



aniqlash va tasdiqlashdir.  Yuridik faktlarsiz qonunlarni to‘g‘ri qo‘llash, fuqarolar 

va  tashkilotlarning  huquqlarini  himoya  qilish,  nizolarni  hal  etish,  qonunbuzarlik 

sodir etgan shaxslarni javobgarlikka tortish mumkin emas. 

 

Yuridik faktlarni hodisalar va harakatlarga bo‘lish mumkin. 



Hodisalar  insonning  hohish-irodasiga  bog‘liq  bo‘lmagan  holda  vujudga  keladi. 

Masalan,  tabiiy  ofatlar,  bolaning  tug‘ilishi,  insonning  vafot  etishi,  muddatning 

o‘tishi  va  h.k.  Aytaylik,  insonning  vafot  etishi  merosning  ochilishini  vujudga 

keltiradi  hamda  huquqiy  layoqatni  tugatadi.  Mol-mulkning  nobud  bo‘lishiga  olib 

keladigan,  yong‘in,  suv  toshqini  –  mol-mulk  sug‘urta  qilingan  bo‘lsa  –  sug‘urta 

pulini to‘lash uchun asos bo‘ladi. 

 

Harakatlar  insonning  hohish  -  irodasi  asosida  vujudga  keladigan  normalarga 



amal  qilish  munosabatiga  ko‘ra,  huquqiy  va  huquqqa  zid  harakatlarga  bo‘linadi 

(bitim, shartnoma, zarar yetkazish, ma'muriy hujjat chiqarish, kashfiyot yaratish). 

 

 

26. Huquqbuzarlik nima? 

 

Huquqbuzarlik  –  jamiyat  uchun  xavfli  bo‘lgan  qilmish  (harakat  yoki 



harakatsizlik).  Bunday  qilish  qonun  bilan  muhofaza  qilinadigan  ijtimoiy 

munosabatlarga zarar yetkazishi yoki zarar yetkazish xavfini tug‘dirishi mumkin. 

 

Huquqbuzarlikning asosiy belgilari quyidagilardan iborat: 



1)  ijtimoiy xavflilik; 

2)  huquqqa zidlik; 

3)  ayblilik; 

4)  jazolanish. 

 

Ijtimoiy  xavflilik  shuki,  bunda  huquqbuzarlik  jamiyatning  qadriyatlariga 



tajovuz  qiladi,  xususiy  va  ijtimoiy  manfaatlarni  poymol  etadi.  Huquqbuzarlikning 

zararliligi  yoki  xavfliligi  shundan  iboratki,  u  jamiyat  hayotining  maromiga  salbiy 

ta'sir etadi. 

 

Huquqqa  zidlik  deganda,  harakat  qilish  oqibatida  qonunning,  muayyan 



huquqiy normaning buzilishi tushinilmog‘i lozim. Ya'ni, huquqbuzar qonunda yoki 

huquq normasida belgilab qo‘yilgan ta'qiqni buzadi. 



 

18 


 

 

Ayblilik  –  bunda,  huquq  normasini  yuridik  javobgarlikni  zimmasiga  olishga 



qodir  bo‘lgan  shaxs  buzadi  va  shaxs  bu  harakatni  qasddan  yoki  ehtiyotsizlik 

oqibatida sodir etadi. 

 

Ayb  –  shaxsning  huquqqa  xilof  ravishda  sodir  etgan  harakatiga  va  uning 



zararli oqibatlariga ruhiy munosabati. 

 

Jazolanish  –  bu  huquqbuzarlik  sodir  etgan  shaxsning  vakolatli  davlat  organi 



tomonidan javobgarlikka tortilishini bildiradi. 

Huquqbuzarliklar  qonunchilikning  qaysi  sohasiga  tegishliligiga  qarab  bir  qancha 

turlarga bo‘linadi: 

1)  fuqarolik – huqukiy (majburiyatni bajarmaslik, moddiy zarar keltirish); 

2)  ma'muriy (mayda bezorilik, yo‘llarda harakatlanish qoidalarini buzish va h.k.) 

3)  intizomiy (ishga kelmaslik, kech kelish); 

4)  jinoiy, ya'ni jinoyatlar (odam o‘ldirish, o‘g‘rilik). 

 

Huquqbuzarlikning  turiga  qarab  davlat  majburlov  choralari  ham  o‘zgarib 



turadi. Ularning eng og‘irlari jinoyat sodir etilganda qo‘llaniladi. 

 

 

27. Ma'muriy huquqbuzarlik nima? 

 

Ma'muriy huquqbuzarlik – qonun hujjatlariga binoan, ma'muriy javobgarlikka 

tortish  nazarda  tutilgan.  Shaxsga,  fuqarolarning  huquq  va  erkinliklariga, 

mulkchilikka,  davlat  va  jamoat  tartibiga  tajovuz  qiluvchi,  g‘ayri  qonuniy,  aybli 

(qasddan  yoki  ehtiyotsizlik  oqibatida)  sodir  etilgan  harakat  yoki  harakatsizlik 

bo‘lib, ma'muriy huquqbuzarliklar jinoyatlardan xavf darajasi bilangina farq qiladi. 

 

Ma'muriy huquqbuzarlikning asosiy belgilari: 



1)  jamiyatga qarshi xususiyati; 

2)  g‘ayri qonuniyligi; 

3)  aybliligi; 

4)  qilmishning jazoga loyiqligi. 



 

 

28. Burch nima? 

Burch – bajarilishi, ado etilishi shart bo‘lgan vazifa. 

Kishilik  jamiyati  taraqqiyotidagi  eng  uzoq  vaqt,  2  million  yildan  ortiq  vaqt 

hukm surgan  ibtidoiy jamoa  tuzumi odamzotning paydo bo‘lishidan to  davlatning 

tashkil  topishigacha  bo‘lgan  davrni  o‘z  ichiga  oladi.  Bu  vaqtda  hali  davlat  va 

huquq bo‘lmagan edi. 

 

 



29. O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi to‘g‘risida

 

O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi 1992 yil 8 dekabr kuni o‘n ikkinchi 



chaqiriq  O‘zbekiston  Respublikasi  Oliy  Kengashining  o‘n  birinchi  sessiyasida 

qabul qilingan. U muqaddima, 6 bo‘lim, 26 bob, 128 moddadan iborat. 

O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining tuzilishi: 

Muqaddima. 

I – bo‘lim. Asosiy prinsiplar. (1-17-moddalar)  

II – bo‘lim. Inson va fuqarolarning asosiy huquqlari, erkinliklari va burchlari.  

(18-52- moddalar) 

III – bo‘lim. Jamiyat va shaxs. (53-67-moddalar) 



 

19 


 

IV – bo‘lim. Ma'muriy-hududiy va davlat tuzilishi. (68-75-moddalar) 

V – bo‘lim. Davlat hokimiyatining tashkil etilishi. (76-126-moddalar) 

VI – bo‘lim. Konstitutsiyaga o‘zgartirish kiritish tartibi. (127-128-moddalar) 

 

 

30. O‘zbekiston Respublikasi fuqarolarining asosiy huquq va erkinliklari 

nimalardan iborat? 

 

Amir  Temur  o‘z  davrida  davlatning  kuch  va  qudrati  uning  qonunga  amal 



qilishida ekanligini ta'kidlab o‘tgan. Mustaqil O‘zbekistonda qonun insonga uning 

huquq  va  erkinliklarini  kafolatlab  beradi.  Mustaqillikning  e'lon  qilinishi  va 

davlatning muhim hujjati – Konstitutsiyani yaratishda xalqaro huquq me'yorlariga 

amal qilinishi O‘zbekiston Respublikasining siyosiy aktlaridan biridir. 

 

Konstitutsiyada, inson, uning huquq va erkinliklari birinchi o‘ringa qo‘yilgan 



(2-bo‘lim. Inson va fuqarolarning asosiy huquqlari, erkinliklari va burchlari). O‘zR 

Konstitutsiyasida  belgilangan  fuqarolarning  huquq  va  erkinliklari  uch  guruhga 

bo‘linadi: 

I guruh: Shaxsiy huquq va erkinliklar: 

  shaxsning yashash va qadr-qimatini himoyalash huquqi; 

  erkinlik va shaxsiy dahlsizlik; 

  turar joy dahlsizligi; 

  erkin ko‘chish va turar-joy tanlash huquqi; 

  so‘z, fikrlash va e'tiqod erkinligi; 

  vijdon erkinligi. 

(7-bob 24-31- moddalar O‘zR Konstitutsiyasi) 



II guruh: Siyosiy huquqlar: 

  siyosiy partiya va jamoat tashkilotlari tuzish; 

  yig‘ilish, miting, namoyishlarda ishtiroq etish; 

  jamiyat ishlarini boshqarishda ishtirok etish; 

  Davlat  organlariga  ariza,  taklif  va  shikoyatlar  bilan  murojaat  qilish.             

(O‘zR Konstitutsiyasi 8-bob, 32-35 moddalar) 



III guruh: Iqtisodiy va ijtimoiy huquqlar: 

  mulkdor bo‘lish; 

  mehnat qilish va erkin kasb tanlash; 

  turar joyga ega bo‘lish; qonun doirasida iqtisodiy faoliyat yuritish; 

  ijtimoiy ta'minot olish; 

  tibbiy xizmatdan foydalanish; 

  ijod erkinligi. 

(O‘zR Konstitutsiyasi 9-bob, 36-42 moddalar) 

 

 

31. O‘zbekiston Respublikasida davlat hokimiyati tizimi. 

O‘zbekistonda  davlat  hokimiyatini  faqat  Konstitutsiya  asosida,  qonunlarda 

ko‘zda  tutilgan  tartibda  va  ular  asosida  tuzilgan  idoralar  tomonidan  amalga 

oshiriladi.  Davlat  idoralari  faqat  qonunda  ko‘rsatilgan  vakolatlari  doirasidagina 

faoliyat  ko‘rsatadi.  Hokimiyat  davlat  hokimiyatining  keng  tarmoqlari  orqali 

amalga  oshiriladi.  Masalan,  vakillik  organi  bo‘lmish  Oliy  Majlis  qonunlar 

chiqaradi.  Ijro  etuvchi  hokimiyat  –  hukumat,  Vazirlar  Mahkamasi  qonunlarning 


 

20 


 

ijrosini  ta'minlaydi.  Sud  organi  odil  sudlov  sifatida  qonunlar  asosida  bahsli 

masalalarni hal qiladi. Bu organlarning har biri ma'lum doiradagi vakolatlarga ega 

va birgalikda o‘zaro bog‘langan yagona davlat tizimini tashkil etadi. 

Konstitutsiyaning  11  –  moddasida  O‘zbekiston  Respublikasida  davlat 

hokimiyatini  tashkil  etishning  asosiy  konstitutsiyaviy  prinsipi  mustahkamlab 

qo‘yilgan: 

 “O‘zbekiston  Respublikasi  davlat  hokimiyatining  tizimi  hokimiyatning 

qonun  chiqaruvchi,  ijro  etuvchi  va  sud  hokimiyatiga  bo‘linishi  prinsipiga 

asoslanadi”. 

Hokimiyatning  bo‘linish  prinsipini  demokratik  davlatlarning  tarixiy 

rivojlanishi davomida jahon hamjamiyati ishlab chiqqan. Uning mazmuni shundan 

iboratki,  davlat  hokimiyati  funksiyalarining  mustaqil  davlat  tashkilotlari  orasida 

bo‘linishi  mavjud  bo‘lgandagina  davlatda  demokratik  siyosiy  tuzum  o‘rnatilishi 

mumkin. 

Hokimiyatning  bo‘linish  prinsipiga  muvofiq,  davlatning  qonun  chiqarish, 

ularni  bajarish  va  odil  sudlov  borasidagi  faoliyati  hokimiyatning  uch  tarmog‘i  – 

Parlament,  hukumat  va  sud  o‘rtasida  taqsimlanishi  zarur.  Bunda  hokimiyatning 

biror tarmog‘i boshqa birining faoliyati sohasiga aralashmasligi zarur. O‘zaro bir-

birini tiyib turish, hokimiyatning barcha tarmoqlarini mutanosiblashtiradi, ularning 

munosabatida  ma'lum  muvozanat  yaratadi.  Ushbu  prinsipning  amalga  oshirilishi 

xalq  hokimiyatining  biror  guruh  yoki  alohida  shaxs  tomonidan  suiiste'mol 

qilinishiga yo‘l qo‘ymaydi.  

O‘zbekiston  Respublikasida  qonun  chiqaruvchi  hokimiyatni  O‘zbekiston 

Respublikasining  Oliy  Majlisi,  ijro  etuvchi  hokimiyatni  esa  O‘zbekiston 

Respublikasi  Prezidenti  va  Vazirlar  Mahkamasi  amalga  oshiradi.  Sud  hokimiyati 

Konstitutsiyaviy  sud,  Oliy  sud  va  Oliy  xo‘jalik  sudi  tomonidan  amalga  oshirilib, 

ular birgalikda O‘zbekistonning yagona sud tizimini tashkil etadi. 

 

 

32. Huquq tizimi, huquq tarmoqlari. 

Huquq  -  ichki  yaxlitligi  va  o‘zaro  muvofiqligi  bilan  ajralib  turadigan 

muayyan  tizim.  Lekin,  boshqa  tizimlar    kabi,  huquq  ham  huquq  tarmoqlaridan 

iborat kichik tizimlarga bo‘linadi. 

Davlatning  yuridik  normalari  yig‘indisi  uning  huquqini  tashkil  etadi. 

Huquqiy  normalar  turli  -  tuman  bo‘lib,  ular  o‘zaro  mustahkam  bog‘langan, 

muvofiqlashgan va yaxlit huquq tizimini tashkil etadi. 

Huquq  tizimi  turli-tuman,  o‘zaro  mustahkam  aloqada  bo‘lgan  yuridik 

normalar  yig‘indisidir.  Huquq  tizimi  katta  tarkibiy  qismlar  bo‘lmish  huquq 

tarmoqlariga  bo‘linadi.  Davlatdagi  ijtimoiy  munosabatlarning  xilma  -  xilligi 

tarmoqlarga bo‘linishning asosini tashkil etadi. Huquq tarmog‘i jamiyat hayotining 

ma'lum sohasidagi ijtimoiy munosabatlarni tartibga soluvchi o‘zaro bog‘liq yuridik 

normalar yig‘indisidir. Huquqiy tartibga solish usuli, huquq tizimining tarmoqlarga 

bo‘lishning qo‘shimcha asosidir.  

 

O‘zbekiston huquq tizimi huquqning quyidagi asosiy tarmoqlarini o‘z ichiga 



oladi: 

1.  Konstitutsiyaviy huquq; 

2.  Ma'muriy huquq; 


 

21 


 

3.  Fuqarolik huquqi; 

4.  Jinoyat huquqi; 

5.  yer huquqi; 

6.  Agrar huquq; 

7. Ijtimoiy ta'minot huquqi; 

8. Ekologik huquq; 

9. Moliyaviy huquq; 

10.Fuqarolik-protsessual huquqi;  

11. Jinoyat-protsessual huquqi; 

12.Xo‘jalik-protsessual huquqi; 

13. Mehnat huquqi; 

14. Oila huquqi. 

Konstitutsiyaviy,  ma'muriy,  fuqarolik  va  jinoyat  huquqi  asosiy  huquq 

tarmoqlari hisoblanadi

 

 



33.  Nima  uchun  O‘zbekistonda  Bola  huquqlariga  katta  e'tibor 

qaratiladi? 

O‘zbekiston Respublikasi endigan 25 yoshni qarshiladi. Aholimizning 40% 

ni  18  yoshgacha  bo‘lgan  bolalar  tashkil  etadi,  64%ni  esa  –  30  yoshgacha bo‘lgan 

yoshlar.  

Shu  sababli,  inson  huquqlari  va  erkinliklari  sohasida  davlat  siyosatining 

ustuvor  yo‘nalishi  bolalar  va  yoshlarning  jismoniy,  intellektual  va  ma'naviy 

rivojlanishi uchun qulay va eng yaxshi sharoitlarni yaratish, shuningdek ko‘p bolali 

oilalarni,  yetim  bolalarni  va  oila  muhitidan  mahrum  bo‘lgan  bolalarni  har 

tomonlama qo‘llab-quvvatlash hisoblanadi. 

 

Mamlakatimizda  bolalar  huquqini  himoya  qilishning  zarur  huquqiy  bazasi 



yaratilgan.  Ta'kidlash  joizki,  mustaqillikka  erishilgandan  so‘ng  O‘zbekiston 

qo‘shilgan ilk xalqaro shartnomalardan biri BMTning Bola huquqlari to‘g‘risidagi 

konvensiyasidir. 

 

Inson  huquqlarini  himoya  qilishning  qonunchilik  asosi  avvalo  O‘zbekiston 



Respublikasi  Konstitutsiyasida  belgilangan  me'yorlar  va  qonunlarga  tayanadi. 

Milliy qonunchilikdagi ustuvor yo‘nalishlardan biri – bu bolalikni  muhofaza qilish 

bo‘yicha BMT xalqaro konvensiyalari qoidalarini implementatsiya qilishdan iborat 

bo‘lib, mazkur yo‘nalishda YuNISEF bilan faol hamkorlik olib borilmoqda. 

 

 

34. Bola huquqlari to`g`risidagi konvensiya haqida ma’lumot: 



“Bola huquqlari to‘g‘risidagi Konvensiya” 1989 yil 20 noyabrda BMT Bosh 

Assambleyasining  44/25-sonli  rezolyutsiyasi  bilan  qabul  qilingan,  1990  yil  2 

sentyabrdan kuchga kirgan shartnoma kuchiga ega bo‘lgan xalqaro huquqiy xujjat 

bo‘lib, u muqaddima, 3 qism, 54 ta moddadan iborat.  

Konvensiyaning  1  –  41-  moddalari  bolalarning  huquq  va  erkinliklari 

to‘g‘risida, 42 – 54 moddalari ishtirokchi davlatlarning majburiyatlari to‘g‘risida.  

Bola huquqlari to‘g‘risidagi Konvensiyaning prinsiplari: 

 

Bolaga nisbatan har qanday kamsitishlarning oldini olish  



 

Hamma  huquqlar  hyech  qanday  istisnosiz  barcha  bolalarga  nisbatan 

qo‘llaniladi.  Davlatning  vazifasi  –  bolani  kamsitishning  barcha  shakllaridan 

himoyalanganligini  ta'minlash  hamda  uning  huquqlarini  ta'minlab  berish  uchun 

barcha zarur choralarni ko‘rish.  

 

Bolaning manfaatlarini har tomonlama yetarli ta'minlash 



 

Bolalarga  nisbatan  barcha  hatti-harakatlarda  bolaning  manfaatlari  yaxshiroq 

ta'minlanishiga  birinchi  darajali  e'tibor  beriladi.  Agar  ota-ona  yoki  vasiy  bu 


 

22 


 

vazifalarni  bajara  olmasalar,  davlat  bolani  uning  farovonligi  uchun  zarur 

hisoblangan  himoya  va  g‘amxo‘rlik  bilan  ta'minlash  vazifasini  o‘z  zimmasiga 

oladi.  


 

Bolaning yashab ketish va sog‘lom rivojlanishini kafolatlash 

 

Har  bir  bola  yashash  uchun  ajralmas  huquqqa  ega  va  davlat  bolaning  yashab 



ketishi  va  sog‘lom  rivojlanishi  uchun  mumkin  qadar  yuqori  darajada  imkoniyat 

yaratib berish majburiyatini oladi. 

 

Bolaning huquqlarini tan olish  



 

Bola o‘zining fikrini erkin ifoda etish huquqiga ega, jumladan, bolaga taalluqli 

har qanday muhokama paytida uning fikri e'tiborga olinishi shart. 

 

35.  O`zbekiston  Respublikasining  “Bola  huquqlarining  kafolatlari 



to‘g‘risida”gi Qonuni qachon qabul qilingan? 

O‘zbekistonda  bola  huquqlari  va  erkinliklari  100  dan  ortiq  qonunlar  bilan 

tartibga solinishiga qaramay, 2008 yil 8 yanvarda “Bola huquqlarining kafolatlari 

to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuni kuchga kirdi. 

“Bola  huquqlarining  kafolatlari  to‘g‘risida”gi  Qonun  O‘zbekistonning 

huquqiy tarixida bola huquqlariga oid birinchi alohida qonun bo‘ldi. Mo‘ljalangan 

maqsadga  ko‘ra,  u  bolaning  huquqiy  ahvolini  belgilashga  doir  munosabatlarni 

tartibga  solishga,  bola  huquqlarini  va  erkinliklarini  yuridik  kafolatlashga 

qaratilgan.  Qonunning  maqsadiga  binoan,  bola  huquqlari  va  manfaatlarini  amalga 

tatbiq  etilishini  ta'minlaydigan  kafolatlarni  belgilash  qonun  bilan  tartibga 

solinadigan  asosiy  ob'ekt  hisoblanadi.  Ta'kidlash  joizki,  qonun  moddalarining 

yarmidan ko‘pi bola huquqlarining kafolatlarini belgilashga bag‘ishlangan. 

 

“Bola  huquqlarining  kafolatlari  to‘g‘risida”gi  Qonun  Qonunchilik  palatasi 



tomonidan 2007 yil 23 noyabrda qabul qilingan; 

Senat tomonidan 2007 yil 1 dekabrda ma'qullangan; 

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan 2008 yil 7 yanvarda imzolagan; 

Matbuotda rasman 2008 yil 8 yanvarda e'lon qilingan.  

Ushbu qonun 4 bob, 32 moddadan iborat: 

I – bob: Umumiy qoidalar (1-6- moddalar)  

II – bob: Bola huquqlarining asosiy kafolatlari (7-23- moddalar) 

III – bob:  Ijtimoiy himoyaga muhtoj bolalar huquqlarining qo‘shimcha kafolatlari 

(24-29- moddalar) 

IV – bob: Yakunlovchi qoidalar (30-32- moddalar) 

 

36.  O‘zbekiston  Respublikasining  “Yoshlarga  oid  davlat  siyosati 

to‘g‘risida”gi Qonunining mazmun-mohiyati 

Mustaqillikning  ilk  kunlaridayoq  —  1991-yil  20-noyabrda  “O‘zbekiston 

Respublikasida  yoshlarga  oid  davlat  siyosatining  asoslari  to‘g‘risida”gi  qonun 

qabul qilingan edi. Mazkur qonun mamlakatimizda yoshlarga oid davlat siyosatini 

ro‘yobga  chiqarishning  tamal  toshi,  ya'ni  huquqiy  asosi  bo‘ldi.  Qonunda  yoshlar 

hayotiga  daxldor  prinsipial  masalalar  o‘z  aksini  topgan.  Eng  muhim  jihati, 

yurtimizda  yoshlarga  oid  davlat  siyosatining  sub'ektlari  sifatida  nafaqat  davlat 


 

23 


 

hokimiyati  va  boshqaruvi  organlari,  balki  nodavlat  tuzilmalar  birgalikda  faoliyat 

olib borishi belgilab qo‘yildi. 

Hozir  mamlakatimiz  aholisining  60  foizdan  ziyodi  yoshlardan  iborat.  Shu 

kunga qadar ularning har tomonlama yetuk, barkamol bo‘lib voyaga yetishi uchun 

22  ta  qonun,  26  ta  Prezident  farmon  va  qarorlari,  Vazirlar  Mahkamasining  41  ta 

qarori, 30 dan ortiq me'yoriy-huquqiy hujjatlar qabul qilingan.  

“Yoshlarga  oid  davlat  siyosati  to‘g‘risida”gi  Qonun  12-avgust  kuni  Oliy 

Majlis  Qonunchilik  palatasi  tomonidan  qabul  qilinib,  24-avgust  kuni  Senat 

tomonidan  ma'qullangan,  O‘zbekiston  Respublikasi  Prezidenti  14-sentabr  kuni 

Qonunga imzo chekdi. Ushbu Qonun 15-sentyabr kuni “Xalq so‘zi” va “Narodnoe 

slovo” gazetalarida chop etildi va shu kundan boshlab kuchga kirdi. 

Qonun 4 ta bob, 33 moddadan iborat. 

Qonunga  ko‘ra,  yoshlarga  oid  davlat  siyosati  deganda  davlat  tomonidan 

amalga  oshiriladigan  va  yoshlarning  intellektual,  ijodiy  va  boshqa  salohiyatining 

rivojlanishi  uchun  sharoitlar  yaratilishi  ko‘zda  tutadigan  ijtimoiy-iqtisodiy, 

tashkiliy  va  huquqiy  choralar  tushuniladi.  Hujjatda  “yosh  fuqarolar”  (14  dan  30 

yoshgacha  bo‘lgan  shaxslar),  “yosh  oila”,  “yosh  mutaxassis”,  “yoshlar 

tadbirkorligi” kabi tushunchalarga batafsil to‘xtalib o‘tilgan.  

Yoshlarga oid davlat siyosatining asosiy prinsipi: 

  ochiqlik va shaffoflik; 

  yoshlarga oid davlat siyosatida yoshlar ishtirokini ta'minlash; 

  yoshlar g‘oyalarini qo‘llab-quvvatlash va rag‘batlantirish.  

Qonunda yoshlar ijtimoiy muhofazasi, ularning huquq va erkinliklari hamda 

iqtidorli  va  iste'dodli  yoshlarni,  yoshlar  tadbirkorligini  qo‘llab-quvvatlash  va 

muhofaza qilish,

 ma'naviy-ma'rifiy va madaniy qadriyatlar ustuvorligi, shuningdek, 

yoshlarning kamsitilishiga yo‘l qo‘yilmasligi ko‘rsatib o‘tilgan.  

Qonunda 

yoshlarga 

oid 

davlat 


siyosatining 

asosiy  yo‘nalishlari 

quyidagilardan iborat: 

  Yoshlarning huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlarini ta'minlash; 

  Yoshlarning hayoti va salomatligini saqlash; 

  Yoshlarning  ma'naviy,  intellektual,  jismoniy  va  axloqiy,  jihatdan  kamol 

topishiga ko‘maklashish; 

  Yoshlar uchun ochiq va sifatli ta'limni ta'minlash; 

  Yoshlarni  ishga  joylashtirish  va   ularning  bandligi  uchun  shart-sharoitlar 

yaratish ; 

  Yoshlarni  vatanparvarlik,  fuqarolik  tuyg‘usi,  bag‘rikenglik,  qonunlarga, 

milliy  va  umuminsoniy  qadriyatlarga  hurmat  ruhida,  zararli  ta'sirlar  va  oqimlarga 

qarshi  tura  oladigan,  hayotga  bo‘lgan  qat'iy  ishonch  va  qarashlarga  ega  etib 

tarbiyalash; 

  Yoshlarni  axloqiy  negizlarni  buzishga  olib  keladigan  xatti-harakatlardan, 

terrorizm  va  diniy  ekstremizm,  separatizm,  fundamentalizm,  zo‘ravonlik  va 

shafqatsizlik g‘oyalaridan himoya qilish; 

  Yoshlarning huquqiy ongi va huquqiy madaniyati darajasini yuksaltirish; 

  Iqtidorli va iste'dodli yoshlarni qo‘llab-quvvatlash hamda rag‘batlashtirish; 

  Yoshlar tadbirkorligini rivojlantirish uchun shart-sharoit yaratish; 



 

24 


 

  Yoshlarda  sog‘lom  turmush  tarziga  intilishni  shakllantirish,  shuningdek, 

yoshlarning  bo‘sh  vaqtlarini  mazmunli  tashkil  etish  va  yoshlar  sportini  ommaviy 

rivojlantirish uchun shart-sharoitlar yaratish; 

  Yosh  oilalarni  ma'naviy  va  moddiy  jihatdan  qo‘llab-quvvatlash,  ular  uchun 

munosib uy-joy va ijtimoiy-maishiy sharoitlarni yaratish bo‘yicha kompleks chora-

tadbirlar tizimini amalga oshirish; 

  Yoshlar  huquqlari  va  erkinliklarini  ro‘yobga  chiqarish  sohasida  faoliyatni 

amalga oshiruvchi xalqaro tashkilotlar bilan  hamkorlikni rivojlantirish. 

Mamlakatimiz  aholisining  qariyb  60  foizini  yoshlar  tashkil  etadi.  Ularni  har 

tomonlama qo‘llab-quvvatlash eng muhim vazifadir Yoshlarga oid davlat siyosati 

to‘g‘risida qonun qabul qilinishi bu boradagi ishlarni yangi bosqichga ko‘tarishda 

muhim o‘rin tutadi. 

 


Download 0,62 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish